avatar
Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
05.06.2026 16:51
7/30
Veblen effekt

Bir g’alati haqiqatdan boshlayman. Ayrim mahsulotlarni arzonlashtirsangiz, sotuvi tushadi. Qimmatlashtirsangiz esa, aksincha, ko’proq sotiladi. Bu yerda iqtisodning oddiy qonuni teskari aylanadi va aynan shu Veblen effekti.

Odatda narx oshsa, talab tushadi. Lekin status mahsulotlarida boshqacha. Bu yerda yuqori narxning o’zi mahsulotning bir qismiga, hatto eng muhim qismiga aylanadi. Soat, avtomobil, premium ta’lim, hashamatli restoran. Bularni odam faqat funksiyasi uchun olmaydi. U narx orqali bir narsani aytadi: men buni ko’tara olaman, men shu darajadaman.

Bu nomni iqtisodchi Torstein Veblen kiritgan. Uning fikricha, ba’zi xaridlar ehtiyoj uchun emas, balki status va e’tibor uchun qilinadi. Ya’ni odam mahsulotni emas, o’sha mahsulot beradigan ijtimoiy signalni sotib oladi. Qimmat narx esa o’sha signalning kuchaytirgichi. Arzonlashtirsangiz, signal yo’qoladi va mahsulot o’z jozibasini yo’qotadi.

Eng qiziq joyi shu, bu Yakor effektiga butunlay teskari ishlaydi. Yakorda biz narxni arzon ko’rsatishga harakat qildik. Veblenda esa aksincha, narx baland turishi kerak, chunki balandlikning o’zi qiymat. Premium brend chegirma berganda obro’sini yo’qotadi. Shuning uchun haqiqiy hashamat brendlari deyarli hech qachon katta chegirma e’lon qilmaydi, qolgan mahsulotni yo’q qilib yuborishni afzal ko’radi.

Men buni o’z biznesimda aniq ko’raman. Premium maktabni arzonlashtirsangiz, ota-ona ko’proq emas, kamroq ishonadi. Ongida shunday savol paydo bo’ladi, nega arzon, balki sifati pastdir? Yuqori narx esa o’sha ota-onaga “bu yer eng yaxshisi, bu yer biz xohlagan davra” degan signalni beradi. Xuddi shu narsa

Lekin men bu yerda eng muhim shartni aytaman. Veblen effekti faqat mahsulot o’sha narxni haqiqatan oqlaganda ishlaydi. Yuqori narx orqasida haqiqiy sifat, haqiqiy tajriba, haqiqiy obro’ turishi kerak. Aks holda bu effekt emas, oddiy aldov bo’lib chiqadi va bir mavsumda ochiladi. Narxni ko’tarishdan oldin, o’sha narxga arziydigan qiymatni qurib qo’ying. Avval qiymat, keyin narx, bu tartibni hech qachon teskari qilmang.

Hamma mahsulot uchun ham arzonlik yutuq emas. Ba’zi narsalar uchun narxning o’zi qiymat, narxning o’zi xabar. Agar siz status va tajriba sotsangiz, arzonlashtirish orqali emas, qiymatni ko’tarish orqali yutasiz. Pastga emas, yuqoriga harakat qiling, lekin har bir bosqichda o’sha balandlikni oqlab boring.

Ertaga 8/30 IKEA effekti. Nega o’zingiz yig’gan mebel, o’zingiz damlagan kofe yoki o’zingiz ishtirok etgan loyiha boshqalarnikidan qadrliroq tuyuladi? Mijozni jarayonga qo’shsangiz, u mahsulotni emas, o’z mehnatini seva boshlaydi

Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
🔥 35
👍 3
1 112 12.6K

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohzod Polatov | ScaleUp

3K
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Открыть в Telegram