avatar
Orif Tolib
@oriftolib
03.06.2026 08:04
Oʻquvchi kalkulyator emas: faktlarni qanday yozish kerak?
 
Matnda yutuqlarni koʻrsatmoqchimisiz? Unda oʻquvchini kalkulyatorga aylantirmang.
 
Xato: 
Yangi ilovamizni yuklab olgan 3 500 kishining 68% i pulli obunani xarid qildi.
 
Toʻgʻri: 
Yangi ilovamizni yuklab olgan 3 500 kishidan 2 380 nafari pulli obunani xarid qildi.
 
Nega bunday?
 
Inson miyasi tabiatan ortiqcha zoʻriqishdan qochadi. Hech kim oʻqishdan toʻxtab, “3500 ning 68 foizi qancha boʻlarkan?” deb hisob-kitob qilmaydi, hatto xayolan xomchoʻt qilishga ham erinadi. Diqqat shunchaki keyingi qatorga sakrab oʻtib ketadi.
 
Oqibatda real natijani koʻrsatadigan fakt mavhum statistikaga aylanadi va hech qanday taassurot qoldirmaydi. Ammo 2 380 kishi deb raqam koʻrsatganingizda odamlar aniq miqyosni, tirik mijozlarni tasavvur qila oladi.
 
Qissadan hissa: bunaqa oʻrinlarda matematik amallarni oʻquvchining oʻrniga oʻzingiz bajaring. Matnda ularga tayyor raqamlarni bering.
 
Foydali boʻldi – 🔥
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
🔥 23
🤔 4
3
1 687
avatar
Orif Tolib
Переслано от Markaziy bank
02.06.2026 03:15
1-iyun — bolalar uchun maxsus kun!
Bugungi raqamli dunyoda bolalar nafaqat moliyaviy bilimga, balki kiberxavfsizlik madaniyatiga ham ega bo‘lishi muhim. Shu munosabat bilan bolajonlarimiz uchun ilk bor maxsus komiks va videorolik tayyorladik.
Komiks orqali bolalar internetda xavfsiz harakat qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, firibgarlikdan ehtiyot bo‘lish va raqamli moliyaviy xizmatlardan to‘g‘ri foydalanish haqida sodda va qiziqarli tarzda bilib olishlari mumkin.

Farzandlaringiz bilan birga o‘qing, muhokama qiling va yaqinlaringiz bilan ulashing.

🔗 Komiksni yuklab olish

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
🔥 7
4
🤔 2
9 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
01.06.2026 14:00
Eng muhimi, PhD dasturlarining fokusi oʻzgarishi kerak. Doktorantura taʼlimi shunchaki dissertatsiya yoki maqolalardan iborat emas. Asosiy “mahsulot” – bu tadqiqotchining oʻzi, yaʼni kelajakda bilimlarni yaratadigan insondir. Bir talay qogʻozlar va “amaliyotga joriy etilgani haqida”gi maʼlumotnomalarni talab qilish emas, shaxsni rivojlantirish kerak. Q1 yoki Q2 darajasidagi jurnallarda maqola chop etish kabi yangi talablarni joriy etish muammoning yechimi emas.

 
Bu iqtibos gazeta.uz da eʼlon qilingan “Shaxsga ishonchsizlik va byurokratiya. Oʻzbekistonda doktorantura rivojlanishiga nima toʻsqinlik qilyapti? Qobil Roʻziyev bilan intervyu”dan. Bu intervyu ilmiy tadqiqot oʻtkazish va uni himoya qilish tizimi haqida oxirgi paytlarda oʻqigan eng yaxshi materiallarimdan biri boʻldi.
 
Oʻqing va mulohaza qiling:
👉 https://www.gazeta.uz/oz/2026/05/20/state-of-science-uzbekistan/

@oriftolib | Sahifalarimiz
🔥 32
10
4
😎 2
32 5.8K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
30.05.2026 16:20
Sunʼiy intellekt davridagi “tosh davri” byurokratiyasi
 
Taniqli yozuvchi va adabiyotshunos olim (DSc) Saʼdullo Quronovning ilmiy ishlarni baholash tizimi va sunʼiy intellekt (SI) haqidagi postini oʻqidim. Sohani isloh qilish boʻyicha asosli takliflar qancha koʻp berilsa, shuncha yaxshi. Shu sababli uning “Ilmiy ishlar borasidagi bunaqa anʼanaviy muhokamalarga kech qoldik” degan fikriga unchalik qoʻshilmayman – aksincha, holatni tahlil qilib, yechim izlashning ayni vaqti deb hisoblayman. Aks holda rostdan ham kech qolishimiz mumkin.
 
SI imkoniyatlari borasidagi baʼzi xulosalarni biroz toʻldirishni istardim. “SI bemalol PhD darajasidagi ishni (hozir himoya qilinayotgan ishlarga qiyosan olinganda) yozadigan holatga yetdi” degan gapda qavs ichidagi qochirim oʻrinli. Ha, “suvga toʻla”, faqat adabiyotlar sharhidan iborat, tarjimaga tayangan va mazmunan bir-birini takrorlaydigan notavon “dissertatsiyalar”ni neyrotarmoq bir zumda yozib tashlashi mumkin. Lekin haqiqiy, soha egalariga yangilik bera oladigan tadqiqotni u mustaqil yoza olmaydi. Chunki tadqiqot – fanga yangi bilim qoʻshish degani. SI esa mavjud maʼlumotlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan.
 
“Gemini oʻzbek tilida favqulodda ravon yozyapti”, degan gap ham biroz boʻrttirilgandek. Uning oʻzbekchasi ancha yaxshilangani rost, lekin begona til sintaksisi va atamalardagi xatolar baribir sezilib qoladi. U yozadigan dissertatsiyani inson aralashuvisiz himoyaga olib chiqib boʻlmaydi. Hatto “hozir himoya qilinayotgan ishlarga qiyosan olinganda” ham.
 
Buni adabiyotga solishtirsak: “SI badiiyati kamroq matnlarni yozishni eplayapti-ku” degan asos bilan “Endi yozuvchilarga hojat yoʻq” deyish qanchalik oʻrinsiz boʻlsa, ilm-fanda ham xuddi shunday. Oʻzim SIdan muntazam foydalanaman, lekin u oddiy post uchun tayyorlagan matnni ham tahrirsiz qabul qila olmayman. Kichik matn shuncha eʼtibor talab qilsa, murakkab ilmiy ishni unga toʻliq ishonib boʻladimi? Qolaversa, SIda manba va faktlarni toʻqib chiqarish muammosi hali ham bor.
 
Maʼlumot yigʻish borasida SIning imkoniyati cheklangan – mustaqil ravishda laboratoriya tajribalarini bajara olmaydi, ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazmaydi yoki real jarayonlarni kuzata olmaydi. Demak, SI bevosita tadqiqotchi emas, oʻta kuchli yordamchi-tahlilchi boʻla oladi.
 
Bu eʼtirozlar sunʼiy intellektni yerga urish yoki imkoniyatlarini mensimaslik emas. Bunday texnologiyalar nazariy izlanishlarni osonlashtirib yuborgani ayni haqiqat. Undan albatta foydalanish, foydalanganda ham samarali foydalanish shart. Shu sababdan doktorantura dasturlariga “Sunʼiy intellektdan toʻgʻri foydalanish” degan maxsus kursni kiritib, izlanuvchiga undan oʻgʻri emas, hamkor sifatida foydalanishni oʻrgatish zarur deb hisoblayman.
 
Yana bir muhim jihat – SI davrida aynan qanday tadqiqotlar dolzarb ekanini olimlar va mutaxassislar koʻrsatib berishi zarur. Mabodo bu takliflarni qaror qabul qiluvchilar inobatga olsa, SI bir zumda yozib beradigan “navbatchi” mavzular emas, davlat va jamiyat uchun chinakam foydali, inson tafakkurini talab qiladigan yoʻnalishlar tanlanadi.
 
Mezonlarni yangilash kerakligi haqidagi takliflar ham eʼtiborga molik. Lekin baholashni “sunʼiy intellekt davri” talablariga moslashdan oldin tizimni “tosh davri” byurokratiyasidan qutqarish shart. Aslida, bu ikki masala bir-birini inkor qilmaydi, aksincha, toʻldiradi: faqat toʻgʻri va shaffof tizimgina ilm-fanning rivojlanishiga hamda zamonga tez moslashishiga yordam beradi. Poydevordagi muammolarni hal qilmay turib, birdaniga SI davrining yuksak mezonlarini talab qilish unchalik oʻrinli emas. Hujjatlari joyida boʻlsa-da, bitta ruxsatnoma uchun oylab sargʻayadigan, eskirgan talablar, yopiqlik iskanjasidagi tadqiqotchi ilmiy yangilik haqida emas, OAK toʻsiqlaridan qanday oʻtish haqida oʻylashga majbur. Tizim shaffoflashmas ekan, yosh olimlar haqiqiy ilm qilish oʻrniga ishni tezroq bitirishning yengil usullarini, xususan, SIdan koʻr-koʻrona nusxa koʻchirishni maʼqul koʻraveradi.
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
🔥 52
17
5
😎 4
23 4.4K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
29.05.2026 11:31
“Hifzi himoya”mi yoki “hifz-u himoya”?
 
Oʻzbek tilining izohli lugʻatida bu birikma hifzi himoyat shaklida berilgan va uning eskirgani taʼkidlangan. Bugun faol ishlatilayotgan hifzi himoya shakli esa lugʻatga kiritilmagan. Xoʻsh, bu oʻzi forsiy izofami yoki juft soʻz?
 
Keling, mantiqan tahlil qilamiz. Arab tilida hifz ham, himoya ham bir-biriga yaqin – saqlash, asrash, qorovullik qilish kabi maʼnolarni anglatadi. Demak, ular oʻzaro sinonim.
 
Agar bu birikmani izofa qoidasiga koʻra hifzi himoya (himoyaning hifzi) deb oʻqisak, himoyani saqlash degan mantiqsiz maʼno kelib chiqadi.
 
Aslida, bu soʻzlar -u bogʻlovchisi orqali birikkan. Uning toʻgʻri va mantiqli shakli – hifz-u himoya.
 
Jonli tilda -u bogʻlovchisini -i tarzida aytish holatlari koʻp uchraydi. Masalan: qaddi qomat (toʻgʻrisi ✅ qadd-u qomat), qavmi qarindosh (toʻgʻrisi ✅ qavm-u qarindosh). Talaffuzidan qatʼi nazar, bu singari soʻzlar lugʻatlarga bogʻlovchili shaklda kiritilgan.
 
Taklifim: izohli lugʻatning keyingi nashrlariga hifz-u himoya variantini kiritish zarur.
 
Qisqa xulosa:
 
❌ hifzi himoya
 
✅ hifz-u himoya
 
Menga yangilik boʻldi – 🔥
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
🔥 245
20
10
21 5K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
29.05.2026 04:34
Orif Tolib Ilmiy sohada yaxshi oʻzgarishlar   Prezidentning ilmiy kadrlar tayyorlashga oid farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, 2027-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:   ▫️ avtoreferat chop etish;   ▫️ yetakchi tashkilot muhokamasidan oʻtish;   ▫️ dissertatsiya natijalari amaliyotga joriy etilgani haqida xulosa olish;   ▫️ OAK tomonidan mavzularni roʻyxatdan oʻtkazish va eʼlon qilish;   ▫️ OAK tomonidan dissertatsiyani qoʻshimcha ekspertizadan oʻtkazish va kengash qarorini tasdiqlash.   Ammo 2027-yil 1-yanvarga qadar eski tartib amalda boʻladi.   @oriftolib | Sahifalarimiz
Yaxshi oʻzgarishlar. Biroq Oliy taʼlim vaziri ilgari surgan takliflardan baʼzilari farmon matniga kiritilmay qolibdi. Ularning eng asosiysi – bir martalik ilmiy kengash tuzish vakolatini universitet va institutlarning oʻziga berish edi.
 
Demak, bitta ruxsatnoma uchun oylab sarson boʻlish muammosi toʻliq yechilmadi – tadqiqotchi va universitet bir martalik kengash tuzish uchun baribir OAKning qosh-qovogʻiga qarab turishga majbur. Hujjatda buni elektron tizim orqali inson omilisiz tashkil etish koʻrsatilgan, lekin ruxsatni baribir OAK beradi. Yangi tartib boʻyicha, OAK himoyadan keyin ishlarni tanlov asosida tekshirishi va qarorni bekor qilishi mumkin. Nega ilmiy kengash tuzishdek juzʼiy erkinlikni berishdan bu darajada hadiksirashadi? Balki, bu “kuch va vakolat”ni saqlab qolish istagidir, kim bilsin.
 
👇 Sizningcha, bu islohotlar ilm-fan tizimini real oʻzgartiradimi?
 
⚡️ – Oʻzgarishlar kuchga kirsa, ancha yengillik boʻladi
 
🤔 – OAK eskicha ishlayversa kerak
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
🤔 54
38
😢 3
12 5K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
29.05.2026 04:33
Ilmiy sohada yaxshi oʻzgarishlar
 
Prezidentning ilmiy kadrlar tayyorlashga oid farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, 2027-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
 
▫️ avtoreferat chop etish;
 
▫️ yetakchi tashkilot muhokamasidan oʻtish;
 
▫️ dissertatsiya natijalari amaliyotga joriy etilgani haqida xulosa olish;
 
▫️ OAK tomonidan mavzularni roʻyxatdan oʻtkazish va eʼlon qilish;
 
▫️ OAK tomonidan dissertatsiyani qoʻshimcha ekspertizadan oʻtkazish va kengash qarorini tasdiqlash.
 
Ammo 2027-yil 1-yanvarga qadar eski tartib amalda boʻladi.

 
@oriftolib | Sahifalarimiz
🔥 19
5
😎 3
32 4.8K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
26.05.2026 12:30
Bitta ruxsatnoma uchun oylab kutish: ilmiy himoya byurokratiyadan qachon qutuladi?
 
Ilmiy tadqiqotchilarni qiynab kelayotgan muammolar haqida bayramdan soʻng kattaroq maqola yozmoqchi edim. Ammo voqealar tezlashib ketdi: sohaga oid muammolar davlat rahbariga taqdimot qilindi, soʻng OAKning oʻn yillik rahbari ishdan olindi.
 
Ilmiy tadqiqot jarayoni sunʼiy toʻsiqlarga toʻlib ketgani, tizimdagi yopiqlik korrupsion xatarlar va tanish-bilishchilikka ajoyib sharoit yaratib berayotganini shu qozonda qaynayotgan tadqiqotchi sifatida ichidan koʻrib-bilib yuribman.
 
“OAKka qarshi borma, yillab sarson boʻlasan”, “Kengash bilan muomalangni yaxshi qil, boʻlmasa, yarim yoʻlda sinasan” kabi gaplar koʻz oldingizda bahaybat “badjahl Bambr”ni shakllantiradi. Bu vahimalar bejiz emas. Ammo hamma oʻz tinchini oʻylab jim yuraversa, botqoqqa chuqurroq botaveramiz.
 
Tizim qanchalik mantiqsiz ishlashiga oʻzimdan bitta misol:

 Hujjatlarimiz barcha talablarga javob berganiga, universitet murojaat xatini fevral oyi boshida topshirganiga qaramay, yaqin 4 oydan beri OAKning bir martalik kengash tuzish ruxsatini kutyapmiz. Kafedra kengashidan oʻtganimga esa yarim yildan oshdi. Tasavvur qilyapsizmi, bu hali shunchaki seminar uchun ruxsat!
 
Qaysidir arizalar oylab chang bosib yotsa, ayrimlarning ishi aql bovar qilmas darajada tez va silliq bitib ketishini ham koʻrib turibmiz. Tizimda shaffoflik, arizalarni koʻrishning ochiq va aniq navbati yoʻq joyda har qanday shubha va eʼtiroz oʻrinli boʻlaveradi.
 
Nega bunday? Amaldagi nizomning oʻzida muammoning qulogʻi koʻrinib turibdi: OAK hujjatlarda kichik bir kamchilik topib rad etsa, qayta murojaat qilish uchun naq 6 oy (!) kutish kerak. Kichik xato uchun yarim yillik jazo! Aslida bunday texnik xatolarni toʻgʻrilash uchun uzogʻi bilan 15 kun berilishi kerak emasmi? Byurokratning bitta qoshi uyulishiga izlanuvchining 6 oylik umri tovon qilib berilgan. Bu odamlarni qasddan sarson qilish va ish bitirishning yengilroq yoʻllarini izlashga majburlash emasmi?
 
Bu – bittagina mening misolimdagi holat. Ilmiy tadqiqotchilarga bir quloq tutib koʻring, qanaqa muammolar borligiga oʻzingiz amin boʻlasiz.

 
Hozir hamma aybni sobiq rahbariyatga toʻnkash “yov qochsa, botir koʻpayar” uslubi boʻladi xolos. OAKning Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkazilishi ham, agar tub mantiq va qoidalarning oʻzi oʻzgarmasa, hech narsani hal qilmaydi. Oliy taʼlim vaziri ham vaqtida himoyani soddalashtirish boʻyicha qator oʻrinli takliflar (masalan, bir martalik kengash tuzishni universitetlarning oʻziga berish) bergandi, afsuski, ularning hech biri amalga oshmadi.
 
Hayotga real qarashga odatlanganman, shu sabab oxirgi oʻzgarishlar meni toʻlqinlantirib yuborgani yoʻq. Lekin sohaga bevosita davlat rahbarining oʻzi eʼtibor qaratgani umid uygʻotdi. Tahliliy maqolani esa baribir yozaman. Chunki ilmiy himoya tizimi toʻsiq emas, imkoniyat maydoni boʻlishi kerak.
 
Ulugʻ ayyom kunlarida yaxshi niyat qilaylik: bu yangilanishlar OAKda yoki “tepa”da tanishi yoʻq tadqiqotchilar uchun ham ijobiy oʻzgarishlarning boshi boʻlsin!
 
Arafa muborak!
 
👇 Siz nima deb oʻylaysiz, bu oʻzgarishlar tizimni yaxshilaydimi?
 
⚡️ – Ha, albatta foydasi boʻladi
 
🤔 – Tizim oʻzgarishiga ishonish qiyin
 
✍️ – Maqolani kutaman!
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
56
51
🤔 36
🔥 14
😢 3
42 7.1K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
21.05.2026 04:00
Kutubxonam yangi va qiziqarli kitoblarga boyidi.
 
Toʻgʻrisi, “Tom Soyerning sarguzashtlari”ni shu vaqtgacha oʻqimagan edim, oʻqishim kerak deb niyat qilib yurardim. Mutolaani shundan boshlasammikan deb turibman – bir bolalikka qaytaman.
 
Keyingisi – Robert Lyuis Stivensonning “Jekill va Hayd fojiasi”. Talabaligimda bu muallifning “Merosxoʻr” va “Katriona” asarlarini oʻqiganman, juda yoqqan edi. Bu asari ham yomon boʻlmasa kerak.
 
Frenk Herbertning “Dyuna”si esa dunyoga mashhur, kinosi ham ishlangan. Kinosini koʻrmaganman, bu bir hisobdan yaxshi – syujetni oldindan aytib qoʻymaydi. Yaqinda bu kitob “Yangi kitob” loyihasida ham taqdim etildi. Jahon bestselleri haqiqatan ham shunchalik qiziqmi, yoʻqmi – oʻqib koʻrib xulosa qilaman. Chunki baʼzan rosa maqtalgan asarlar ham kutilgan taassurotni bermay qoladi, qani, bu qanaqa ekan?
 
“Chernobil tavallosi” ham oʻqilishi zarur boʻlgan asarlardan. Svetlana Aleksiyevich – Nobel olgan yozuvchi. Mutolaa orqali bu yuksak eʼtirofning sababini oʻzim uchun kashf qilsam kerak.
 
Siz bu kitoblardan qaysilarini oʻqigansiz? Menga oʻqishni qay biridan boshlashni maslahat berasiz?
 
Aytgancha, bu kitoblarning bari Asaxiy booksʼniki: 
👉 https://asaxiy.uz/product/knigi/asaxiybooks-kitoblari

 
🔥 – “Dyuna”ni oʻqiganman / oʻqishni maslahat beraman!
 
😢 – “Chernobil tavallosi”ni tavsiya qilaman.
 
😎 – “Tom Soyer” yoki qolganlaridan boshlash kerak.
 
✍️ – Hali hech birini oʻqimaganman, roʻyxatga qoʻshib qoʻydim.
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
122
😎 43
😢 22
🔥 15
6
🤔 3
11 8.5K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
18.05.2026 14:25
Soʻzning kuchi: oʻzimizni oʻzimiz kasal qilyapmizmi?
 
Bugun bir maqola oʻqib, shunday xulosaga keldim: shunchaki hissiyotimizni ifodalayapmiz deb kasallik chaqirish uchun tanamizga “buyruq” berib qoʻyar ekanmiz.
 
Muharrir sifatida maʼlumotlarni kichik faktchekingdan oʻtkazdim: “suv xotirasi” kabi daʼvolar ilmiy tasdigʻini topmagan ekan. Ammo asosiy tibbiy haqiqat aniq: salbiy ibora ishlatilganda miya buni xavf deb qabul qilib, stress gormonlarini ajratadi. Oqibatda qon tomirlari torayib, aʼzolar zarar koʻra boshlaydi.
 
Kundalik iboralarimizning jismoniy asoratlari:
 
▪️ “Hamma narsa zimmamda” – umurtqa zoʻriqishi (osteoxondroz, churra).
 
▪️ “Yuragimga qattiq oldim” – tomirlar spazmi (infarkt xavfi).
 
▪️ “Buni hazm qilolmayapman” – oshqozonda kislota ortishi (gastrit, yara).
 
▪️ “Bosh ogʻrigʻi boʻldi” – qon tomirlari siqilishi (migren, surunkali bosh ogʻrigʻi).
 
▪️ “Sabr kosam toʻldi” – ichki bosimning keskin ortishi (gipertoniya).
 
▪️ “Asabimni buzma” – asab tolalari charchashi (vahima va nevroz).
 
Yaxshiyamki, qonuniyat teskarisiga ham ishlaydi. “Oʻlgudek charchadim” oʻrniga “Biroz dam olishim kerak”, “Jonimga tegdi” oʻrniga “Buni ham yengib oʻtaman” deyishga odatlanaylik. Soʻzlarimiz dard emas, shifo boʻlsin.
 
Nutqingizda shu iboralar boʻlsa, 🤔 bosing. Yaqinlarga ham ulashing!
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
🤔 97
🔥 35
16
10
😎 1
226 16.3K
avatar
Orif Tolib
Переслано от Peshqadam Karvoni
18.05.2026 09:40
Kitob yozyapsizmi yoki tarjima qilyapsizmi?
Yozgan matningizni o‘quvchilar qanday qabul qilishi sizni o‘ylantiradimi?
Tarjimada asl ma’noni qay darajada yetkaza olyapsiz?
Imlo va uslub siz uchun qanchalik muhim?

emoji Bu kabi savollar sizni ham qiynayotgan bo‘lsa, ajoyib imkoniyat taqdim etamiz.

Taniqli muharrir, tilshunos, daryo.uz nashri kolumnisti, “Ibrat farzandlari” loyihasida oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Orif Tolib bilan “So‘z mas’uliyati” mavzusida ochiq suhbatga marhamat!

Yozuvchi va tarjimon nigohida so‘zning qadri, ta’siri va javobgarligini birgalikda kashf qilamiz.

21-may | 14:00
Peshqadam Karvoni binosi

Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
🔥 21
11
8
🤔 1
28 7.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Orif Tolib
Переслано от Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
17.05.2026 16:35
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

     Qabul muddati:
15-maydan 4-iyungacha
Hujjatlar ONLAYN tarzda quyidagi platformalar orqali topshiriladi:
🌐
my.gov.uz
🌐 ariza.piima.uz

Ijod maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?

      Ijod maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:
🔹oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
🔹tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),
🔹ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari,
🔹bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.

Ijod maktabining nechanchi sinflariga qabul qilinadi?

🔶Ijod maktabiga 6-sinfni tugatgan o'quvchilar 7-sinfga (jami 40 ta o'rin);
🔶shuningdek, 7-sinfni tugatgan o'quvchilar 8-sinfga (2 ta bo'sh o‘rin) qabul qilinadi.

Maktab murojaatlar markazi: +99895-479-20-80
Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook* |
Instagram* |Twitter |
YouTube    | Web  |
🔥 11
7
😢 3
😎 3
17 7.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
16.05.2026 05:30
Bitta soʻz – ikki xil imlo: “Temuriylar” qanday yoziladi?
 
Temuriylar, Shayboniylar davlat maʼnosida kelsa, bosh harf bilan yoziladi, degansiz. Davr maʼnosida kelsa-chi? Misol uchun, Temuriylar davri.

 
Bu soʻzlar davlat nomi boʻlib kelganda bosh harfda (Temuriylar davlati), sulola maʼnosida esa kichik harfda (temuriylar sulolasi) yozilishini bilamiz. Xoʻsh, tarixiy davr ifodalanganda qanday yoʻl tutamiz?
 
Amaldagi oʻzbek tili imlo qoidalarida tarixiy davrlar imlosiga oid alohida band yoʻq. Toʻgʻri yechimni mavjud qoidalar va til mantigʻiga tayanib topamiz.
 
Temuriylar davri birikmasida davr soʻzi bevosita davlatga emas, oʻsha sulolaga (temuriylar sulolasi hukmronlik qilgan vaqtga) nisbat berilyapti. Sulola nomi kichik harfda yozilar ekan, sulolaga tegishli davr ifodalanganda ham kichik harf ishlatilishi mantiqan toʻgʻri boʻladi.
 
Buni Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi va jiddiy ilmiy matnlardagi yozilish uslubi ham tasdiqlaydi: temuriylar davri, somoniylar davri, xonliklar davri.
 
📌 Demak, farqlaymiz va eslab qolamiz:
 
Davlat nomi: Temuriylar davlati
 
Sulola nomi: temuriylar sulolasi
 
Davr nomi: temuriylar davri
 

Siz bu qoidani bilarmidingiz?
 
😎 – Ha, bilar edim.
 
🤔 – Shu paytgacha ikkilanib yozardim.
 
✍️ – Yangi maʼlumot boʻldi, yozib oldim.
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
194
🤔 96
😎 57
🔥 12
7
140 26.3K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
15.05.2026 11:02
Ey: vergul kerakmi yoki yoʻq?
 
Ey undov soʻzi bilan vergul ishlatishda koʻp xato qilinadi. Bu asosan soʻz undalma bilan birga kelganda kuzatiladi.
 
Undov soʻz va undalma orasiga vergul qoʻyish xatodir:
 
Ey inson, nega shu oddiy narsani tushunmaysiz?
 
Yuqoridagi kabi gaplarda ey soʻzidan keyin vergul ishlatish pisandsizroq munosabat yoki ovozni koʻtarib qilinayotgan muomala maʼnosini hosil qiladi:
 
Ey, inson, nega shu oddiy narsani tushunmaysiz?!
 
Soʻzlovchi murojaat qilinayotgan shaxsga barmogʻini nuqib gapirsa, shu xildagi punktuatsiya oʻzini oqlaydi. Lekin aksariyat holatlarda gaplarda bunaqa qoʻpol maʼno ifodalanmaydi. Shu sababli ey undalma bilan birga kelganda ular orasiga vergul qoʻymaslik kerak.
 
Ey soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoga ega. Bu soʻz yolgʻiz ishlatiladigan oʻrinlarda vergul bilan ajratilishi zarur:
 
1️⃣ Murojaat, chaqiriq maʼnosini bildiradi.
 
Toʻxta, ey, toʻxta deyman!
P. Tursun, “Oʻqituvchi”.
 
2️⃣ Achinish, eʼtiroz, qoʻshilmaslik maʼnolarini ifodalaydi.
 
Ey, hammasi bahona…
Oybek, “Tanlangan asarlar”.
 
👉 Toʻliq oʻqish
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
🔥 35
12
9
😢 2
49 9.1K
avatar
Orif Tolib
Переслано от Ona tili va adabiyoti | Izamov
14.05.2026 13:01
⚡️Ustoz Izamovning maxsus ona tili grammatika onlayn kursiga qabul ochildi!

Kursimiz haqida:

— kursda grammatikaning har bir boʻlimi (fonetika, leksikologoya, morfemika, morfologiya, sintaksis, punktuatsiya) toʻliq oʻrgatiladi;

— har bir mavzu nazariyasi oʻqitilgach, bilimlarni mustahkamlash uchun mavzulashtirilgan test va amaliy mashq ustida ishlanadi;

— darslarni haftada 3 kun, yopiq guruhda, jonli chat asosida ustoz Izamov oʻtadi.

✔️ Kimlar qoʻshilishi mumkin:

abituriyentlar (asosiy va majburiy fan tayyorgarligi uchun);

talabalar (oʻqishni koʻchirish imtihonlari uchun);

ustozlar (grammatik bilimlarni qayta oʻzlashtirish va mustahkamlash uchun).

❗️Qabul 20-may kuni yakunlanadi: asosiy darslar 21-may kunidan boshlanadi!

✍️ Murojaat: @Izamov_Manager
▫️Natijalarimiz: @Result_Izamov

Narx: 350 ming soʻm (umumiy grammatika kursi)

❗️Maqsadi jiddiylargina kursga qoʻshilishini soʻraymiz!


Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
9
🔥 9
3
😎 1
8 7.8K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
12.05.2026 12:35
Kambagʻal ham yeya oladigan “oltin olma”

Oddiy soʻzlar tagida baʼzan butun bir tarix yotadi. Bunga kundalik dasturxonimizdagi pomidor misol boʻla oladi.

Asl vatani Janubiy Amerika boʻlgan bu oʻsimlik Yevropaga ilk bor keltirilganda qizil emas, sargʻish-olovrang edi. Shuning uchun italiyaliklar uni pomo dʼoro, yaʼni oltin olma deb atashgan (pomo – olma, oro – oltin).

Vaqt oʻtib bu nom rus tiliga, u orqali esa oʻzbek tiliga oʻzlashdi.

Bugun pomidorlarimiz qip-qizil boʻlsa-da, etimologik jihatdan hamon oltin olma yeymiz.

🔥– Menga yangilik boʻldi.

😎 – Buni bilar edim.

@oriftolib | Sahifalarimiz
🔥 617
😎 72
5
4
56 9.4K
avatar
Orif Tolib
Переслано от канала
12.05.2026 10:35
#Ona_tili_adabiyot
#Davlat_tili

#Milliy_sertifikat
#Attestatsiya

30-maydan
Attestatsiya va milliy sertifikatga ONLAYN guruh ochiladi:
1. Fazliddin O'taganov:
Til/Testlar
2. Shokir Tursun:
Pedagogik mahorat, KS
3. Surayyo Matyakubova
:
Esse
4. Hamidulla Boltaboyev:
G'azal

Jarayonda
1.Grammatika, mumtoz va badiiy adabiyot, matn bilan ishlash.
2. Pedagogik mahorat va kasbiy standart.
3. Sara testlar
4. Esse darslari va tekshirish

To'lov:
Har ikkisi uchun oylik narx:
300 000

Eslatma¹! Attestatsiya guruhi a'zolari essesiz tayyorlanadi.
Oylik to'lov: 250 000

Eslatma² Milliy sertifikat guruhi a'zolari pedagogika va kasbiy standartsiz tayyorlanadi.
Oylik to'lov: 250 000

"Rangli" e'lon:
BATAFSIL

Murojaat uchun:
@FilologFU
Qabul oxiri: 28-may

@Davlat_tili_uzbek_tili
🔥 12
1
1
11 8.1K
avatar
Orif Tolib
@oriftolib
11.05.2026 16:05
Men ham qogʻozga deyarli yozmay qoʻyganman. Lekin…

Matn bilan koʻp ishlasam-da, tan olaman: hozir xomaki qaydlarni ham, katta matnlarni ham noutbuk yoki stol kompyuterida teraman. Nasrda kompyuterga oʻtganimga oʻn besh yildan oshdi. Faqat sheʼrlar va sheʼriy tarjimalardagina qogʻozga yozaman.

Ammo qogʻoz-qalam miyani charxlashda beqiyos vosita ekanini bilaman. Qoʻlda yozish miya va ruhiyat uchun foydali ekanining uchta isboti:

1️⃣ Aql qayrogʻi

Qoʻlda yozish – miya uchun jiddiy mashq. Qalam bilan yozganda xotira va diqqat markazlari faollashib, yangi neyron aloqalari shakllanadi. Klaviaturada terganda esa miya bu qadar “ter toʻkmaydi”.

2️⃣ Ruhiyatga malham

Qogʻoz bilan yolgʻiz qolish – oʻziga xos terapiya. Inson oʻz kechinmalarini qogʻozga tushirganida miyadagi ortiqcha yuk kamayib, stress darajasi keskin pasayadi.

3️⃣ Chuqur anglash

Qogʻozga yozganda inson maʼlumotni chuqurroq tushunadi va uzoqroq eslab qoladi. Chunki bu jarayon miyani fikrni elakdan oʻtkazishga majbur qiladi. Ekranda esa tezlik hisobiga eʼtibor susayadi.

👇 Siz qaysi birini koʻproq ishlatasiz?

✍️ – Qogʻoz va qalam

⚡️ – Kompyuter / telefon

@oriftolib | Sahifalarimiz
191
125
🔥 24
50 10.2K

Orif Tolib

17.3K
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Открыть в Telegram