18/30
Default effekti
Kecha O'zbekiston Portugaliyaga 5:0 yutqazdi. Achchiq. Lekin men o'sha o'yinni boshqacha tahlil qildim.
Portugaliya bizdan iqtidorliroq emas. Ularning yutug'i alohida yulduzlarda emas - standartda. Ularda bola tug'ilib, tayyor tizimga tushadi: tayyor akademiya, tayyor metodika, tayyor falsafa. Default allaqachon o'rnatilgan. Bizda esa har bir o'yinchi o'zini noldan quradi. Tabloda 5:0 bo'lib ko'ringan narsa - iqtidor emas, o'rnatilgan standartning farqi.
Va aynan shu marketingdagi eng kam tan olinadigan, eng kuchli qurol.
Default effekti: odam oldindan belgilangan variantni deyarli o'zgartirmaydi. Nima "standart" qilib qo'yilsa, ko'pchilik o'shanda qoladi. Tanlash erkinligi bor, lekin inson uni ishlatmaydi.
Sababi miyaning dangasaligida. Har o'zgartirish - qaror, har qaror - energiya va xato qilish qo'rquvi. Shuning uchun miya eng oson yo'lni tanlaydi:
tegmaslik.
Eng kuchli isboti - organ donorligi. Bir davlatda
"men donorman" deb belgilash kerak -
donorlar 15%. Qo'shni davlatda hamma
default'da donor, xohlamagan o'chiradi -
donorlar 90%. Bir xil odamlar. Farq faqat qaysi holat standart qilib qo'yilganida.
Endi biznesingizni ko'ring. "Xohlasangiz qo'shing" deganda hech kim qo'shmaydi. "Bor, xohlamasangiz oling" deganda ko'pchilik qoldiradi. Bir xil xizmat, bir xil narx, faqat boshlang'ich taklif boshqa. Ko'p biznes shu bitta jumla tufayli pul yo'qotadi.
Lekin chegara bor. Default - g'amxo'rlik, tuzoq emas. Foydali narsani standart qilsangiz, bu yordam. Keraksiz narsani yashirincha qo'shsangiz, bu aldov. Mijoz bir marta sezsa, ishonch quladi.
Portugaliya kuchli o'yinchilar bilan emas, kuchli standart bilan yutdi. Biznesingiz ham eng yaxshi taklifni mijoz topishini kutmasin - uni standart qilib qo'ying. Odam tanlamaydi, berilganni oladi. Nima berishni siz hal qilasiz.
Biz Portugaliyaga standartda yutqazdik. Lekin biznesda standartni siz o'rnatasiz - demak tablo sizning qo'lingizda.
Mutaxassislar uchun instrument -
Default Audit. Taklifingizdagi har bir "qo'shimcha", "ixtiyoriy", "xohlasangiz" varianti ro'yxatini chiqaring.
Har biriga savol bering: mijoz uchun foydalimi ? Foydalilarini standart holatga o'tkazing - oldindan belgilang, mijoz xohlasa o'chirsin. Bir oy ichida qabul foizi qanchaga oshganini o'lchang. Ko'pincha hech narsa sotmasdan, faqat boshlang'ich holatni o'zgartirib daromad oshadi.
Ertaga 19/30 Tugatish istagi (Zeigarnik effekti).
Nega yarim qolgan ish miyadan ketmaydi va aqlli brendlar buni qanday qilib mijozni qayta-qayta qaytarib kelishga ishlatadi ?
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup |
@scaleupuz
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram