avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
05.08.2026 12:38
Ukrainaning Rossiyaga dron zarbalari, o‘zbekchasiga aytganda, “Dolzarb 40 kunlik” degan tadbir doirasida bo‘lganini kuni kecha bilib qoldim (aslida “40 kunlik ta’sir operatsiyasi”. 40 kun Rossiyani dronlar bilan shunday uramizki, birinchidan, rossiyaliklarning o‘zi ham his qilsin urushni, ikkinchidan, butun dunyo ko‘rsin Rossiyaning ahvolini va bizning qudratimizni, degandek maqsadlar bo‘lgan, deb yozishibdi, qayerdadir.

Tan berish kerak, Rossiyaning jig‘ini ancha ezib qo‘ydi ukrain tushmagurlar. Neft zavodlarini ishdan chiqarishlar, benzin shoxobchalaridagi kilometrlik navbatlar, ulkan logistika markazlarining kulga aylantirilishi — to‘rt yil avval Rossiya shu ahvolga tushadi desa birov ishonmasdi. Hozir esa butun dunyo Rossiyaning achinarli ahvoli haqida gapiryapti.

Endi, Ukrainadagi “Dolzarb 40 kunlik” tugagan vaqtda, bizning jonajon Vatanimizda boshqa bir “Dolzarb 40 kunlik” boshlanib qoldi. Bu 40 kunlikning quroli — innovatsion dronlar emas, balki o‘zimizning eski, qo‘pol, dag‘al hokimbuvayu raisbuvalar. Ukrainaning “Dolzarb 40 kunligi” bu mamlakat qudratini dunyoga qanday ko‘z-ko‘z qilgan bo‘lsa, bizdagi “Dolzarb 40 kunlik” ham tez orada qandaydir dong‘imizni chiqaradi.

Chunki allaqachon ruscha nashrlar bu dolzarb mavzu haqida yozib bo‘ldi, ulardan hali boshqalar ham oladi, ijtimoiy tarmoqlar kulgiga to‘lyapti va to‘lishida davom etadi, eh-he, ishqilib, Sirdaryodagi madhiya vaqti qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmagan ofitserlardek mashhurlik kutyapti.

Xuddi shu vaqtda Qashqadaryodan bir kishi yozyapti:

Quyidagi suratda ko‘rsatilgan eslatma varaqasini tashlab ketgan mahalla xodimining aytishicha, agar uyning hojatxona, hammom, oshxona qismlari tozaligi qoniqarsiz bo‘lsa, bizga 5,2 mln so‘m jarima solinarkan.

Xodim bu haqda og‘zaki ogohlantirdi, ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qaysi moddasiga asoslanayotganini so‘rasam, tayinli javob bera olmadi.

Eng qizig‘i, bu talablar qanday qonuniy asosga ko‘ra ilgari surilayotganini so‘rasam, u hadisdan misol keltirdi.

Mahalla xodimining rasmiy faoliyatiga hadisning nima aloqasi borligini so‘raganimda esa: “Hadis — O‘zbekistonda ikkinchi asosiy kitob”, deb javob berdi.


Mana shunaqa ahvol. Ukrainaning Rossiyaga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”ni havas bilan tomosha qilib, o‘zimizning hokimbuvayu raisbuvalarning fuqarolarga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”dan eson-omon chiqib olish hammamizga nasib qilsin! Mustaqilligimizning 35 yilligini zo‘r kayfiyatda kutib olaylik!
51 6.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muhrim / Муҳрим

14.2K
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
Открыть в Telegram