01.08.2026 07:36
“Bunyodkor” jamoasining ashaddiy ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shuni ma’lum qilamizki, klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Bunyodkor” futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi. Buning uchun yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida katta islohatlar olib borayotgan davlatimiz rahbariga va hukumatimiz rasmiylariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! “Bunyodkor” Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga reja asosida tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi.

@fcBunyodkorOfficial - yangiliklarni rasmiy sahifada kuzatib boring!
112
55 5.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
B

FC BUNYODKOR

4.7K
Official telegram channel of FC BUNYODKOR (Tashkent, Uzbekistan)



Instagram* - https://instagram*.com/fcbunyodkorofficial

Facebook* - https://m.facebook*.com/fcbunyodkorofficial
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram