Yaxshi oʻzgarishlar. Biroq Oliy taʼlim vaziri ilgari surgan
takliflardan baʼzilari farmon matniga kiritilmay qolibdi. Ularning eng asosiysi –
bir martalik ilmiy kengash tuzish vakolatini universitet va institutlarning oʻziga berish edi.
Demak, bitta ruxsatnoma uchun oylab sarson boʻlish muammosi toʻliq yechilmadi – tadqiqotchi va universitet bir martalik kengash tuzish uchun baribir OAKning
qosh-qovogʻiga qarab turishga majbur. Hujjatda buni elektron tizim orqali inson omilisiz tashkil etish koʻrsatilgan, lekin ruxsatni baribir OAK beradi. Yangi tartib boʻyicha, OAK himoyadan keyin ishlarni tanlov asosida tekshirishi va qarorni bekor qilishi mumkin. Nega ilmiy kengash tuzishdek juzʼiy erkinlikni berishdan bu darajada hadiksirashadi? Balki, bu “kuch va vakolat”ni saqlab qolish istagidir, kim bilsin.
👇
Sizningcha, bu islohotlar ilm-fan tizimini real oʻzgartiradimi?
⚡️ – Oʻzgarishlar kuchga kirsa, ancha yengillik boʻladi
🤔 – OAK eskicha ishlayversa kerak
@oriftolib |
Sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram