avatar
Shohzod Polatov | ScaleUp
@scaleupuz
02.06.2026 04:49
5/30
Ijtimoiy dalil (Social Proof)

Ikki bir xil restoran yonma-yon turibdi. Biri bo'm-bo'sh, ikkinchisida navbat. Siz qaysisiga kirasiz? Deyarli har doim navbat turgan joyga. Holatda mantiq yo'q, axir bo'sh restoranda tezroq xizmat ko'rsatishadi. Lekin biz mantiqqa emas, olomonga ergashamiz.

Buning ortida juda qadimiy qo'rquv yotadi. Ming yillar davomida inson yolg'iz hech narsa hal qila olmagan. Qabiladan ajralib qolish o'lim degani edi. Shuning uchun miyamizga shunday qoida o'rnashgan: agar ko'pchilik shunday qilyapti ekan, demak bu xavfsiz, demak bu to'g'ri. Bugun o'sha instinkt bizni boshqaradi. Odam o'zi qaror qila olmay ikkilanib turganda, atrofga qaraydi va boshqalarning tanloviga ergashadi. Bu dangasalik emas, bu qo'rquv. Xato qilish qo'rquvi, yolg'iz qolish qo'rquvi.

Robert Chaldini buni ijtimoiy dalil deb atagan. Mohiyat shu: noaniqlik qancha katta bo'lsa, odam boshqalarning xatti-harakatiga shuncha kuchli tayanadi.

Endi loyihalar buni qanday to'g'ri ishlatishi kerak. Men o'z biznesimda eng kuchli ishlaganini aytaman. Raqamlar gapiradi. "Bizda 500 dan ortiq o'quvchi tahsil oladi" degan gap, "bizning maktab yaxshi" deganidan o'n barobar kuchli. Haqiqiy mijozlarning video sharhlari, o'zi tanigan odamlarning tavsiyasi, to'lib ketgan guruhlar, navbat ro'yxati. Bularning hammasi mijozga "sen yolg'iz emassan, sendan oldin ko'plar bu yo'lni tanlagan va xato qilmagan" degan signalni beradi. Mustafada mehmon to'la zalni ko'rsa, taom haqida hech narsa bilmasa ham, joy to'g'ri ekaniga ishonadi. Lekin men bu yerda eng muhim narsani ta'kidlayman. Ijtimoiy dalil faqat haqiqiy bo'lsagina ishlaydi va uzoq yashaydi. Soxta sharhlar, sotib olingan obunachilar, yasama navbat bir muddat aldashi mumkin, lekin haqiqat ochilgan kunda brendingiz o'ladi.

Men har doim shu tamoyilga amal qilaman: dalil to'qima emas, ko'rsatma bo'lsin. Sizda haqiqiy mijoz, haqiqiy natija bo'lsa, vazifangiz shunchaki uni ko'rinadigan qilish, yo'qdan bor qilish emas.

Odam noaniqlikda boshqalarga ergashadi, bu inson tabiati. Loyiha sifatida vazifangiz haqiqiy ijtimoiy dalilni ko'rsatish, uni to'qib chiqarish emas. Mijoz sifatida esa vazifangiz olomon ortidan ketishdan oldin to'xtab, bu yo'l aslida sizniki ekaniga ishonch hosil qilish.

Ertaga 6/30 Taqchillik. Nega "atigi 3 ta qoldi" degan yozuv qo'limizni o'zi cho'ntakka olib boradi ? Kam narsa qimmatli ko'rinadi va biz buni qanday halol ishlatishimiz mumkin.

Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.

Scaleup | @scaleupuz
🔥 43
5
👍 4
👏 1
2 19 2.2K

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shohzod Polatov | ScaleUp

3K
Marketolog | Tadbirkor
Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman

Bog‘lanish: @shohzodpolatov
Открыть в Telegram