Xitoyning birinchi o‘rinda qolayotgani tasodif emas
2026-yilning birinchi yarmida Xitoy yana O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 9,5 mlrd dollarni
tashkil qildi. Taqqoslash uchun, Rossiya bilan bu ko‘rsatkich 7 mlrd, Qozog‘iston bilan esa 2,8 mlrd dollar bo‘lgan.
Qizig‘i, besh oy yakunida Xitoy bilan savdo aylanmasi 7,7 mlrd dollar edi. Demak, faqat iyun oyining o‘zida bu ko‘rsatkich qariyb 1,8 mlrd dollarga oshgan.
Menimcha, bu yerda eng qiziq narsa raqamning o‘zi. Ba’zida iqtisodiy hamkorlik haqida siyosiy yoki hissiy bahslar ko‘payadi. Lekin savdo statistikasida hissiyot bo‘lmaydi.
Tadbirkor qayerdan arzonroq, sifatliroq va foydaliroq mahsulot topsa, o‘sha tomonga boradi. Shu ma’noda, tashqi savdo raqamlari iqtisodiyotning haqiqiy afzalliklarini ko‘proq ko‘rsatadi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram