17/30
9 effekti
1,000,000 va 990,000. Farqi bor-yo'g'i 10 ming. Lekin nega ikkinchisi ko'zga ancha arzon ko'rinadi ?
Chunki miya narxni chapdan o'ngga o'qiydi va birinchi raqamga ishonadi. 1,000,000 da u millionni ko'radi. 990,000 da to'qqiz yuzni. Raqam deyarli bir xil, taassurot butunlay boshqa.
Sababi miyaning shoshqaloqligida. U raqamni oxirigacha o'qimaydi, birinchi raqamni ushlab, tez hukm chiqaradi. Shuning uchun butun dunyo savdosi "9" ga qurilgan: 9,990, 199,000, 49,900. Tasodif emas, yuz yillik psixologiya.
Endi o'z loyihalarimdan tirik misol. O'zbekistonda xalqaro o'qituvchili maktablar narxi 7–8 milliondan boshlanadi. Bizning to'lov 6,990,000. Bu 7 milliondan atigi 10 ming arzon, deyarli farqsiz. Lekin ota-ona ongida biz 7 millionli qatorda emas, 6 millionli qatorda turamiz. Biz 10,000 so'm bilan butun bir narx segmentini bir pog'ona pastga tushirdik. Sifatni ham, qiymatni ham kamaytirmadik, faqat birinchi raqamni o'zgartirdik.
Lekin muhim qismi bor. 9 effekti arzonlik signali. Shuning uchun u oqilona tanlov sotadigan joyda kuchli. Sof premium, status mahsulotda esa teskari ishlaydi. Qimmat brend soatini 9,990,000 deb qo'ysangiz, shubhali ko'rinadi. 10,000,000 esa nufuzli. 9 arzonlikni sotadi, yaxlit raqam qiymatni.
Bir tiyin farq, butunlay boshqa qaror. Narx raqam emas, signal. 9 ni arzonlik yoki oqilona tanlov sotadigan joyda ishlating, sof qiymat sotadigan joyda yaxlit qoldiring.
Mutaxassislar uchun instrument -
Birinchi raqam testi. Asosiy narxingizning birinchi raqamiga qarang. U sizni qaysi segmentga joylaydi ? 7,000,000 sizni "yetti millionli" qatorga qo'ysa-yu, siz "olti millionli" segmentda raqobatlashmoqchi bo'lsangiz, narxni 6,990,000 qiling. 10,000 so'm bilan butun idrok o'zgaradi. Bir oy murojaatlar tarkibini kuzating.
Ertaga 18/30 Standart variant kuchi (Default Effekti). Nega odam oldindan belgilangan variantni deyarli o'zgartirmaydi va kuchli brendlar qo'shimcha xizmatlarni qanday qilib o'z-o'zidan sottiradi ?
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup |
@scaleupuz
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram