Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
27/30
Maqsad yaqinligi (Goal Gradient)
Va'da qilgandim, javob beraman. Nega marafonchi eng charchagan paytida, oxirgi kilometrda tezlashadi?
41 kilometr yugurgan odamda kuch qolmasligi kerak. Lekin marra ko'ringan zahoti oyoqlar o'zi tezlashadi. Kuch qayerdan keldi? Hech qayerdan. Kuch o'zgarmadi, masofa o'zgardi.
Mana shu Goal Gradient. Miya maqsadga yaqinlikni sezadi va yaqinlashgan sari ko'proq kuch ajratadi. Uzoq maqsad sust harakat beradi, yaqin maqsad zo'r berib intilish beradi.
Ommalashgan kofe kartangizni eslang. Yoki avto yuvish servisidagi kataklarni. Birinchi katakni bosdirishga hafta ketadi, karta sumkada yotadi. Lekin sakkizinchi katakdan keyin ataylab yo'lni o'zgartirib bo'lsa ham o'sha kofexonaga, avto yuvish shahobchasiga borasiz. Oxirgi ikki katak eng tez to'ladi. Kofe o'zgarmadi, siz maqsadga yaqinlashdingiz.
Bir tajriba buni chiroyli isbotlagan. Bir guruhga o'n katakli bo'sh karta berilgan. Ikkinchisiga o'n ikki katakli, lekin ikkitasi oldindan bosilgan. Ikkalasida ham o'nta xarid kerak, hisob bir xil. Lekin ikkinchi guruh kartani sezilarli tezroq to'ldirgan. Chunki ular noldan boshlamadi, allaqachon yo'lda edi.
Instrumentning butun siri shu ikki nuqtada. Mijozga progressni ko'rsating, ko'rinmagan yo'lda hech kim tezlashmaydi. Va mijozni noldan boshlatmang, birinchi qadamni siz qo'yib bering.
Amalda: sodiqlik kartasida ikki katakni oldindan bosing. Kursda birinchi darsni ro'yxatdan o'tishdayoq oching, profilingiz 20 foizga to'ldi deb ko'rsating. Mantiq bitta - odam o'zini yo'lning boshida emas, o'rtasida his qilsin.
Yana bir nozik joyi. O'nta xarid qiling deyish zaif. To'rttasi to'ldi, oltitasi qoldi deyish kuchli. Raqam emas, masofa harakatga keltiradi.
Chegara ham bor. Maqsad erishiladigan bo'lsin. Yigirma besh katakli karta bersangiz, mijoz masofani ko'rib umidini uzadi. Juda uzoq maqsad harakatga emas, taslim bo'lishga olib keladi.
Odam maqsadga yaqinlashgani sari tezlashadi. Mijozga yo'lni ko'rsating, masofani ko'rsating va birinchi qadamni sovg'a qiling. Noldan boshlagan sekin yuradi. O'rtadan boshlagan yugurib boradi.
Mutaxassislar uchun instrument - ikki katak qoidasi. Mijozingiz bosib o'tadigan har qanday yo'lni oling va uchta savol bering. Progress ko'rinadimi? Ko'rinmasa, ko'rsating. Nechta qadam qolgani aniqmi? Aniqmas bo'lsa, raqam qo'ying. Mijoz noldan boshlayaptimi? Bo'lsa, birinchi ikki qadamni oldindan bering. Bir oyda yakunlash foizini o'lchang. Eng katta o'sish odatda eng arzon o'zgarishdan keladi - ikkita bosilgan katakdan.
28/30 Sizga ikkita narsa beraman. Bitta jadval va bitta hikoya. Ikkalasida bir xil ma'lumot. Lekin bittasini ertagayoq unutasiz, ikkinchisini bir yildan keyin ham gapirib yurasiz. Qaysi biri va nega? O'tkazib yubormang.
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup | @scaleupuz

🔥 20
👍 5
9 1K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram