avatar
Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
14.06.2026 09:19
13/30
Von Restorff effekti

Supermarket javoniga qarang. Ko'k paket, ko'k paket, yana ko'k paket - hammasi bir xil. Ko'zingiz ular bo'ylab sirpanib o'tadi, birortasi yodda qolmaydi. Keyin birdan bitta sariq paket. Ko'zingiz aynan o'sha yerda to'xtaydi. U yaxshiroq emas, faqat boshqacha. Va shu boshqalik ungа butun javon e'tiborini olib berdi.

Mana shu Von Restorff effekti. Qatorda ajralib turgan narsa miyaga muhrlanadi, qolgani bir-biriga qo'shilib yo'qoladi.
Og'riq shundaki, bizning hammamiz o'sha - yana bir ko'k paketmiz. Reklamamiz: "sifatli mahsulot, qulay narx, professional jamoa". Raqobatchimiznikiyam xuddi shunday. Hammasi to'g'ri, hammasi chiroyli va hammasi bir-biriga qo'shilib unutiladi. Biz mahsulotga million sarflaymiz, lekin uni hamma qatori qilib taqdim etamiz.

Sababi oddiy. Mijoz yaxshilikni darrov ko'rmaydi, u faqat boshqalikni ko'radi. Yaxshilik nozik, uni taqqoslab topish kerak. Boshqalik esa bir zumda uriladi. Mijoz to'xtamasa, sizning sifatingizni umuman ko'rmaydi.

Mana shuning uchun eng katta byudjet ham har doim yutmaydi. "Yaxshiroq" bo'lishga ketgan million, ko'pincha "boshqacha" bo'lishga ketgan mingdan kam ishlaydi. Chunki bozorda eng sifatli emas, eng ko'p eslab qolingan mahsulot g'olib chiqadi.

Buni qanday tajribalarda ishlatish mumkin:
Reklamada. Hamma jiddiy gapirsa, siz sodda gapiring. Hamma mahsulotni maqtasa, siz mijozning og'rig'ini gapiring. Hamma bir xil ohangda yozsa, siz birinchi jumlani kutilmagan qiling. Maqsad balandroq baqirish emas, boshqa chastotada gapirish.

Mahsulot va qadoqda. Raqobatchilar ranggi va dizaynini o'rganing, keyin ataylab teskarisini tanlang. Hamma ko'k bo'lsa, siz sariq bo'ling. Javonda ko'z birinchi sizgа tushsin.

Sotuv va xizmatda. Mijoz hamma joyda bir xil muomala ko'radi. Bitta kutilmagan, esda qoladigan lahza yarating - kutilmagan e'tibor, kichik sovg'a, boshqacha kutib olish. Mijoz butun tajribangizni o'sha bitta boshqacha lahza bilan eslaydi.

Lekin bitta chegara bor. Sariq rang faqat to'xtatadi, ushlab turolmaydi. Boshqacha bo'lib e'tiborni o'g'irlab, qo'lda qiymat bo'lmasa, mijoz bir marta to'xtaydi va qaytmaydi. Avval qatorni buzib to'xtating, keyin o'sha to'xtashni rost qiymat bilan oqlang.

Raqobatchingizdan yaxshiroq bo'lishgа urinishni biroz to'xtating, avval ulardan ajralib turishni o'rganing. Mijoz miyasida joy kam, va u joy doim qatorni buzganniki.

Mutaxassislar uchun instrument - Vitrina testi.
Sohangizdagi kuchli beshta raqobatchini xayolan bir javonga terib qo'ying.
Uch ustun yozing: ranggi va ko'rinishi, asosiy va'dasi, gapirish ohangi.
Endi qarang - ular nimada bir xil? O'sha takrorlanayotgan narsa bozoringizdagi umumiy ko'k rang. Sizning vazifangiz aynan o'sha nuqtada teskari yo'l tutish. Javon sizga qayerda sariq bo'lish kerakligini o'zi ko'rsatib beradi.

Ertaga 14/30 Avtoritet effekti. Nega oq xalat kiygan odamgа savolsiz ishonamiz va brendlar bu ishonchni qanday qo'lga kiritadi ?

Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
🔥 32
👍 3
2 18 1.8K

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohzod Polatov | ScaleUp

3K
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Открыть в Telegram