14/30
Avtoritet effekti
Dorixonaga kirasiz. Oq xalatdagi farmatsevt “buni iching, yaxshi yordam beradi” desa, savolsiz olasiz. Yoningizdagi notanish xaridor xuddi shu dorini tavsiya qilsa, ishonmaysiz. Mahsulot bir xil. Farqi faqat oq xalatda.
Mana shu Avtoritet effekti. Inson har bir narsani o’zi tekshirib o’tirmaslik uchun, ishonchli ko’ringan manbaga tayanadi. “U biladi, demak to’g’ri” deydi va o’ylashni to’xtatadi.
Buni hayotda har kuni ko’rasiz. Sartarosh “sizga bu soch turmagi yarashadi” desa rozi bo’lasiz, chunki u mutaxassis. Usta mashinangizni ochib “mana bu detal almashtirish kerak” desa, tekshirmasdan to’laysiz. Diplom devorda osig’liq shifokorga, bo’sh devorli shifokordan ko’ra ko’proq ishonasiz. Hech narsa o’zgarmaydi, faqat avtoritet signali qaror o’rniga o’zi gapiradi.
Og’riq shundaki, ko’p biznesda haqiqiy tajriba bor, lekin u ko’rsatilmaydi. Ko’rsatilmagan avtoritet - yo’q avtoritet. Mijoz sizning ichingizdagi bilimni ko’rmaydi, u faqat tashqi belgilarni ko’radi.
Avtoritet uch yo’l bilan quriladi.
Isbot: aniq raqam, yillar, natija.
Bilim ulashish: o’rgatadigan odam avtomatik ekspert sanaladi, foydali kontent bergan brend mahsulotini maqtaganidan ishonchliroq.
Tan olinish: birovning og’zidan aytilgan maqtov, o’z og’zingdan aytilgandan ming barobar og’ir.
Bitta chegara bor, halollik. Avtoritet faqat haqiqiy bo’lsagina kuch beradi. Soxta unvon, yolg’on tajriba bir muddat ishlaydi, lekin ochilgan kunda ishonch butunlay quladi. Oq xalatni faqat haqiqiy shifokor kiyishi kerak.
Mijoz sifatida ham foydali.
Kimdir avtoritet bilan gapirayotganda so’rang: bu odam haqiqatan biladimi, yoki shunchaki bilimdek ko’rinyaptimi? Tashqi signal bilan haqiqiy tajribani ajratsangiz, sizni faqat ko’rinish bilan ishontirib bo’lmaydi.
Odam ishonchli ko’ringan manbaga o’ylashni topshiradi. Vazifangiz ichingizdagi haqiqiy tajribani tashqariga, ko’rinadigan qilib chiqarish. Ko’rsatilmagan tajriba, mijoz uchun yo’q tajribaga teng.
Mutaxassislar uchun instrument -
Avtoritet Inventarizatsiyasi.
Uchta ro’yxat yozing: barcha isbotlaringiz (tajriba, raqam, natija, diplom), ulashishingiz mumkin bo’lgan bilimlar, va sizni tan olgan manbalar (sharhlar, mukofotlar, chiqishlar). Endi qarang - bularning qanchasi saytingiz, profilingiz va sotuv suhbatingizda ko’rinib turibdi? Ko’rinmaganini bugundan ko’rinadigan qiling. Avtoritet bor-yo’qligi emas, ko’rinar-ko’rinmasligi sotadi.
Ertaga 15/30 Qarz hissi (Reciprocity) Nega birovdan kichik yaxshilik ko’rgan odam o’zini qarzdor his qiladi va “yegan og’iz uyalar” maqolimiz aslida eng kuchli sotuv qoidasi ekanini ochamiz.
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup |
@scaleupuz
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram