avatar
Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
29.05.2026 07:51
1/30
Yakor effekti

Bir savol bilan boshlayman:
Sizga 1 daqiqa ichida javob bering - Amir Temur 70 yoshdan oshib vafot etganmi yoki yo’q?

Endi: u necha yoshda vafot etgan deb o’ylaysiz?

Ko’pchilik 65–70 oralig’ida deb javob beradi. Sababi - men miyangizga “70” raqamini tashladim. U yakor bo’lib qoldi. Sohibqiron 68 yoshda vafot etgan - va sizning taxminingiz aynan o’sha 70 atrofida aylandi.

Mana shu - Yakor effekti.

Inson birinchi ko’rgan raqamni haqiqat nuqtasi deb qabul qiladi va undan keyingi barcha qarorlarni o’shanga nisbatan o’lchaydi. Mantiq emas - birinchi taassurot hukm yuritadi.

Endi amaliyot. Real misol:
Bir loyihamda mahsulotning bitta tarifi bor edi - sotuv sust. Biz mahsulotni o’zgartirmadik, narxni ham. Faqat yoniga 3 baravar qimmat “Premium” paket qo’shdik.

Natija? Asosiy mahsulot birdan arzon bo’lib ko’rindi va sotuvi sezilarli oshdi. Premium’ni deyarli hech kim olmadi - lekin uning vazifasi sotilish emas edi. Uning vazifasi - yakor bo’lish.

Mijoz 3 millionni ko’rgandan keyin 1 million unga tekindek tuyuladi.

Buni har kuni bozorda ham ko’rasiz:

Kechiginda uydigilar ham aytib qoldi: sotuvchi “Bu palto 2 million” debdi, siz uni hozir ayni jaziramada olsangiz 1 million 200 mingga olasiz - “yutdim” deb o’ylashyapti. Holbuki asl narxi 900 ming bo’lishi mumkin. Sotuvchi birinchi raqamni tashladi - va siz hamma narxni o’shanga nisbatan o’lchadingiz.

Qayerda ishlaydi:
Menyu: eng qimmat taomni birinchi qo’ying - qolgani arzon ko’rinadi
Taklif: “Avval 5 mln edi → endi 2.9 mln” (eski narx - yakor)
Muzokarada birinchi raqamni doim siz ayting, raqib emas

Mijoz narxni “qimmat” yoki “arzon” deb o’zi hal qilmaydi. U siz qo’ygan yakorga qarab hal qiladi.

Yakorni o’zingiz tashlamasangiz - uni raqobatchingiz tashlaydi. Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq. Soha mutahassislari uchun tayyor “guide” bo’ladi.

Scaleup | @scaleupuz
🔥 281
👍 20
😁 3
11 79 5.1K

Обсуждение 11

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohzod Polatov | ScaleUp

3K
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Открыть в Telegram