30.07.2026 13:40
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatimizni bildirgan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz: avvalo “Bunyodkor” futbol klubining bugungi kuni uchun qayg‘urayotgan OAV xodimlari, muxlislar, bloggerlarga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Klubimiz iqtisodiy tomondan qiyin kunlarni boshidan o‘tkazayotgani rost. Ammo o‘zining ajoyib tarixi, katta infrastrukturasi, ikki yulduzli akademiyasiga ega klubimiz vaziyatdan chiqish uchun jiddiy ish olib bormoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining qarori bilan hukumatimiz tomonidan 2026-yil davomida ajratilishi lozim bo‘lgan 35 milliard so‘mning ikkinchi 10 milliard qismini klub hisob raqamiga yo‘naltirishni tezlashtirish, qolaversa, klubga homiy biriktirish masalalari bo‘yicha ishlar jadallashgan. Jamoamiz ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shunga umid qilamizki, davlatimiz rahbari yurtimizda futbolga juda katta e’tibor qaratayotgan bir davrda “Bunyodkor” futbol klubidagi vaziyat hukumatimiz tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaydi.

@fcBunyodkorOfficial - yangiliklarni rasmiy sahifada kuzatib boring!
182
73 7.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
B

FC BUNYODKOR

4.7K
Official telegram channel of FC BUNYODKOR (Tashkent, Uzbekistan)



Instagram* - https://instagram*.com/fcbunyodkorofficial

Facebook* - https://m.facebook*.com/fcbunyodkorofficial
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram