avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от Uzbekonomics
09.08.2026 15:09
O'zbekistonda elektromobillarni ommalashtirish, uni sotib olayotganlarga yengillik bo'lsin degan yaxshi niyat bo'lsa avvalambor uni kreditga sotib olayotganlarga foiz xarajatlarini byudjetdan qoplab berish emas, balki shu elektromobillarga bo'lgan barcha import boj va yig'imlarni olib tashlash to'g'ri va foydaliroq bo'ladi. Byudjetga ham, iste'molchiga ham, bozorga ham.

@uzbekonomics
🔥 165
👍 112
21
👏 21
17 3.9K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
07.08.2026 12:47
Xitoyning birinchi o‘rinda qolayotgani tasodif emas

2026-yilning birinchi yarmida Xitoy yana O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 9,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, Rossiya bilan bu ko‘rsatkich 7 mlrd, Qozog‘iston bilan esa 2,8 mlrd dollar bo‘lgan.

Qizig‘i, besh oy yakunida Xitoy bilan savdo aylanmasi 7,7 mlrd dollar edi. Demak, faqat iyun oyining o‘zida bu ko‘rsatkich qariyb 1,8 mlrd dollarga oshgan.

Menimcha, bu yerda eng qiziq narsa raqamning o‘zi. Ba’zida iqtisodiy hamkorlik haqida siyosiy yoki hissiy bahslar ko‘payadi. Lekin savdo statistikasida hissiyot bo‘lmaydi.

Tadbirkor qayerdan arzonroq, sifatliroq va foydaliroq mahsulot topsa, o‘sha tomonga boradi. Shu ma’noda, tashqi savdo raqamlari iqtisodiyotning haqiqiy afzalliklarini ko‘proq ko‘rsatadi.
👍 91
39
🔥 24
👏 10
14 7.2K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от канала
06.08.2026 16:22
O‘zbekistonda lotin alifbosidan 1929-yilda emas, 1927-yildayoq foydalana boshlangan

Lotin alifbosining cho‘zilib ketgan islohotiga bag‘ishlangan 2024-yilgi longridimda O‘zbekistonda lotin yozuviga ilk bor 1929-yilda o‘tilganini yozgandim.

Ha, rasman o‘tish aynan o‘sha yili e’lon qilindi — shunday bo‘ldi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, sovet hukumati lotin grafikasini joriy etishga birinchi urinishni 1927-yildayoq amalga oshirgan ekan. Vaholanki, arab yozuvidan lotin yozuviga o‘tish zarurligi haqida jadidlar Abdurauf Fitrat va Botu 1921-yildanoq gapirib kelishgan.

Ilgari noma’lum bo‘lgan bu ma’lumotlarni YPIP dasturi ishtirokchilari Dilsora Tosheva va Guliruhsor Mannonova bilan birga arxivdagi gazeta maqolalarini o‘rganayotganimizda tasodifan bilib oldik.

1927-yil yanvarda Obliispolkom o‘zbek alifbosini lotinlashtirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tuzdi, unga 22 kishi kirdi. Unga Sha. Abdurasulov ismli kishi raislik qilgan.

5-fevraldayoq Eski shaharda (maqolada gap Samarqand haqida ketayotgan bo‘lsa kerak) sovet hokimiyati lotin grafikasini o‘rgatuvchi kurslar ochishni buyuradi va ularga 40 kishi yoziladi. Bitiruvchilar “yangi alifbo bo‘yicha savodsizlikni tugatuvchilar” sifatida tayyorlangan, deyiladi “Pravda Vostoka” gazetasida.

Bunday to‘garaklar Toshkentning Eski shahar qismida ham ochilgan va ularning a’zolari lotin yozuvida devoriy gazetalar chiqargan.

“Pravda Vostoka”ning yozishicha, yangi alifbo bilan tanishtiruv Eski Toshkentning barcha maktablarida o‘tkazilgan. Biroq lotin yozuvidagi kitoblar va davriy nashrlar yo‘qligi sababli bu kampaniya ommaviy tus ololmagan.

Foto: “Pravda Vostoka” gazetasining 1927-yil 8-fevral sonida e’lon qilingan “Madaniyat yo‘li” devoriy gazetasidan olingan illyustratsiya.

@andanotherday
👏 26
👍 20
11
🔥 6
10 7.8K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
06.08.2026 11:07
Ipoteka bank: bir yilda foyda 43% ga o‘sdi

“Ipoteka bank OTP Group” 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra 1,24 trln so‘m* sof foydaga ega bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 43% ni tashkil qildi.

Bunday moliyaviy natija ortida nima turadi?
Daromadlilik. Sof foyda yiliga 43% ga o‘sib, 1,24 trln so‘mni tashkil qildi, ROE esa 26,2% ga yetdi, ya’ni bank kapitali yuqori daromad keltirmoqda.

Kapitallashuv. Xususiy kapital 20% ga9,5 trln so‘mgacha o‘sdi. Bunda 22% li CAR tartibga solish talablari borasida kapitalning qulay zaxirasi mavjudligiga ishora qiladi.

Portfel sifati. Xatar qiymati atigi 0,1% ni tashkil qildi, bu kredit yo‘qotishlarining darajasi past ekani va samarali xatarlar boshqaruviga dalolat qiladi.

Mijoz samaradorligi. Yil davomida NPS 24 f.b.ga o‘sdi va 66% ga yetdi, bu “Ipoteka bank”ni mijozlar sadoqati bo‘yicha bank sektorining yetakchi o‘rinlariga olib chiqdi.

Natijada “Ipoteka bank” zarar bilan ishlashdan foyda ko‘rishga o‘tdi va bank sektori daromadliligi o‘sishining asosiy drayverlaridan biriga aylandi.

*Barcha moliyaviy ko‘rsatkichlar Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS)ga muvofiq taqdim etilgan.

Batafsil

Reklama
Ipoteka Bank OTP Group
Ipoteka bank OTP Group 2026-yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha moliyaviy natijalarni e’lon qildi: sof foyda 43% ga oshdi
Ipoteka bank OTP Group 2026-yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha moliyaviy natijalarni e’lon qildi: sof foyda 43% ga oshdi - Ipoteka Bank Yangiliklar
😭 35
10
👍 9
😱 2
18 7.7K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
05.08.2026 12:15
Hokim uyga kelib tintuv o’tkazishi- noqonuniy narsa. Politsiyani chaqirish kerak.

Tintuv va so’roq faqat sud qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.

Sud qarorisiz tintuv qilish - jinoyat. Jinoyatga jazo bo’lishi kerak.
👍 496
🔥 179
47
👏 43
73 10.6K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от Uzbekonomics
03.08.2026 20:06
Jamiyatimizda va o'zbek tilidagi axborot makonida kirill yozuvining qamrovi haligacha juda keng ekan. U nafaqat 30 yil o'tib saqlanib qolgan, balki faol ishlatilmoqda ham ekan. Menimcha, alifbo masalasidagi asosiy muammolardan biri aynan shu edi. Alifbo va til islohoti deyilganda men, avvalo, kirilldan batamom voz kechib, jamiyatni amaldagi lotin yozuviga to‘liq o‘tkazish haqida gap ketadi, deb o‘ylagandim. U o'tish uchun Sh bilan Ch halaqit qilmayotgan edi masalan, jiddiy bo'laylik.

Kirill qamrovini sezish uchun O'zbekistonda kundalik hayotda axborot-kommunikatsiyaning mutlaq yetakchisi bo'lgan manbaga ya'ni Telegramga qarashning o'zi yetarli. Shu yerda pauza olib, o'zingiz o'qiydigan kanallarga bir ko'z yuriting, ayniqsa kattaroq avlod egalari.

Barmoq bilan ishora qilish yoki ayblash uchun emas, shunchaki misol tariqasida olaylik. O'zbek tilida yozadigan, obunachisi va o'qishlar bo'yicha birinchi o'rinda turuvchi va 1 milliondan ko'p obunchasi bor Kun.uzning asosiy telegram kanali ham, millionga yaqin obunachisi bor bloglar ham, 400 minglab obunchasi bor bo'lgan eng katta futbol blogerlari/sharhlovchilar ham, Milliy axborot agentligi ham, va telegramdagi boshqa 100-200 minglab obunchasi bor bo'lgan bloger va yangilik kanallari shu kungacha kirillda yozib kelishar ekan.

Tabiiy savol tug'iladi: nega? Men ular amaldagi lotinga faqat ataylab yoki qasddan o'tmagan, demoqchi emasman. Aksincha, demak, kirilldagi kontentga talab bor. Millionlab odam bu kanallarni bekorga o'qimaydi. Ehtimol, kontent yaratuvchilarning o'zi lotinda yozishga qiynalar. Balki ularning auditoriyasi lotinda o'qishga qiynalar. Har qanday holatda ham aholining axborotni eng faol yaratadigan va iste'mol qiladigan qatlamida kirill hali ham keng tarqalgan va unga ehtiyoj mavjud.

Buning ta'siri faqat sovet davrida maktabga borgan avlod bilan cheklanib qolmaydi. Ya'ni kirillda yozadigan yirik kanallar faqat kirillda savod chiqargan tengdoshlariga murojaat qilmayapti. Masalaning boshqa muhim tomoni ham bor - ular kirillda yanada ko'proq yozilishiga va ishlatilishiga yangi talabni ham uyg'otishmoqda. Mustaqillikdan keyin tug'ilgan, maktabda lotin yozuvida savod chiqargan yoshlar ham eng yaxshi futbol blogini, eng tezkor yangilik kanalini, parlament xabarlarini yoki davlat idorasining rasmiy sahifasini kuzatmoqchi bo'lsa, ko'pincha kirillda o‘qishga majbur bo'ladi. Ya'ni maktab bolaga lotinda savod beradi, jamiyat esa uni baribir kirillni o'rganishga va undan foydalanishga majbur qiladi. 1991-yildan keyin tug'ilganlarning ham kirillda blog yuritishi, yozishi, va o'qishi bunga dalil.

Shunday ekan, asosiy muammo amaldagi lotin alifbosida Sh yoki Ch borligidami? Yoki 30 yil davomida lotinni jamiyatning haqiqiy, yagona va ustun yozuviga aylantira olmaganimizdami?

Hozirgi lotinga 30 yil davomida o'tmagan odam yangi lotinga ertaga nimaga o'tishi kerak? Uni shu paytgacha kirillda ushlab turgan sabab Sh va Ch bo'lganiga qanday dalil bor? Hech qanday. Hech kim kafolat bermaydi, yuqorida tilga olingan va mutlaqo barcha ertadan kirilldan lotinga o'tadi deb. Baribir kirillda yozaverishadi, ayniqsa buni oqlayotganlar ko'pchilikni dumli Sh va Chga ro'para qilib o'zlari kirillda davom etaverishadi. O'tishga majburlangan taqdirda ham qiynaladi, yozuvchi ham o'quvchi ham. Aksincha, baribir kirill qulay ekan deb battar ommalashishi mumkin.

Hozir amalda ikki yozuv - kirill va lotin yonma-yon yashayotgan bo'lsa, ertaga uchta yozuv paydo bo'ladi.

Avval mavjud va juda katta muammoni - kirill va lotinning 30 yildan beri parallel yashayotganini hal qilmay turib, lotinning o'zini yana ikkiga bo'lish va parallel yashaydigan uch yozuvni yaratish qanchalik oqilona degan savol o'rinli.

@uzbekonomics
83
👍 57
👏 26
🔥 10
13 7.5K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
03.08.2026 15:21
Filadelfiyadagi Mustaqillik saroyi.

Bu yerda AQSh mustaqilligi deklaratsiyasi va muhimi - AQSh konstitutsiyasi qabul qilingan.
👍 84
31
🔥 20
👏 7
8 8.6K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от Uzbekonomics
01.08.2026 14:20
"Vahima qilyapsiz, bor-yo'g'i 2-4 ta harf o‘zgaryaptiku", "masalani chuqur o‘rganmay, yuzaki fikrlayapsiz", ham deyishadi.

Albatta, aynan yuzaki! Men avval eng yuzada ko'rinadigan (lekin baribir muhim bo'lgan), hayolimga kelgan muammolarni sanadim, misol keltirdim: email, aviachipta, pasportdagi MRZ, ism-familiyaning turli bazalarda turlicha yozilishi, uzilgan avlodlar vhkz. Chunki bularni sodda misolda tushuntirish mumkin.

Lekin o'sha aytilganidek chuqurroq kiradigan bo‘lsak, inobatga olinmagan va yanada jiddiy masalalari ham bor. Son-sanoqsiz.

Bir misol keltiraman. Qo'rqmasdan "bu o'zgarishning hech qanday xarajati bo'lmaydi" deyilgan shiorlarni ko'rdim. Xarajat degani faqat yangi kitob chiqarishga, bannerni almashtirishga ketgan buxgalterlik chiqim tushinilmaydi. Asosiy xarajatlar ko'zga ko'rinmaydigan, o'lchab bo'lmaydigan va o'sha o'g'ziga urilayotgan iqtisodchilarning tilida aytiladigan opportunity cost orqali bo'ladi.

Deylik yangi alifboga o'tildi. Kimlar birinchi frontda turibdi, kimlar o'tishga majbur bo'ladi? Byudjetdan oylik oladiganlar. O'zi o'qituvchi bilan shifokorni paxta dalasidan zo'rg'a chiqarib olgandik. Ularning mehnat unumdorligiga qayta tiklanmas darajada ziyon keltirilgandi. Endi ularning vaqtini yana asosiy ishidan olib, foydasi hali aniq o'lchanmagan, balki o'ylanmagan yangi ma'muriy kampaniyaga sarflamoqchimiz. Ular o'zi nima deb o'ylaydi, masalan?

O'qituvchilar yangi qoidani avval o'zi o'rganadi, darslik va materiallarini moslashtiradi, bolalarga o'rgatadi, yillar davomida eski va yangi lotindagi yozuvlarni tekshiradi. Shifokor, bank xodimi yoki davlat xizmatchisi esa ism-familiya va hujjatlardagi turli yozuvlarni solishtirishga, xatolarni tuzatishga va bazalarni moslashtirishga vaqt sarflaydi. Bir odam uchun bu bir necha daqiqadek ko'rinadi. Lekin bir necha daqiqa millionlab odamga, yuz minglab xodimga va minglab tashkilotga yuklansa, bu mehnat unumdorligiga yaxshigina soliq bo‘ladi.

Bu shunchaki ikki harfni yodlab olish emas. Bu - maktablar, shifoxonalar, banklar, universitetlar, davlat idoralari va xususiy bizneslarga yana bir o'tish davrini, mehnat unumdorligi solig'ini yuklashdir.

Dasturchilar yangi mahsulot yaratish o'rniga eski va yangi yozuvlarni bog‘laydigan tizimlar, translitlar yozib o'tiradi. Tashkilotlar bir xil ma'lumotni uch xil yozuvda, databaseda saqlaydi. Fuqarolar esa xato chiqsa, o'zi bir odam ekanini idorama-idora yurib isbotlaydi.

Shuning uchun "bor-yo'g‘i to'rtta harf" degan gapning o'zi yuzaki fikr.

Harf to'rtta bo'lishi mumkin. Ammo u tegadigan hujjat, tizim, ish jarayoni va insonlar soni millionlab.

Men vahima qilmayapman. Men chin dildan, oddiy savol beryapman:

Bu o'zgarishdan olinadigan aniq va o'lchangan foyda, jamiyat zimmasiga tushadigan vaqt, xato, muvofiqlashtirish va unumdorlik xarajatidan, mehnat unumdoriligiga bo'lgan soliqdan kattami?

Hozircha bunga jiddiy javob ko‘rmadim. Chunki u yo'q. Bo'lsa ham ha katta deb ko'rsatishsa gap bo'lishi mumkin emas edi.

@uzbekonomics
97
🔥 59
👏 30
😭 12
21 9.2K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
01.08.2026 13:42
Alifbo o’zgarishidagi muammolarni oshirib yuboryapsizlar deb yozishibdi menga.

Menimcha, teskarisi, yetarli darajada bu qanchalar yomon narsa ekani haqida gapirmayapmiz. Haqiqatdan bunday katta buzg’unchi qarorlar qabul qilinmaganiga ancha bo’lgan edi.

Alifbo o’zgarishi, menimcha, kirilcha yozuvni uzoq qolib ketishi uchun eng samarali vosita. Shuning uchun ham kirilchadan o’ta olmagan odamlar hali ham buni tarafdori.
🔥 123
38
😱 18
🤔 8
18 9.4K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от Uzbekonomics
01.08.2026 03:05
Alifbo islohoti haqida savol bersam, gapirsam, yozsam darrov meni "o'zgarishga qarshi", "eski alifboni, eski xatoni himoya qilyapti" yoki "tilshunos emassiz, jim turing" degan toifaga chiqarayotganlar ham bor. Avvalo, men hozirgi alifboni ideal, tarixan to'g'ri yoki juda qulay deb himoya qilmayapman. Unda muammolar bordir, ba'zi texnik asoslar yo'q emasdir.

Mening asosiy gapim boshqa: uzluksizlik, avlodlar orasidagi yozuv uzilishi va pichoqqa ilinadigan foydasi ko'rsatilmagan o'zgarishning xarajatlari haqida. Gap buxgalterlik xarajatida emas faqat.

Men maktabga hozirgi lotin alifbosida borgan avlodman. Biz shu alifboda savod chiqardik, kitob o'qidik, imtihon topshirdik, hujjatlar oldik. Ism-familiyalarimiz pasport, diplom, hujjat, bank, universitet va barcha bazalarga Sh va Ch bilan kirdi. Hozirgi lotin alifbosida savod chiqargan va ta'lim olganlar soni 20 milliondan ortiq bo'lishi mumkin.

Endi esa bizga "alifbo bugungi avlod uchun, sizlarga emas, keyingi asr uchun" deyishmoqda.

To'g'ri, alifbo bir avlod uchun emas. Lekin bu bugungi avlodni hisobdan chiqarib qurbon qilib yuborish mumkin degani ham emas. Kelajakni qurish har safar oldingi avlodning savodini sindirib, hammasini yangidan boshlash degani emas. Eng qizig'i, Ch ni o'rniga dumli C yozaylik deb faol himoya qilayotganlarning aksariyati shu kungacha, shu daqiqagacha asosan kirillda yozadi va o'qiydi-da "yangi alifbo uzil-kesil tasdiqlansa, o'shanda lotinga o'tamiz" deydi.

Bu qanday mantiq? Sizlar 30 yildan beri amaldagi lotinga to'liq o'tmadingiz. Endi o'tmaganingizning aybini Sh va Ch dan ko'ryapsizmi?

Davlat yangi alifboni qonun bilan tasdiqlashi mumkin. Maktablar, davlat idoralari va rasmiy hujjatlarda uni majburiy standart qilishi ham mumkin. Lekin qonun qabul qilinishi bilan millionlab odamlar ertasi kuni yozuv odatini o'zgartirib qolmaydi. Til odati buyruq bilan o'zgarmaydi. Agar o'zgarganda ham o'sha hozirgacha kirilda yozadigan va yaqinda kirilgan o'tganlar amaldagi qonunga itoat qilib lotinga allaqachon o'tgan bo'lishar edi. Davlat ertaga Sh ni o'rniga dumli S yoz desa hamma birdaniga o'tmaydi, 30 yilda ham o'tmaydi. O'tmasa hech kim kelib qamab qo'ymaydi, bu sud hukmi emaski ertadan hamma bo'ysinadigan. Bojxona tartibi o'zgarsa boj to'laysiz, sud sizga jarima to'la desa to'laysiz, boj qo'yilsa to'laysiz, hammani itoat qildiradigan kuchi bor. Til unday ishlamaydiku. Til standartini e'lon qilish oson. Jamiyatning uni amalda qabul qilishi boshqa masala.

Masalan, bugun barcha hujjatlarida: Sherzod Choriyev deb yozilgan odam yangi imloda: Şerzod Çoriyev bo‘ladi. Pasportning mashina o'qiydigan MRZ qismida, tagida esa: SERZOD CORIYEV bo'ladi, u yerda diaktrik harflar bo'lmaydi. Natijada:

Sherzod Choriyev - eski pasport, diplom, viza va bank bazalarida.
Şerzod Çoriyev - yangi o'zbek imlosida.
SERZOD CORIYEV - yangi pasportning mashina o'qiydigan qismida.

Turk Havo yo'llari ham yo'lovchilarga maxsus belgisi bor ismlarni belgisiz yozishni so'raydi, Şerzod deb yozmaysiz, Serzod deb yozasiz bilet olayotganda. Aeroport ham Serzodni o'qiydi. Odam uchun bularning barchasi bir shaxs. Kompyuter uchun esa ular turli odamlar bo‘lishi mumkin. Bankdagi KYC, kredit tarixi, ilmiy maqolalar, mulk va kompaniya registrlari bu variantlarni avtomatik ravishda bir shaxs deb taniydimi? Eski hujjatlar amal qilaveradi - bunga javob emas. Hujjatning qonuniy kuchda qolishi boshqa, mamlakat va tashkilotlardagi axborot tizimlarining uni to'g'ri tanishi boshqa.

Texnologiya o'z-o'zidan moslashmaydiku. Uni odamlar moslashtiradi. Dasturchi algoritm yozadi, bank bazasini yangilaydi. Davlat eski va yangi ma'lumotlarni bog'lash bilan band bo'ladi. Xato chiqsa, fuqaro idorama-idora yurib, o'zi bir odam ekanini isbotlaydi, qog'ozlarini ko'tarib yuradi. Bularning barchasi xarajat. Buxgalterlik xarajat haqida gapirmadim hali.

Email adresda, domainda Şni yoza olmaysiz. Ismingiz Şerzod Çoriyev bo'lsa ham email adresni faqat yoki sherzod.choriyev@gmail.com deb yozasiz yoki serzod.coriyev@gmail.com. Veb sahifa domenida ham faqat A-Z bo'ladi, ya'ni ŞerzodÇoriyev.com bo'lmaydi.
Газета.uz
“Alifbo — bir avlod uchun emas” — O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov o‘zbek alifbosi bugungi avlod uchun emas, kamida keyingi asr uchun yaratiladigan davlat standarti ekanini ta’kidladi. Professor lotin alifbosini takomillashtirish zarurati va bu boradagi asosiy e’tirozlarga munosabat bildirdi.
67
👍 46
👏 24
🔥 16
23 7.8K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
30.07.2026 18:47
Aynan! To'g'ri qurilgan soliq tizimi - faqat iste'molni soliqqa tortadigan soliq tizimi. Ya'ni qandaydir ma'noda QQS eng yaxshi soliq turidan biri. Agar inson pul topsa - masalan depozitidan va uni qayta moliyalashtirsa - uni soliqq tortish kerak emas. Lekin u pulni yechib muzqaymoq olsa - mayli soliq solaveraylik. Bu soliq mavjud - bu QQS.


@uzbekonomics1866
Telegram
Uzbekonomics
Biznes xarajatlarini ayirib tashlash konseptini tushuntirish uchun:) Schitt’s Creekdan tashqari Seinfelddagi epizod ham o'rinli. https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/4317
32
🔥 28
👍 11
👏 4
40 9.6K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
30.07.2026 18:01
Soliq siyosatimizdagi asosiy muammo, manimcha, stavkada emas: nima soliqqa tortilishida. Biz soliqni zanjirning oxirida, hosildan emas, boshida, urug'likdan olamiz. Ya'ni sarmoyani jazolab, iste'molni rag'batlantiramiz. Holbuki falsafa teskari bo'lishi kerak: soliq sof daromaddan, ideal holda esa iste'moldan olinishi lozim.

Korxonalarning foyda solig'ini olaylik. Nomiga u sof foydadan: daromaddan xarajat ayirilgandan keyin olinadi. Lekin kapital xarajati (kengayish, uskuna, yangi quvvat) bir yo'la ayirilmaydi: u amortizatsiya orqali yillarga cho'ziladi. Agar o'sha yiliyoq to'liq ayirilsa (ya'ni cash-flow tamoyili bo'lsa), investitsiya jazolanmasdi. Hozir esa tadbirkorning kengayishga urinishining o'zi soliq nuqtai nazaridan qimmatga tushadi. Kengayishga qilingan xarajat soliqqa tortilmasligi kerak.

Jismoniy shaxslar uchun ham xuddi shu. Odam uyini ijaraga bersa, undan 12% soliq olinadi, lekin ta'mir, jihoz, uyning turishiga ketgan xarajat soliqdan keyingi puldan chiqadi. Holbuki bu ham iste'mol emas, daromad keltiruvchi aktivga qilingan sarmoya; uni ayirib tashlash imkoni bo'lishi kerak. Xuddi shunday, agar o'sha odam ijaraga berish uchun yana bir uy olsa yoki mavjudini kengaytirsa: bu sarmoyaga sarflangan pul allaqachon bir marta soliqqa tortilgan daromaddan chiqadi va ijaradan keladigan daromadga qarshi hech qanday hisobga olinmaydi. Ya'ni tizim sarmoyani sarmoya sifatida tan olmaydi.

"Nega bizda investitsiya kam?" degan savolga ham javob shu yerda. Sarmoyaning soliqdan keyingi daromadini kamaytirsangiz, bugungi iste'mol ertangisiga nisbatan arzonlashadi demak tabiiyki, odam sarmoyani emas, iste'molni tanlaydi. Ya'ni tizim investitsiyani ongli ravishda emas, o'z tuzilishi bilan jazolab turadi.

Taklifim shuki, islohot stavkani emas, bazani nishonga olsin. Ijaradan, masalan, 12% olishsa olishsin, lekin ijaraga oid, hujjatlashtirilgan, daromad keltiruvchi xarajatni ayirib tashlash imkoni bilan. O'zbekcha aytganda: urug'likni soliqqa olmaslik, hosildan olish kerak.
🔥 74
👏 34
🥰 8
🤯 4
59 9.7K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от Uzbekonomics
30.07.2026 16:00
Bank omonatlaridan olinadigan daromadga 5 foiz soliq joriy qilish taklif qilinmoqda ekan. Menimcha, bu g'oya nazariy jihatdan tushunarli bo'lsa-da, hozirgi O'zbekiston sharoitida juda ehtiyotkorlik bilan yondashilishi kerak.

1) Bu soliq real daromadga emas, nominal daromadga solinishi taklif qilinmoqda, to'g'ri tushungan bo'lsam. Bank to’laydigan foizning katta qismi aslida odamni boyitmaydi - u faqat inflyatsiya sabab yo'qotilgan xarid qobiliyatini qoplaydi. Masalan, deylik omonat foizi 16 va inflyatsiya 6–7 foiz bo'lsa, odamning real daromadi 16 foiz emas taxminan 9 foiz atrofida bo'ladi. Davlat esa 5 foizlik soliqni shu 9 foizlik real daromaddan emas, to'liq 16 foiz nominal daromaddan oladi. Inflyatsiya ko'tarilgan sari bu muammo yanada kuchayadi. Agar inflyatsiya deylik 15 foizga yaqinlashsa, 16 foizlik omonat amalda deyarli real daromad keltirmaydi. Shunga qaramay, omonatchi baribir soliq to‘laydi.

2) Odatda Markaziy bank inflyatsiyani pasaytirish uchun yuqori foiz stavkalarini saqlaydi va yuqori depozit stavkalari odamlarni bugun ko'proq iste'mol qilish o'rniga pulini bankda saqlashga undaydi. Lekin bir tomondan Markaziy bank omonatni jozibador qilishga harakat qilsa, ikkinchi tomondan davlat uning daromadini soliqqa tortsa, bu ikki siyosat bir-biriga qarshi ishlaydi. Odamga avvalgi 16 foizlik sof daromadni berish uchun bank endi taxminan 16.8 foiz stavka taklif qilishi kerak bo‘ladi. Bu esa banklarning resurs xarajatini oshiradi. Bank resursi qimmatlashsa, kredit ham qimmatlashadi. Natijada bu soliqni faqat omonatchi emas, balki kredit olayotgan tadbirkor, ipoteka olayotgan oila yoki oddiy iste'molchi ham bilvosita to'lashi mumkin.

3) Bu soliqning psixologik zarari uning real miqdoridan kattaroq bo‘lishi mumkin. Iqtisodchi, bankir, soliqchi hisob-kitob qilib 16 foiz 15.2 foizga tushdi, bu katta muammo emas deb fikrlar.
Oddiy omonatchi esa bu yangilikni boshqacha qabul qilib “davlat bankdagi pulimizga soliq solishni boshladi” deydi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda bu “omonatlardan 5 foiz olib qo'yiladi” degan noto'g'ri shaklda tarqalishi ehtimoli juda yuqori. Odamlar bugungi 5 foizni emas, ertaga nima bo'lishini ham o‘ylaydi-da: “Bugun 5 foiz bo'lsa, ertaga 10 foiz qilinmaydimi?” yoki “ikki yildan keyin omonatning o'ziga ham soliq solinmaydimi?” deydi.

Moliyaviy tizimda ishonch juda sekin quriladi, lekin bitta qaror bilan tez yo'qolishi mumkin.

4) 1.4 trillion so'mlik kutilayotgan soliq tushum juda sodda hisob-kitobga asoslangan menimcha.
Mantiq taxminan shunday bo'lyapti: jami omonatlar × o'rtacha foiz stavkasi × 5 foizlik soliq.
Lekin bu statik hisob-da, odamlar va banklarning javob reaksiyasi yo'q. Soliq joriy qilingach yangi omonatlar o'sishi sekinlashishi, ayrim omonatlar muddati tugagach yangilanmasligi, pul xorijiy valyutaga yoki boshqa aktivlarga o'tishi, banklar depozit stavkalarini ko'tarishi, kreditlar qimmatlashishi mumkin. Demak, 1.4 trillion so'm real sof daromad emas, balki hamma narsa o'zgarmaydi degan faraz ostidagi buxgalterlik hisob. Iqtisodiy siyosatda esa hamma narsa: odamlar ham, banklar ham xatti-harakatini o'zgartiradi.

5) So'mdagi omonat stavkasi yuqori bo'lishining sababi bor. Odam so'mda pul saqlab, inflyatsiya va valyuta kursi xavfini o'z zimmasiga oladi, yuqori foiz ana shu xavf uchun kompensatsiya. Agar davlat shu kompensatsiyaning bir qismini ham soliqqa olsa, so'mda saqlashning jozibadorligi pasayadi. Odamlar birdaniga bankdan barcha pulini yechib ketmasligi mumkin. Lekin yangi jamg'armalarini dollarga, oltinga, naqd pulga, yoki boshqa norasmiy aktivlarga yo'naltira boshlashi mumkin. Hatto kichik foiz farqi ham valyuta kursi bo'yicha xavotir kuchli bo'lgan davrda odamlarning qaroriga sezilarli ta'sir qiladi.

Xullas, asosiy masala 5 foizning katta yoki kichikligida emas, balki davlat hali odamlarni pulini bankka olib kirishga va so'mga ishonishga undayotgan paytda, aynan shu ishonchni soliqqa tortib qo'yishi mumkin.

@uzbekonomics
Kun.uz
Bank omonatlari daromadidan 5 foiz soliq undirish taklif qilinyapti
Omonatlar bo‘yicha foiz daromadlarini dividendlar bilan tenglashtirib, ular uchun ham 5 foizlik soliq stavkasini belgilash g‘oyasi ilgari surilyapti. Tashabbuskor tashkilot – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 5 foizlik soliqning joriy etilishi davlat byudjyetiga qariyb 1,4 trln so‘m qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin.
37
👏 31
🔥 14
👍 6
51 7.3K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от Paiziev24
30.07.2026 14:00
Bundan 3 yil avval paydo bo’lgan OpenRouter startapi LLM modellarni avtomatik tanlash (routing) bilan shug’ullanadi va yaqinda Stripega 10 milliard dollarga sotildi.

Beknazar, YCombinatorga o’zining Speko - ovoz modellari routingi startapi bilan o’tdi va bu xaqda bugun YC Linkedin sahifasida e’lon qildi.

Keling uni Linkedin da comment va share qilib qo’llab quvvatlaylik.

https://www.linkedin.com/feed/update/urn:li:activity:7488310498296348685/

@paiziev24
LinkedIn
Speko is a router for voice models. One API key, and your voice agent runs on the speech-to-text, LLM, and text-to-speech models we measured as best for your language and use case. Founder Bek A… | Y Combinator
Speko is a router for voice models. One API key, and your voice agent runs on the speech-to-text, LLM, and text-to-speech models we measured as best for your language and use case. Founder Bek A. spent four years picking voice stacks by trial and error. A voice agent is three models in a row; each stage has a dozen credible vendors, and you ship whatever combination felt best that month. Then next week another model drops, nobody has time to re-run the bake-off, and the stack you picked under deadline becomes the stack you are stuck with for a year. Public leaderboards do not settle it either, because they average over somebody else's audio in somebody else's conditions. So Speko measures continuously. They benchmark speech models language by language and publish everything at benchmarks.speko.ai: word error rate, finalize latency, time to first token, cost per minute. Then Speko routes on the result. Point an existing agent at Speko, and your traffic runs on the stack the numbers say wins, or build a new one…
29
👏 29
👍 6
🤯 1
13 7.9K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
30.07.2026 14:00
Qanday qilib endi boshlayotgan tadqiqotchini zo'r deb aytsa bo'ladi? Meni nazdimda, o'zi bilmagan holda muhim g'oyalarga kelib qolishi.
🔥 51
🤔 10
8
👍 8
7 8.5K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от Uzbekonomics
27.07.2026 18:50
Podkastimizning yangi epizodi chiqdi:

67 - Alifbo o’zgartirilmasin

Youtubeda video: https://youtu.be/hYLi2gGXDhU
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.

Epizod hamkori: "Juru".
"Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir.

https://juru.org/about-us

@uzbekonomics
YouTube
67 - Alifbo o’zgartirilmasin
Podkast epizodi hamkori: "Juru". "Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir. https://juru.org/about-us
31
🔥 20
👍 11
🥰 1
18 9.7K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
Переслано от канала
27.07.2026 17:18
Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument

Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol.

Yakor effekti
Decoy (aldov varianti)
Yo'qotish og'rig'i
Egalik effekti
Ijtimoiy dalil
Taqchillik
Veblen effekti
IKEA effekti
To'lov og'rig'i
Eksklyuzivlik
Tanlov falaji
Ramka effekti
Von Restorff
Avtoritet
Qarz hissi
Yoqimli kutilmaganlik
Charm pricing (9 effekti)
Default effekt
Zeigarnik effekti
FOMO
Pratfall effekti
Yangilik effekti
Aniqlik effekti
Halo effekti
Kognitiv yengillik
Kontrast prinsipi
Maqsad yaqinligi
Hikoya ustunligi
Goodhart tuzog'i
30 ta instrumet bitta promptda

Faqat bitta shart bor. O'qib qo'yish yetmaydi. Ochib, bittasini bugun o'z biznesingizga qo'llash kerak. Bitta instrument, bitta hafta, bitta o'lchov. Keyin ikkinchisi.

Bilim natija bermaydi. Qo'llangan bilim beradi.

Ushbu ro'yxatni o'zingizga saqlang va marketing bilan shug'ullanadigan tanishingizga yuboring - unga aynan shu kerak.

Scaleup | @scaleupuz
🔥 25
👍 22
16
😍 2
438 10K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
27.07.2026 07:39
O’zbekiston haqidagi eng pessimistik xabarlardan biri - shubhasiz - shu.

@Mirkonomika2931
Telegram
Mirkonomika
Иккинчи чоракда туғилишларнинг қисқариши тезлашган Жорий йилнинг биринчи ярим йиллигида 373,4 минг туғилиш қайд этилган бўлиб, туғилишлар ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 7,9 фоизга қисқарган. Лекин ярим йиллик кўрсаткич,  иккинчи чоракдаги қисқаришни  бироз яширади. Чунки биринчи чоракда туғилишларнинг қисқариши 3,5 фоиз эди. иккинчи чоракнинг (апрель-июнь) ўзида эса 182,3 минг туғилиш қайд этилиб, ўтган йилнинг мос чораги билан таққослаганда 12,1 фоизга қисқарган. Таъкидлаш керакки, мазкур қисқариш туғилишлар қисқаришни бошлагандан буён энг йирик чораклик пасайиш ҳисобланади. Туманлар кесимида ҳам иккинчи чорак ўзи хос бўлган. Хусусан, иккинчи чоракда 198 та туман/шаҳарларда туғилишлар қисқарган бўлиб фақатгина 8 та туманда ўсиш қайд этилган. Таққослаш учун 2025 йилнинг мос чорагида 76 та туман/шаҳарларда ўсиш қайд этилган эди. Яъни туғилишлар қисқараётган туманлар қамрови сезиларли ошган.  Шунингдек, туғилишларнинг қисқариши кетма-кет 11 та чоракдан буён давом этмоқда. @Mirkonomika
😭 55
👍 8
👏 8
5
15 10.9K
avatar
Iqtisodchi Kundaligi
@iqtisodchi_kundaligi
26.07.2026 19:17
Gomerni Odisseyasi - g’arbiy sivilizatsiya, manimcha butun insoniyat tarixidagi eng muhim asarlardan.

Kristofer Nolanning yangi kinosi bu asarni juda ajoyib sahnalashtiribdi.

Men juda yosh vaqtimda o’qiganimga shekilli, ko’pini eslay olmadim. Lekin buyuk sanat asarini - o’ta zo’r talqin qilibdi.

Ofarin!
122
👍 68
🔥 18
😍 10
58 11.2K
Открыть в Telegram