Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
15/30
Qarz hissi
Bozorda quruq meva sotuvchisi yoningizdan bir siqim mayiz uzatadi. “Tatib ko’ring, aka.” Olasiz. Yeysiz. Mazali.
Endi ketmoqchisiz. Lekin oyog’ingiz tortmaydi.
Ichingizda allaqachon bir nima o’zgardi. Hech narsa olmay ketsangiz, o’zingizni qarzdordek his qilasiz. Va ko’pincha kerak bo’lmasa ham, yarim kilo bo’lsa ham olib ketasiz.
To’xtab o’ylang. Sotuvchi sizga bir siqim mayiz berib, yarim kilo sotdi. Kim kimni “yutdi”?
Mana shu Qarz hissi. Inson birovdan yaxshilik ko’rsa, ichida uni qaytarish majburiyati tug’iladi. Bu his shu qadar kuchli-ki, biz ko’pincha olganimizdan ko’proq qaytaramiz.
Bizning xalq buni asrlar oldin bilgan.
“Yegan og’iz uyalar.” O’ylab ko’ring, bu shunchaki odob emas. Bu inson tabiatining eng chuqur qonuni, ajdodlarimiz uni bir jumlaga joylab ketgan. Birovning nonini yegan odam unga qarshi gapira olmaydi. Negaki ichidagi muvozanat buziladi va u tinchlik bermaydi.
Sababi qadimiy. Insoniyat omon qolish uchun bir-biriga berishi shart edi. Bugun men senga, ertaga sen menga. Qaytarmaganlar jamoadan chetlatilgan. Shuning uchun “olganingni qaytar” degan qoida miyamizga shu qadar mahkam o’rnashgan-ki, biz uni deyarli boshqara olmaymiz.
Endi eslang, sizning hayotingizda ham shunday bo’lgan. Kimdir sizni mehmon qilgan, va siz uni qaytarmaguningizcha ko’nglingiz g’ash bo’lib yurgan. Tanish tuyg’umi? Mana, siz hozir o’zingizni o’qidingiz.
Mashhur tajriba buni raqamga aylantirgan. Ofitsiant hisob bilan bitta konfet bersa, choychaqa sezilarli oshgan. Ikkita bersa, yanada. Konfetning narxi arzimas, lekin u uyg’otgan qarz hissi haqiqiy pulga aylangan.
Aynan shu yerda kuchli brend oddiyidan ajraladi. Oddiy biznes darrov soting deydi. Kuchli biznes avval beradi. Bepul maslahat, bepul namuna, bepul qiymat. Chunki ular bir haqiqatni biladi: avval bergan, keyin oladi.
Men buni shunday qo’llayman. Mijozga birinchi uchrashuvdayoq sotishga shoshilmayman. Avval haqiqiy foyda beraman. ScaleUp kanalining butun mantig’i ham shu, men har kuni bepul instrument beraman, hech narsa so’ramayman. Lekin bu berish men va sizning o’rtangizda ko’rinmas bir ip quradi. Va o’sha ip eng mustahkam poydevor.
Lekin bu yerda nozik chegara bor. Berish samimiy bo’lishi kerak. Odam “bu menga keyin sotish uchun beryapti” deb sezsa, qarz hissi yo’qoladi, o’rniga shubha keladi. Haqiqiy berishda siz avval mijozning yutug’ini o’ylaysiz, sotuv esa o’zi keladi. Bering, qaytishini kutmang. G’alati tomoni shundaki, aynan shunda ko’proq qaytadi.
Mijoz tomoningizni ham unutmang. Kimdir bepul bir narsa berib, darrov kattasini taklif qilsa, bir soniya to’xtang. So’rang: men buni kerak bo’lgani uchun olyapmanmi, yoki shunchaki qarzdorlik hissidan qutulish uchun? Bir siqim mayiz uchun yarim kilo olishga majbur emassiz. Samimiy rahmat ham qarzni uzadi.
Inson olgan yaxshiligini qaytarishga moyil. Vazifangiz avval berish, sotishga shoshilmaslik. Haqiqiy qiymat bering, ko’rinmas qarz o’zi quriladi, o’zi qaytadi. Savdoda birinchi qo’l ochgan emas, birinchi qadr bergan yutadi.
Mutaxassislar uchun instrument - avval ber qoidasi. Har qanday sotuvdan oldin bitta savol bering: men bu odamga sotishdan oldin nima berdim?
Javob “hech narsa” bo’lsa, to’xtang. Avval bitta haqiqiy, bepul qiymat qo’shing, foydali maslahat, kichik yechim yoki mijozga tegishli aniq tahlil. Bir hafta har bir urinishdan oldin avval bering, keyin so’rang. Konversiya o’zgaradi, chunki endi siz notanish sotuvchi emas, qarz bergan odamsiz.
Ertaga 16/30 Yoqimli kutilmaganlik. Nega mijoz butun xizmatni emas, faqat bitta kutilmagan lahzani eslab qoladi va aynan o’shani boshqalarga gapiradi?
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup | @scaleupuz

🔥 33
👍 8
20 2K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram