avatar
Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
27.06.2026 17:00
20/30
FOMO

Bir holatni eslang. Kerak emasdi. Olishni rejalashtirmagandingiz.
Lekin "atigi bugun", "boshqalar ulgurdi", "oxirgi imkoniyat" degan gapni ko'rdingiz-u, qo'lingiz o'zi cho'zildi.
Keyin o'ylab qoldingiz: menga bu nega kerak edi o'zi ?

Mana shu FOMO - boy berish qo'rquvi.
Ko'pchilik buni Taqchillik bilan adashtiradi. Farqi katta.
Taqchillik - mahsulot kam. FOMO - boshqalar olyapti, men chetda qolyapman. Birinchisida gap narsada, ikkinchisida gap odamda.

Sababi chuqur. Inson - ijtimoiy jonzot. Ming yillar davomida to'dadan ortda qolish o'lim bilan barobar edi. Hamma bir tomonga yugursa, sababini bilmasang ham, yugurgan xavfsizroq edi. Bugun o'sha instinkt bizni boshqaradi: boshqalar olayotganini ko'rsak, mantiq emas, qadimiy qo'rquv ishga tushadi.

Endi bu instrument amalda qanday ishlaydi va siz nima qilishingiz kerak.
FOMO ishlashi uchun mijoz boshqa odamlarning harakatini real ko'rishi shart. Demak vazifangiz - talabni ko'rinadigan qilish.
"Bugun 12 ta sotildi", "hozir 47 kishi ko'rmoqda", "guruhda 3 o'rin qoldi", "do'stingiz ham qo'shildi".
Siz mahsulotni emas, boshqalarning harakatini ko'rsatasiz.
Tugma bitta: ortda qolma.

Mutaxassislar bu instrumentni qaysi holatda ishlatadi va natija oladi:
Birinchidan, commodity, ya'ni hamma sotadigan oddiy mahsulotda. Mahsulotingiz raqobatchinikidan farq qilmasa, qaror sababini odamlarning harakatidan yasaysiz.
Ikkinchidan, muddatli takliflarda - qabul, mavsumiy aksiya, cheklangan oqim. Uchinchidan, jamoaviy mahsulotda - kurs, klub, event, ya'ni "boshqalar bor" hissi qiymatning bir qismi bo'lgan joyda. Bu uch holatda FOMO eng yuqori natija beradi.

Lekin chegara qat'iy. FOMO eng oson suiste'mol qilinadigan qurol. Soxta jonli raqamlar, yolg'on "oxirgi imkoniyat", har hafta takrorlanadigan "faqat bugun" - bir marta ishlaydi, keyin brend "yolg'onchi" nomni oladi. Haqiqiy FOMO rost voqeaga asoslanadi: chinakam cheklangan joy, chinakam tugaydigan muddat, chinakam o'sayotgan talab. Qo'rquvni to'qimang, bor haqiqatni ko'rsating.

Odam narsadan emas, chetda qolishdan qo'rqadi. Loyiha sifatida rost talabni ko'rsating, to'qima emas. Mijoz sifatida olomon yo'nalishini o'z yo'nalishingiz bilan adashtirmang.

21/30 Pratfall effekti (Nuqson jozibasi) kichik kamchilikni tan olgan brend ko’proq ishonch qozonadi.
“Biz hammasini eplay olmaymiz, lekin bitta narsani zo’r qilamiz”.
Mukammallik shubha tug’diradi, samimiy nuqson yaqinlashtiradi.


Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
🔥 27
12 1.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohzod Polatov | ScaleUp

3K
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Открыть в Telegram