avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
09.08.2026 15:58
Muhrim / Муҳрим Shahrisabz hokimining xatti-harakatlari elga ovoza bo‘lganiga ham, mana, Xudo xohlasa, 72 soat bo‘lyapti, shekilli. Buyoqdan yana yangi-yangi sharmandalar, uyatsizlar chiqib turibdi. Es-hushi joyida bor hamma bu vallomatlarning qilayotgan ishlari odamgarchilikka ham, qonunchilikka ham to‘g‘ri kelmasligini aytyapti. Boshida davlatga aloqador bir-ikki tuzilma ham nimadir degandek bo‘ldi, ammo “yuqori”dan boshqa reaksiya bo‘lgani yo‘q. Bo‘ladiganga ham o‘xshamayapti. Joylardagi davlat xizmatchilarining bunday chidab bo‘lmas harakatlari — shuncha shovqin-suron va e’tirozlarga qaramay — hozirgidek jim kuzatib turilaversa, demak, “bu davlat siyosati ekan”, “bu quyi bo‘g‘indagi uquvsiz ijrochilarning yana bir farosatsizligi emas, balki butun hokimiyat tizimining ongli qarori va harakati ekan”, degan xulosaga kelish mumkinmi? Umuman, Mustaqillik bayrami arafasida shu bayram nomi bilan qilinayotgan bu ishlar qandaydir yakkam-dukkam holatlar yo xususiy tashabbuslar emas, balki umummilliy kampaniya ekanini ko‘pchilik anglab bo‘ldi. Lekin bu ishlar qanchalik qonuniy? Aholini “uyingni tozalamasang, falon mln so‘m jarimaga tortilasan?”, deb terror qilish uchun qonuniy asoslar bormi? Bu jarayonda aholining haq-huquqlari qanchalik buzilyapti? Davlatimizda bu savollarga javob bera oladigan dunyo jahon tuzilmalar bor: Inson huquqlari bo‘yicha markaz (eng zo‘ri shu o‘zi — rahbari Senat raisi Senat raisligidan boshqa ishni qilishga umuman majbur emasligini isbotlab bergan axir!), Bosh prokuratura (qonuniylik bo‘yicha qandaydir baho berishi mumkin-ku), oxir-oqibat, butun boshli Adliya vazirligi. To‘g‘rimi? Biror munosabat bildiring siz ham. Iloji bo‘lsa, bo‘layotgan ishlar to‘g‘ri yo noto‘g‘ri, deb dangalroq ayting. Siz ham uyma-uy yurib, hojatxona, hammom va oshxonalarni tekshirib yurgan bo‘lmasangiz agar.
Kanalimda “Hafta xulosalari” degan rukn yo‘g‘u, lekin yakuniga yetishiga bir necha soat qolgan joriy haftada odamning eng kamida bitta holat bo‘yicha bir xulosa chiqargisi kelyapti baribir: Shahrisabz hokimi va yana shunga o‘xshash boshqa nusxalarning Konstitutsiyani (davlatchilikni?) ham, odamgarchilikni ham oyoqosti qiluvchi xatti-harakatlari navbatdagi yakkam-dukkam farosatsizlik yo madaniyatsizlik namoyishi emas, balki rostmana topshiriq asosida yuz bergan butun boshli tizimli jarayondir.

Chunki bunday emasligini tasdiqlovchi aksilharakatlarni, hech yo‘g‘i, bayonotlarni ko‘rmadik va eshitmadik. Ko‘rganimiz va eshitganimiz — joylardagi katta va kichik davlat xizmatchilarining Konstitutsiyani (davlatchilikni?) ham, insoniylikni ham oyoqosti qiluvchi xatti-harakatlari hamda ularni tiyib qo‘yishi kerak bo‘lganlarning quloqni qonatadigan sukuti. Sukut esa, aytishlaricha, rozilik alomati.

To‘g‘risi-da, boshida jamoatchilikning eng radikal qatlami, masalan, Shahrisabz hokimini qayerigadir tepib ishdan haydash kerak, deb ayuhannos solayotgandi. Mayli, ular ham oshirib yuborgandir (xuddi o‘sha hokim kabi), lekin hokimning qilgan ishi ham hozirgi (hech kim ko‘rmagan) “Hokimlarni jazoga tortish kodeksi” bo‘yicha eng kamida 50 grammlik hayfsanga arzirdi-da (kamiga, o‘sha videosi tarqalgan xonadon egalari kasalxonaga tushib qolganini ham qo‘shsak, juda arzirdi).

Boshqa tarafdan, agar hayfsan berilsa, “e, yana hayfsan berib, o‘zinikini ayabdi-da, fuqaro hokimning uyiga shunday bostirib borsa, kamida 15 sutkaga qamardi, yashshamagurlar!”, deb norozi bo‘lardik baribir, aniq. Hozir esa jamoatchilik hayfsan ham chakki jazo emasligini anglashi uchun davlatimiz katta bir qonunsizlikni sukut bilan kuzatib, bir qimmat dars o‘tib bergandek go‘yo (faqat bu dars oxir-oqibat davlatning o‘ziga qimmatga tushishini o‘zi anglagan bo‘lsa (yo anglay olsa?) bo‘ldi).

Hay, jazo yo‘qmi, unda mukofot bo‘lishi kerak. Taxminimcha, Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan ko‘p yillik fidokorona xizmati uchun mukofotlanadigan o‘nlab davlat xizmatchilari orasida shu bayramga tayyorgarlikni xonadonlarda reydlar o‘tkazib, tozalanmagan oshxona, hojatxona va hammomlarga qarshi kurashib o‘tkazgan hokimlaru raislar ham bo‘ladi. Ro‘yxatda, masalan, Shahrisabz hokimi ham bo‘lsa, bu, hech shubhasiz, “boshlardagi xaroblik”ning zo‘r bir tantanasi bo‘lardi, menimcha.
7 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
06.08.2026 08:15
Muhrim / Муҳрим Фото: Ukrainaning Rossiyaga dron zarbalari, o‘zbekchasiga aytganda, “Dolzarb 40 kunlik” degan tadbir doirasida bo‘lganini kuni kecha bilib qoldim (aslida “40 kunlik ta’sir operatsiyasi”. 40 kun Rossiyani dronlar bilan shunday uramizki, birinchidan, rossiyaliklarning o‘zi ham his qilsin urushni, ikkinchidan, butun dunyo ko‘rsin Rossiyaning ahvolini va bizning qudratimizni, degandek maqsadlar bo‘lgan, deb yozishibdi, qayerdadir. Tan berish kerak, Rossiyaning jig‘ini ancha ezib qo‘ydi ukrain tushmagurlar. Neft zavodlarini ishdan chiqarishlar, benzin shoxobchalaridagi kilometrlik navbatlar, ulkan logistika markazlarining kulga aylantirilishi — to‘rt yil avval Rossiya shu ahvolga tushadi desa birov ishonmasdi. Hozir esa butun dunyo Rossiyaning achinarli ahvoli haqida gapiryapti. Endi, Ukrainadagi “Dolzarb 40 kunlik” tugagan vaqtda, bizning jonajon Vatanimizda boshqa bir “Dolzarb 40 kunlik” boshlanib qoldi. Bu 40 kunlikning quroli — innovatsion dronlar emas, balki o‘zimizning eski, qo‘pol, dag‘al hokimbuvayu raisbuvalar. Ukrainaning “Dolzarb 40 kunligi” bu mamlakat qudratini dunyoga qanday ko‘z-ko‘z qilgan bo‘lsa, bizdagi “Dolzarb 40 kunlik” ham tez orada qandaydir dong‘imizni chiqaradi. Chunki allaqachon ruscha nashrlar bu dolzarb mavzu haqida yozib bo‘ldi, ulardan hali boshqalar ham oladi, ijtimoiy tarmoqlar kulgiga to‘lyapti va to‘lishida davom etadi, eh-he, ishqilib, Sirdaryodagi madhiya vaqti qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmagan ofitserlardek mashhurlik kutyapti. Xuddi shu vaqtda Qashqadaryodan bir kishi yozyapti: Quyidagi suratda ko‘rsatilgan eslatma varaqasini tashlab ketgan mahalla xodimining aytishicha, agar uyning hojatxona, hammom, oshxona qismlari tozaligi qoniqarsiz bo‘lsa, bizga 5,2 mln so‘m jarima solinarkan. Xodim bu haqda og‘zaki ogohlantirdi, ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qaysi moddasiga asoslanayotganini so‘rasam, tayinli javob bera olmadi. Eng qizig‘i, bu talablar qanday qonuniy asosga ko‘ra ilgari surilayotganini so‘rasam, u hadisdan misol keltirdi. Mahalla xodimining rasmiy faoliyatiga hadisning nima aloqasi borligini so‘raganimda esa: “Hadis — O‘zbekistonda ikkinchi asosiy kitob”, deb javob berdi. Mana shunaqa ahvol. Ukrainaning Rossiyaga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”ni havas bilan tomosha qilib, o‘zimizning hokimbuvayu raisbuvalarning fuqarolarga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”dan eson-omon chiqib olish hammamizga nasib qilsin! Mustaqilligimizning 35 yilligini zo‘r kayfiyatda kutib olaylik!
Shahrisabz hokimining xatti-harakatlari elga ovoza bo‘lganiga ham, mana, Xudo xohlasa, 72 soat bo‘lyapti, shekilli. Buyoqdan yana yangi-yangi sharmandalar, uyatsizlar chiqib turibdi. Es-hushi joyida bor hamma bu vallomatlarning qilayotgan ishlari odamgarchilikka ham, qonunchilikka ham to‘g‘ri kelmasligini aytyapti. Boshida davlatga aloqador bir-ikki tuzilma ham nimadir degandek bo‘ldi, ammo “yuqori”dan boshqa reaksiya bo‘lgani yo‘q.

Bo‘ladiganga ham o‘xshamayapti. Joylardagi davlat xizmatchilarining bunday chidab bo‘lmas harakatlari — shuncha shovqin-suron va e’tirozlarga qaramay — hozirgidek jim kuzatib turilaversa, demak, “bu davlat siyosati ekan”, “bu quyi bo‘g‘indagi uquvsiz ijrochilarning yana bir farosatsizligi emas, balki butun hokimiyat tizimining ongli qarori va harakati ekan”, degan xulosaga kelish mumkinmi?

Umuman, Mustaqillik bayrami arafasida shu bayram nomi bilan qilinayotgan bu ishlar qandaydir yakkam-dukkam holatlar yo xususiy tashabbuslar emas, balki umummilliy kampaniya ekanini ko‘pchilik anglab bo‘ldi. Lekin bu ishlar qanchalik qonuniy? Aholini “uyingni tozalamasang, falon mln so‘m jarimaga tortilasan?”, deb terror qilish uchun qonuniy asoslar bormi? Bu jarayonda aholining haq-huquqlari qanchalik buzilyapti?

Davlatimizda bu savollarga javob bera oladigan dunyo jahon tuzilmalar bor: Inson huquqlari bo‘yicha markaz (eng zo‘ri shu o‘zi — rahbari Senat raisi Senat raisligidan boshqa ishni qilishga umuman majbur emasligini isbotlab bergan axir!), Bosh prokuratura (qonuniylik bo‘yicha qandaydir baho berishi mumkin-ku), oxir-oqibat, butun boshli Adliya vazirligi. To‘g‘rimi?

Biror munosabat bildiring siz ham. Iloji bo‘lsa, bo‘layotgan ishlar to‘g‘ri yo noto‘g‘ri, deb dangalroq ayting. Siz ham uyma-uy yurib, hojatxona, hammom va oshxonalarni tekshirib yurgan bo‘lmasangiz agar.
29 6.9K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
06.08.2026 06:24
Mahallalar kichik ishlab chiqarish markazlariga aylanadi: 1 759 ta hududda yangi tizim

“Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida mahallalarni iqtisodiy rivojlantirishning yangi mexanizmi ishga tushirilmoqda. Agrobank tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida o‘tkazilgan seminarda ushbu tizimning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Bankka biriktirilgan 1 759 ta mahallada ichki salohiyatga mos “lokomotiv” mikroloyihalar shakllantirilmoqda. Jarayon “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyilida tashkil etilib, asosiy maqsad — mahallalarni ixtisoslashtirish, “tayanch mahalla” va “ixtisoslashgan mahallalar klasteri” modellari asosida hududlarni kompleks rivojlantirishdir.

Shuningdek, “Agrostar” kompaniyalari bilan hamkorlikda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni boshqa hududlarda ham samarali joriy etish mexanizmlari takomillashtirilmoqda.
1 4.8K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
05.08.2026 12:38
Ukrainaning Rossiyaga dron zarbalari, o‘zbekchasiga aytganda, “Dolzarb 40 kunlik” degan tadbir doirasida bo‘lganini kuni kecha bilib qoldim (aslida “40 kunlik ta’sir operatsiyasi”. 40 kun Rossiyani dronlar bilan shunday uramizki, birinchidan, rossiyaliklarning o‘zi ham his qilsin urushni, ikkinchidan, butun dunyo ko‘rsin Rossiyaning ahvolini va bizning qudratimizni, degandek maqsadlar bo‘lgan, deb yozishibdi, qayerdadir.

Tan berish kerak, Rossiyaning jig‘ini ancha ezib qo‘ydi ukrain tushmagurlar. Neft zavodlarini ishdan chiqarishlar, benzin shoxobchalaridagi kilometrlik navbatlar, ulkan logistika markazlarining kulga aylantirilishi — to‘rt yil avval Rossiya shu ahvolga tushadi desa birov ishonmasdi. Hozir esa butun dunyo Rossiyaning achinarli ahvoli haqida gapiryapti.

Endi, Ukrainadagi “Dolzarb 40 kunlik” tugagan vaqtda, bizning jonajon Vatanimizda boshqa bir “Dolzarb 40 kunlik” boshlanib qoldi. Bu 40 kunlikning quroli — innovatsion dronlar emas, balki o‘zimizning eski, qo‘pol, dag‘al hokimbuvayu raisbuvalar. Ukrainaning “Dolzarb 40 kunligi” bu mamlakat qudratini dunyoga qanday ko‘z-ko‘z qilgan bo‘lsa, bizdagi “Dolzarb 40 kunlik” ham tez orada qandaydir dong‘imizni chiqaradi.

Chunki allaqachon ruscha nashrlar bu dolzarb mavzu haqida yozib bo‘ldi, ulardan hali boshqalar ham oladi, ijtimoiy tarmoqlar kulgiga to‘lyapti va to‘lishida davom etadi, eh-he, ishqilib, Sirdaryodagi madhiya vaqti qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmagan ofitserlardek mashhurlik kutyapti.

Xuddi shu vaqtda Qashqadaryodan bir kishi yozyapti:

Quyidagi suratda ko‘rsatilgan eslatma varaqasini tashlab ketgan mahalla xodimining aytishicha, agar uyning hojatxona, hammom, oshxona qismlari tozaligi qoniqarsiz bo‘lsa, bizga 5,2 mln so‘m jarima solinarkan.

Xodim bu haqda og‘zaki ogohlantirdi, ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qaysi moddasiga asoslanayotganini so‘rasam, tayinli javob bera olmadi.

Eng qizig‘i, bu talablar qanday qonuniy asosga ko‘ra ilgari surilayotganini so‘rasam, u hadisdan misol keltirdi.

Mahalla xodimining rasmiy faoliyatiga hadisning nima aloqasi borligini so‘raganimda esa: “Hadis — O‘zbekistonda ikkinchi asosiy kitob”, deb javob berdi.


Mana shunaqa ahvol. Ukrainaning Rossiyaga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”ni havas bilan tomosha qilib, o‘zimizning hokimbuvayu raisbuvalarning fuqarolarga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”dan eson-omon chiqib olish hammamizga nasib qilsin! Mustaqilligimizning 35 yilligini zo‘r kayfiyatda kutib olaylik!
51 6.3K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
05.08.2026 12:06
Muhrim / Муҳрим Kuni kecha Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi, puli yo‘qligi uchun, O‘zbekiston Superligasi doirasida Navoiy shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Qizilqum”ga qarshi safar o‘yiniga bora olmasligini rasman ma’lum qilgandi. Ma’lumot uchun, bu o‘sha — 2007–2010-yillarda tarkibida O‘zbekiston va jahon futboli yulduzlari o‘ynagan, braziliyalik murabbiyi jahonda eng ko‘p maosh oluvchi mutaxassisga aylangan, dong‘i dunyoga ketgan “Bunyodkor”. Endi, mana, pulsizlik bilan ham nomi chiqdi. Bugun endi “Bunyodkor” matbuot xizmati bunday xabar tarqatibdi: “Klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Bunyodkor” futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi”. Hukumatimizga qoyil, “Bunyodkor”ning so‘nggi ikki-uch kunda ayniqsa baland chiqqan “yig‘isi”ga (aslida “Bunyodkor” yil boshidan beri, “O‘zbekneftgaz”dan oxiri ko‘rinmas cho‘ntagidan ayrilib qolganidan beri dodlaydi) zo‘r hotamtoylik bilan munosabat ko‘rsatibdi. Ha endi hukumatimiz zo‘r-da, boyvochcha; mana, shartta 5 mlrd so‘m ajratibdi. Maydalashmabdi: 1 mlrd emas, 3 mlrd emas, birdan 5 mlrd. Yetmay qolsa, yana berar. Qoyil. Ayniqsa shunisiga qoyil: hukumatimiz xohlasa qonuniy asos topib istaganiga milliardlab so‘m pul bera olarkan. Mana shunisi men kutgan yangilik bo‘ldi. Juda kutgandim buni. Endi, o‘rtoq hukumat, gap bundoq: iltimos sandan, hurmatingni qilib “iltimos” deyapman — tezda bir qonuniy asos topgin-da, “Dok-1 Maks” voqeasi oqibatida farzandsiz qolgan oilalarga, farzandi nogiron bo‘lib qolgan oilalarga sud tomonidan belgilangan kompensatsiya pullarini to‘lab ber. Ishonchim komil, san hukumat bo‘lib bunga qonuniy asos ham, yetarlicha pul ham topa olasan. Hech bir bahonasiz (endi bahona o‘tmas). Chunki, hukumatjon, o‘zing ham tushun: “Bunyodkor”ning balandroq chiqqan bir yig‘isiga ikki kunda 5 mlrd so‘m topib bera olganingdan keyin, buyoqda farzandsiz qolgan, farzandi nogiron bo‘lib qolgan 100 ga yaqin oila ularning qonuniy haqi uchun zarur pul nima uchun to‘rt yildan beri topilmayotganini endi ortiq tushunolmaydi va kuta olmaydi ham. Uyal, hukumatim, uyal — yaqinda “Dok-1 Maks” voqeasiga to‘rt yil bo‘ladi. Bu oilalar kamida uch yildan beri, sud qarori chiqqanidan beri umidvor shu puldan. O‘tgan vaqt ichida ularning ahvoli, ehtimol, yanada og‘irlashgandir. Shuncha vaqtdan beri biror vaziring borib rostmana, tuzukroq xabar ham olmagan-a! San bo‘lsa “Bunyodkor”ga 5 mlrd so‘m ajratasan buyoqdan!.. Uyal! Va, iltimos — “Dok-1 Maks” voqeasi jabrlanuvchilariga belgilangan kompensatsiya pullarini shu kunlarda to‘liq to‘lab ber.
Futbol mavzusi yana ochilib qolganiga, “Bunyodkor”ga ajratilgan 5 mlrd so‘m masalasida yana bir gap.

Aytishdiki, bu 5 mlrd — yil boshida Superliga klublarining har biriga va’da qilingan 35 mlrd so‘mlik yordam pulining bir qismi ekan. Avvalroq “Bunyodkor”ning o‘zi ham “klubimizga 2026-yilda ajratilishi lozim bo‘lgan 35 mlrd so‘mning ikkinchi 10 mlrd qismini tezroq olish” bo‘yicha ish olib borayotganini e’lon qilgan ekan. O‘zim mavzuga ozgina chuqurroq kirmaganim, “hukumat bir futbol klubiga 5 mlrd so‘m ajratibdi”, degan gapni o‘qib, lovullab yonib, o‘zimcha bir narsalar yozib yuborganim — aybim; boshqalarni ham o‘zim kabi chalg‘itib qo‘yganim uchun uzr.

Endi, har xil odamlar shu 5 mlrd kimning cho‘ntagidan ajratilgani borasida har xil gap aytdi. “Bunyodkor”ning o‘zi “hukumatimiz” dedi, yana kimdir shunday dedi, “pul davlat hisobidan”, deb. Qayerdandir yana: “Davlat 10 mlrd berishi kerak edi, shuning uchun “Bunyodkor” ham avvaliga 10 mlrd deb yozgan. Hozirgi 5 mlrd so‘mni esa davlat 10 mlrdni bergan vaqti qaytarish sharti bilan O‘FA bergan”, degan gap ham chiqdi.

Mana shu joyida baribir savollar ko‘payaveradi. Superliga klublariga 35 mlrd so‘m (salkam 3 mln dollar)dan ajratish — ko‘p ham oqilona ish emas, lekin yil boshida, baribir kutilmaganda bir necha klub homiysiz, pulsiz qolishi e’lon qilinganidan keyin berilgan bu vaqtinchalik yechimni tushunishga harakat qilasan kishi. Lekin buning uchun kamida ikki shart bajarilishi kerak:

1. Davlat qachon, qaysi klubga qancha pul ajratayotgani haqida ochiq-oydin, oshkora ma’lumot berib borishi shart;

2. Davlatdan 35 mlrd so‘mlik yordam olayotgan klublar xarajatlari va daromadlari haqidagi ma’lumotlarni to‘liq (qaysi moddaga qancha pul yo‘naltirilganini aniq ko‘rsatgan holda) ochiqlashi shart.

Masalan, “Bunyodkor” klubi rahbari Murod Aliyev bir intervyusida “klub o‘z sa’y-harakatlari bilan (haligi va’da qilingan 35 mlrd so‘mdan tashqari) 11 mlrd so‘m pul topgani” haqida aytgan. Endi bilyapmizki, bundan tashqari boyagi 35 mlrd so‘mdan 10 mlrdini ham olgan, ya’ni, kamida 21 mlrd so‘m pul bo‘lgan.

Nega boshqa biror klub shu kabi inqirozga uchramay, aynan “Bunyodkor” shunday ahvolga tushganini tushunish uchun ham xarajatlarni ko‘rish kerak. Shuncha pul topib ham, akademiyasi, bazasi svetsiz, suvsiz o‘tirgan bo‘lsa, ular o‘zi pulni qanday sarflayapti, puli qayerga ketyapti — buni bir ko‘rib chiqish kerak. 35 mlrd oladigan klublarning hammasi o‘z xarajatlarini ochsa, “Bunyodkor” qayerda qanday xato qilayotgani ham yaqqol ko‘rinar, balki.

Birgina Rivaldo oldidagi qarz sabab “Bunyodkor” moliyaviy inqirozga uchrayotgan bo‘lsa, u holda, ehtimol, umuman boshqacha yondashuv qilish kerakdir. Qog‘ozda bu qarz “Bunyodkor”niki, lekin amalda uni kim “yasagan”? Davlatimiz bu ishga jiddiy kirishsa, menimcha, bu qarz mualliflarini ham topa oladi, ular hisobidan bu qarzni yopishni ham eplaydi.

Va, bu gap takror bo‘lsa ham, hozirgidek 10 mlrd so‘m ajratilishi kutilgan joyda “hukumatimiz “Bunyodkor”ga 5 mlrd so‘m ajratdi” degandek manipulyatsiyalar bo‘lmasligi uchun ham hukumatimiz kimga qancha pul ajratayotganini ochiqlashi shart.
8 4.5K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
05.08.2026 11:26
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Italiyadan qaytib kelib, matbuot anjumani o‘tkazibdi. Gaplaridan, savollarga berayotgan javoblaridan o‘zi va jamoa haqidagi hamma (yomon) gap-so‘zlardan xabardorligi, aftidan, “Futbol plyus” podkastining ham o‘ziga bag‘ishlangan hamma sonlarini ko‘rib chiqqani sezilib turibdi.

Ozgina alami bor. Mening davrimda terma jamoa o‘sdi, sizlar faqat natijani ko‘ryapsizlar, lekin men o‘sgan nuqtalarimizni ham ko‘ryapman. Insof qilinglar, ayniqsa, “bu spagettixo‘r italiyalikning maoshi 4 mln yevro”, degan gapni tarqatishni bas qilinglar! Italyan taomlarini yaxshi ko‘rsam-da, o‘zbek futbolchilariga majburlab yedirayotganim yo‘q, o‘yinlardan keyin osh ham berib turibman, debdi.

Ishqilib, vaqtingiz bo‘lsa, matbuot anjumanini bir ko‘rib chiqing, 2006-yilgi jahon chempioni, ayrim nuqtalarda ortiqcha nolib yuborayotgandek, jamoa ichidan yo‘q dushmanlarni qidirayotgandek ko‘ringan bo‘lsa-da, lekin o‘zini ancha munosib tutibdi. Yaxshi xabarlardan biri — buyog‘i endi asosan yoshlar, yangi futbolchilar bilan ishlaymiz, O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqqan futbolchilar uchun bonus tugadi, debdi.

Men bir narsani aytay-da Fabioxon akaga, balki buni ham yetkazishar, to‘g‘rilikcha. Mana, tez orada Janubiy Koreya bilan o‘ynaymiz, keyin Toshkentda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini ham rejalashtirilayotgan ekan. Shu uchrashuvlarda o‘yin chiroyli bo‘lsa ham, menimcha, Kannavaroga munosabat ancha iliqlashadi. Har qalay, odamlar ko‘r emas, jamoa o‘yini o‘zgarganini ko‘radi. Xuddi Kongoga qarshi 1-taymini hamma e’tirof etayotganidek.

Va, yanvarda bo‘ladigan Osiyo Kubogida O‘zbekistonni chempion qiling, tamom, asli italyan bo‘lsangiz ham sizdan yaxshi o‘zbek bo‘lmaydi O‘zbekistonda. Siz — O‘zbekiston qahramoni bo‘lasiz, siz, balki, deputat ham bo‘larsiz. Biz esa “mana shu mo‘jizaviy chempionlikning hammasi hurmatli Fabioxon akaning qo‘l ostilarida ishlab chiqarilgan”, deb gap tarqatib berishni o‘z zimmamizga olamiz.

O‘zbekistonni chempion qiling, O‘zbekiston bilan chempion bo‘ling, tamom. Ana o‘shanda sizni yomon ko‘rganlar sizni yomon ko‘rganini ham unutib yuboradi. Yig‘loqilarga bahona, yig‘loqi gaplarga o‘rin qoldirmang. Bosing!
YouTube
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokidagi matbuot anjumani
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokidagi matbuot anjumanini tomosha qiling.
19 4.2K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
01.08.2026 17:24
Kuni kecha Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi, puli yo‘qligi uchun, O‘zbekiston Superligasi doirasida Navoiy shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Qizilqum”ga qarshi safar o‘yiniga bora olmasligini rasman ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, bu o‘sha — 2007–2010-yillarda tarkibida O‘zbekiston va jahon futboli yulduzlari o‘ynagan, braziliyalik murabbiyi jahonda eng ko‘p maosh oluvchi mutaxassisga aylangan, dong‘i dunyoga ketgan “Bunyodkor”. Endi, mana, pulsizlik bilan ham nomi chiqdi.

Bugun endi “Bunyodkor” matbuot xizmati bunday xabar tarqatibdi:

“Klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Bunyodkor” futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi”.


Hukumatimizga qoyil, “Bunyodkor”ning so‘nggi ikki-uch kunda ayniqsa baland chiqqan “yig‘isi”ga (aslida “Bunyodkor” yil boshidan beri, “O‘zbekneftgaz”dan oxiri ko‘rinmas cho‘ntagidan ayrilib qolganidan beri dodlaydi) zo‘r hotamtoylik bilan munosabat ko‘rsatibdi. Ha endi hukumatimiz zo‘r-da, boyvochcha; mana, shartta 5 mlrd so‘m ajratibdi. Maydalashmabdi: 1 mlrd emas, 3 mlrd emas, birdan 5 mlrd. Yetmay qolsa, yana berar. Qoyil.

Ayniqsa shunisiga qoyil: hukumatimiz xohlasa qonuniy asos topib istaganiga milliardlab so‘m pul bera olarkan. Mana shunisi men kutgan yangilik bo‘ldi. Juda kutgandim buni.

Endi, o‘rtoq hukumat, gap bundoq: iltimos sandan, hurmatingni qilib “iltimos” deyapman — tezda bir qonuniy asos topgin-da, “Dok-1 Maks” voqeasi oqibatida farzandsiz qolgan oilalarga, farzandi nogiron bo‘lib qolgan oilalarga sud tomonidan belgilangan kompensatsiya pullarini to‘lab ber. Ishonchim komil, san hukumat bo‘lib bunga qonuniy asos ham, yetarlicha pul ham topa olasan. Hech bir bahonasiz (endi bahona o‘tmas).

Chunki, hukumatjon, o‘zing ham tushun: “Bunyodkor”ning balandroq chiqqan bir yig‘isiga ikki kunda 5 mlrd so‘m topib bera olganingdan keyin, buyoqda farzandsiz qolgan, farzandi nogiron bo‘lib qolgan 100 ga yaqin oila ularning qonuniy haqi uchun zarur pul nima uchun to‘rt yildan beri topilmayotganini endi ortiq tushunolmaydi va kuta olmaydi ham.

Uyal, hukumatim, uyal — yaqinda “Dok-1 Maks” voqeasiga to‘rt yil bo‘ladi. Bu oilalar kamida uch yildan beri, sud qarori chiqqanidan beri umidvor shu puldan. O‘tgan vaqt ichida ularning ahvoli, ehtimol, yanada og‘irlashgandir. Shuncha vaqtdan beri biror vaziring borib rostmana, tuzukroq xabar ham olmagan-a! San bo‘lsa “Bunyodkor”ga 5 mlrd so‘m ajratasan buyoqdan!..

Uyal! Va, iltimos — “Dok-1 Maks” voqeasi jabrlanuvchilariga belgilangan kompensatsiya pullarini shu kunlarda to‘liq to‘lab ber.
Kun.uz
«Бунёдкор» клубига 5 млрд сўм ажратилди
Аввалроқ «Бунёдкор» футбол клубида чуқур молиявий муаммолар сақланиб қолаётгани, жамоа ПФЛга хат юбориб, Суперлиганинг 15-тури доирасида 2 август куни «Қизилқум»га қарши ўйин учун Навоий вилоятига бора олмаслиги ҳақида огоҳлантиргани маълум бўлганди.
116 12.9K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
31.07.2026 07:14
Lolazordan chiqqan murojaat eng yuqorigacha yetib boribdi

Kecha Gazeta’da Toshkentning Lolazor mahallasida yashovchi Anatoliy Osipovning murojaati e’lon qilingandi. Aytishicha, bir necha yil avvalgi mashhur chang bo‘ronidan so‘ng hokimlik aholiga qoraqayin, eman, pavlovniya va mevali daraxtlarning ko‘chatlarini tarqatganida, u ham shu ko‘chatlarni olib, ekib, uch yil parvarish qilgan.

Ammo… “27-iyul, dushanba kuni obodonlashtirish xizmati xodimlari kelib, shuncha vaqtdan beri avaylab o‘stirgan deyarli barcha yosh daraxtlarimni tubidan chopib, yo‘q qilib ketishdi. E’tirozlarga quloq solishmadi, hech qanday ruxsatnoma ko‘rsatishmadi. Ekologiya qo‘mitasi bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi”, — degandi Anatoliy aka.

Fuqaro o‘z murojaatini shunday so‘zlar bilan yakunlagan edi: “Yuzma-yuz uchrashuvda javob berishmaganidan so‘ng, loaqal Gazeta’ga yo‘llagan ushbu maktubimga shahar hokimligidan munosabat eshitishga umid qilaman”.

Uning murojaatiga shahar hokimligidan ham avval Prezident administratsiyasi javob berdi. Kecha oqshom Saida Mirziyoyeva Lolazor mahallasiga boribdi.

“Lolazor mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi. Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti”, — deyiladi Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarida.

Uning ma’lum qilishicha, endi Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi va qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshiradi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, “agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi”.

“Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Mana shunaqa. Hokimlikka ish ham qolmabdi (ya’ni, endi daraxtlarni kesib ketish ham mumkin emas). Ish qolmagan bo‘lsa, ularni band qilib o‘tirish ham shart emasdir unda, a?
17 5.5K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
30.07.2026 15:08
Aprelda, Kontent markazining bir tadbiri bahona, birinchi marta Nukusga borgandim. Atigi yarim kunga. Tadbirdagi ishtirokim tugagach, imkon qadar shaharni aylangandim. 

Shu sayr davomida menga qiziq ko‘ringan narsa — har bir ko‘p qavatli uyning tashqi tomonini chirmoviqday egallab olgan quvurlar edi (yuqoridagi suratlarda): har bir xonadondan yuqoriga qarab quvur chiqib ketgan. Hali atrofiga ko‘p narsa qurib tashlanmagan to‘qqiz qavatli uylar ayniqsa ajabtovur ko‘rinadi — xuddi o‘nlab dudburoni bor paroxoddek.

Qizig‘i, bu quvurlar haqiqatan ham dudburon ekan — xonadonlar ichiga o‘rnatilgan qo‘lbola (va qo‘lbola emas) pechkalarning dudburonlari. “10–15 yillar avval shahardagi barcha domlar markaziy isitish tizimidan uzilgan, shundan keyin odamlar sovuqda qolmaslik uchun mana shunday yechim o‘ylab topgan”, deb tushuntirgan bo‘ldi bir nukuslik.

Shunda bolalik yillari Samarqandning So‘g‘diyona dahasida o‘tgan tanishimning aytgani esimga tushgandi — o‘sha vaqtlarda qish kunlari yuvilgan kiyimlarni uydagi isitish qovurg‘alarida quritish odatiy hol bo‘lgani, ammo 15–20 yil avval butun daha issiqlik ta’minotidan uzib tashlangani, shundan keyin hamma pechlarga, avtonom isitish tizimlariga o‘tganini gapirib bergandi.

Butun hayoti Toshkentda, suvsizlik, gazsizlik, elektrsizlik nimaligini bilmay o‘tgan odam uchun bu manzaralar, bu hikoyalar g‘ayritabiiy ko‘rinadi. “Qaysi tentak o‘ylab topgan bu ishlarni?”, deb o‘ylanib qolasan. Hatto hijolat ham tortasan — rasvo boshqaruvchilar hech bo‘lmasa poytaxt ahli g‘am (va qolgan O‘zbekistonning ahvolini) bilmay yashashi uchun o‘ylab topgan so‘nggi chora shu bo‘lganmikin, deya.

Ne ajabki, dunyoda yaxshi yangiliklar ham bor va ularni ham e’tirof etish kerak: Nukusning ko‘p qavatli uylari yana markaziy qozonxonaga ulanarkan, yana markazlashgan holda isitilarkan. Qandaydir yangi loyiha boshlashibdi, birinchi Nukusda ishlatib, so‘ng shu tajribani Buxoro, Samarqand, Urganch va Zarafshonga ham yoyisharmish.

Shu xushxabar oxirigacha shunday yaxshi bo‘lib qolishi uchun endi ijrochilar loyihani amalga oshirish davomida kamroq o‘g‘irlashlari (baribir o‘g‘irlaysizlar-ku, to‘g‘rimi?), o‘z ishlarini sidqidilroq qilishlari kerak. Ana shunda Nukusu Urganch “dom”larining uzoqdan o‘nlab dudburoni bor paroxoddek ko‘rinishi to‘liq tarixda qolar.

Shaharlarimiz yana shaharga o‘xshayversin!
15 5.9K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
30.07.2026 14:07
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti omonatlar bo‘yicha foiz daromadlarini dividendlar bilan tenglashtirib, ular uchun ham 5 foizlik soliq stavkasini belgilash tashabbusi bilan chiqibdi.

Tahlil instituti aqllilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 5 foizlik soliqning joriy etilishi davlat budjyetiga qariyb 1,4 trln so‘m qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin. Mumkinlikka mumkinu, lekin buning uchun omonatlarning eng kamida hozirgi hajmi saqlanib qolishi kerak bo‘lsa kerak. O‘zi omonatning foiziga yashaydigan odam, shu chiqqan foiziga endi davlat ham o‘zining solig‘i bilan sherik bo‘lishini bilgach, pulini bankka qo‘yish fikridan qaytishi mumkinligini fahmlaydigan biror tahlilchi yo‘qmikin-a?! (vaholanki, o‘dha institut direktorining mana bu maqolasini o‘qib, u buni bilmasligi mumkin emas, deb o‘ylaysan kishi).

O‘zi-chi, unga bunday soliq solsak, buncha tushum bo‘larkan, bunga bunday soliq qo‘ysak, yana faloncha pul tusharkan, degan g‘ilay-tashabbuslarni ko‘rganimda, Shavkat Mirziyoyev 2017-yilimikin, Payariqda Soliq qo‘mitaning o‘sha vaqtdagi qudratli rahbari Botir Parpiyevni yugurtirgani, shunda pul tushmayotgan hududdan yana qanchadir o‘n million so‘m tushum qilingani haqida gapirib bergani esimga tushaveradi.

Ya’ni, shu kecha-kunduzda ham hech qanday yangi tashabbussiz ham, amaldagi hujjatlarning o‘zini qonun doirasida ishlatish va shunchaki hamma o‘z ishini bilib-bilib qilishi ortidan budjetimizga nafaqat milliardlab, balki trillionlab pul tushirish mumkinligi hammaga ayon.

Qaysidir tashkilot yillab qaysidir solig‘ini to‘lamaydi, qaysidir zavod yillab qaysidir yig‘imni bermaydi, qaysidir idora ham yo‘q joydan o‘ziga imtiyoz yasab olgan chiqar — bunaqa parazitlar son mingta. Ana shular bir silkitilsa, Yangi Toshkentni yana ikki marta qurishga yetgulik pul chiqsa kerak.

Ishqilib, insof sari baraka, kotakonlar. Yaxshisi, borini istisnosiz to‘liq undiringlar, he yo‘q be yo‘q tasavvuringizda oson yo‘llarni izlayvermay, tahlil institutlarining olimlarini ham qiynayvermay, a?

PS. Yaxshi gumonda ham bo‘lish kerak-ku, shunga o‘ylab qoldim: pulni bankka omonatga qo‘ymaslikka, foiz yemaslikka da’vat qilmoqchi bo‘lishganmikin bu tashabbus bilan? Shuni ochiq aytishsa-ku, hammasi ancha tushunarli ko‘rinardi, haa, deb qo‘yardik.
13 5.3K
avatar
Muhrim / Муҳрим
Переслано от канала
29.07.2026 12:42
Alifbo yangi, bahslar o‘sha-o‘sha

Bu plakat 1929-yilda rassom Nikolay Mixaylovich Gerasimov tomonidan yaratilgan “Yangi o‘zbek alifbosi” nomli sovet targ‘ibot plakati. U SSSRdagi Yañalif (Yangi turkiy alifbo) kampaniyasini targ‘ib qiladi. Ushbu kampaniya turkiy tillarni arab yozuvidan yagona lotin alifbosiga o‘tkazishni maqsad qilgan (oradan hech qancha vaqt o‘tmay kirill alifbosiga o‘tilgan).

Plakatning yuqori qismidagi dastlabki lotinlashtirilgan o‘zbek yozuvidagi matnga e’tibor bering:
“Yuqori texnologiyali, yangi lotinlashtirilgan alifboni ommaga joriy etish sosializm qurilishini jadallashtirishning mutlaq zarur shartidir.”

Ya’ni o‘sha davrda lotin yozuvi ham taraqqiyot ramzi sifatida targ‘ib qilingan. Bugun yana shu yozuvni takomillashtirish muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jadidlar lotin yozuvini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsalar-da, plakatdagi mafkuraviy mazmun - diniy an’analarni qoloqlik sifatida tasvirlash va sosializmni ulug‘lashga qarshi bo‘lishgan. Ular savodxonlikni oshirish, zamonaviy ta’limni rivojlantirisj, turkiy xalqlarning yaqinlashishi uchun ham lotin yozuviga o’tilishidan manfaatdor bo’lgan. Xullas, jadidlar uchun lotin alifbosi - ma’rifat va ta’lim vositasi edi. Bugungi yangi alifbo targ’ibotchilarining ham bosh maqsadi shu degan yaxshi gumondamiz.

@jadidlar
19 4.9K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
29.07.2026 10:39
2026-yil 23-iyun. Plan bajarmagan fermerlarni haqoratlab, tahdid qilgan Muzrabot tumani hokimiga hayfsan berildi.

2026-yil 22-iyul. Fermerlarni haqoratlagan Quva tumani hokimiga ham hayfsan berildi.

2026-yil 29-iyul. Xitoy safariga yaqinlarini yuborgan Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlari hokimlariga hayfsan berildi.

Bir chillada shuncha hayfsan. Bu hali qo‘lga tushib qolganlari. Aslida deyarli har bir hokimdan bir pachka–bir pachka hayfsanlik qilmish topish mumkin bo‘lsa kerak.

“Hokim” degan ulug‘vor bir so‘zni obro‘sizlantiryapti-da bu hayfsanxo‘rlar. Balki bitta bo‘lsa ham hayfsan olgan hokimning lavozimini “hayfsan” deb qayta nomlash kerakdir, a?

Bosh harfi bir xil-ku, har qalay.
4 4.5K
avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
28.07.2026 11:09
Har bir buyuk inson ortida uning ustozi turadi

Ba’zi kasblar borki, ularning haqiqiy qadri yillar o‘tib anglanadi. O‘qituvchilik ham shunday kasblardan biri.

Surxondaryolik Hilola Xudoymurodova ham bir vaqtlar o‘zini sinfxona oldida tasavvur qilmagan. Bugun esa u yuzlab o‘quvchilarning hayotida iz qoldirayotgan ustoz. Uning fikricha, bilim — hech kim tortib ololmaydigan eng katta boylik.

Afsuski, otasi uning bugungi yutuqlarini ko‘rishga ulgurmadi... Ammo ota bergan tarbiya va ishonch bugun Hilola opa uchun eng katta tayanchga aylangan.

Shu kabi hayotiy va ilhomlantiruvchi hikoyalar Agrobankning “Qahramonlar” loyihasida berib borilyapti ekan. Bunday loyihalar jamiyatimizdagi o‘z ishini sidqidildan bajarayotgan insonlarni tanitish va ularning mehnatini qadrlashga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.

Hilola ustoz haqidagi videoning to‘lig‘ini albatta tomosha qiling. U har birimizga o‘ylash uchun sabablar beradi.
18 6.9K

Muhrim / Муҳрим

14.2K
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
Открыть в Telegram