avatar
Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
05.07.2026 11:32
23/30
Aniqlik effekti

Ikki gapni yonma-yon qo'ying.
"Bizda tajribali o'qituvchilar va yaxshi natijalar bor."
"O'qituvchilarimizning oylik maoshi 45 million so'm. Maktab 13 million dollarlik xalqaro grant yutgan."
Birinchisini yuzta maktab aytadi. Ikkinchisini eshitganda ichingizda bir nima o'zgaradi. Hech kim bu raqamlarni tekshirmadi-ku. Lekin miya allaqachon ishondi.

Mana shu Aniqlik effekti. Miya yumaloq gapni reklama deb o'qiydi va o'tkazib yuboradi. Aniq raqamni fakt deb o'qiydi va ishonadi. Chunki yolg'onchi umumiy gapiradi. Aniq raqam esa buni faqat rostdan bilgan odam aytadi degan signal beradi.

Endi o'z amaliyotimdan keys. Bitta kampaniyada bitta 8 daqiqalik video ishlatdik. Ichida uchta raqam bor edi. O'qituvchilar oylik maoshi 45,000,000 so'm. Yutilgan grantlar 13,000,000 dollar. Oylik to'lov 5,700,000 so'm. Biz kuchli jamoa demadik, xalqaro daraja demadik. Raqam aytdik.
Natija. Lidlardan tashrif 40%. Tashrifdan shartnoma 70%. Bitta video 220 ta o'quvchi bilan shartnomaga sabab bo'ldi. Bironta va'da yo'q edi, faqat raqamlar. Hatto 5,700,000 so'mlik narxning ochiq aytilgani ham ishladi. Yashirmagan odam konversiyani baland oladi.

O'zimiz ham har kuni shunga pul beramiz. 99.9% mikrobni o'ldiradi. Nega 100 emas? Chunki 99.9 haqiqatga o'xshaydi, 100 reklamaga. 19 daqiqada yetkazamiz, bu tez yetkazamizdan kuchli. Miya har safar bir xulosa chiqaradi, bunchalik aniq bilgan odam rostdan qilgan.

Lekin teskari tomoni bor. Aniqlik uch joyda sizga qarshi ishlaydi. Tekshirilsa chiqmaydigan raqam, bitta yolg'on raqam fosh bo'lsa, qolgan rost raqamlaringiz ham o'ladi. Ortiqcha aniqlik, kichik do'kon 94.7 foiz mijozimiz mamnun desa, ishonch emas kulgi chiqadi. Kontekstsiz raqam, 13 million dollar nima uchunligi aytilmasa, havoda qoladi. Raqam yolg'iz ishlamaydi, hikoya ichida ishlaydi.
Instrument sifatida ishlatish oddiy. Ko'p mijoz emas, nechta. Tajribali jamoa emas, necha yil, nechta loyiha. Yaxshi natija emas, foizda, muddatda, pulda. Va bitta qoida, faqat isbotlay oladigan raqamni ayting. Raqamingiz bo'lmasa, to'qimang, o'lchashni boshlang.

Ishonch va'dadan emas, aniqlikdan tug'iladi. Mijoz sifatlaringizga emas, raqamlaringizga pul beradi. Matnlaringizdagi har bir yaxshi, ko'p, sifatli so'zi yo'qotilgan ishonch. O'rniga raqam qo'ying.

Mutaxassislar uchun instrument - raqamlash auditi. Sotuv sahifangizdagi barcha sifatlovchi so'zlarni yozib chiqing, tajribali, sifatli, ko'p, ishonchli. Har biriga savol bering, buni qaysi raqam bilan almashtira olaman? Uchta eng kuchli raqamni toping, pul, vaqt yoki miqdorda va eng ko'rinadigan joyga chiqaring. Bir oyda konversiyani solishtiring. Bizda shu tamoyil bitta video bilan 220 shartnoma berdi.

24/30 Halo effekti. Mijoz maktab darvozasiga qarab ta'lim sifati haqida, ofitsiant tabassumiga qarab oshxona tozaligi haqida hukm chiqaradi. Bu hukm 3 soniyada chiqadi va uni keyin o'zgartirish deyarli imkonsiz.

Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
🔥 31
🤝 3
12 1.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohzod Polatov | ScaleUp

3K
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Открыть в Telegram