Muhrim / Муҳрим
@muhrim
Lolazordan chiqqan murojaat eng yuqorigacha yetib boribdi
Kecha Gazeta’da Toshkentning Lolazor mahallasida yashovchi Anatoliy Osipovning murojaati e’lon qilingandi. Aytishicha, bir necha yil avvalgi mashhur chang bo‘ronidan so‘ng hokimlik aholiga qoraqayin, eman, pavlovniya va mevali daraxtlarning ko‘chatlarini tarqatganida, u ham shu ko‘chatlarni olib, ekib, uch yil parvarish qilgan.
Ammo… “27-iyul, dushanba kuni obodonlashtirish xizmati xodimlari kelib, shuncha vaqtdan beri avaylab o‘stirgan deyarli barcha yosh daraxtlarimni tubidan chopib, yo‘q qilib ketishdi. E’tirozlarga quloq solishmadi, hech qanday ruxsatnoma ko‘rsatishmadi. Ekologiya qo‘mitasi bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi”, — degandi Anatoliy aka.
Fuqaro o‘z murojaatini shunday so‘zlar bilan yakunlagan edi: “Yuzma-yuz uchrashuvda javob berishmaganidan so‘ng, loaqal Gazeta’ga yo‘llagan ushbu maktubimga shahar hokimligidan munosabat eshitishga umid qilaman”.
Uning murojaatiga shahar hokimligidan ham avval Prezident administratsiyasi javob berdi. Kecha oqshom Saida Mirziyoyeva Lolazor mahallasiga boribdi.
“Lolazor mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi. Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti”, — deyiladi Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarida.
Uning ma’lum qilishicha, endi Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi va qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshiradi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, “agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi”.
“Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur”, — deya qo‘shimcha qilgan u.
Mana shunaqa. Hokimlikka ish ham qolmabdi (ya’ni, endi daraxtlarni kesib ketish ham mumkin emas). Ish qolmagan bo‘lsa, ularni band qilib o‘tirish ham shart emasdir unda, a?

17 5.5K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram