Ey: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Ey undov soʻzi bilan vergul ishlatishda koʻp xato qilinadi. Bu asosan soʻz undalma bilan birga kelganda kuzatiladi.
Undov soʻz va undalma orasiga
vergul qoʻyish xatodir:
Ey inson, nega shu oddiy narsani tushunmaysiz?
Yuqoridagi kabi gaplarda
ey soʻzidan keyin vergul ishlatish pisandsizroq munosabat yoki ovozni koʻtarib qilinayotgan muomala maʼnosini hosil qiladi:
Ey, inson, nega shu oddiy narsani tushunmaysiz?!
Soʻzlovchi
murojaat qilinayotgan shaxsga barmogʻini nuqib gapirsa, shu xildagi punktuatsiya oʻzini oqlaydi. Lekin aksariyat holatlarda gaplarda bunaqa qoʻpol maʼno ifodalanmaydi. Shu sababli
ey undalma bilan birga kelganda ular orasiga
vergul qoʻymaslik kerak.
Ey soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoga ega. Bu soʻz yolgʻiz ishlatiladigan oʻrinlarda
vergul bilan ajratilishi zarur:
1️⃣ Murojaat, chaqiriq maʼnosini bildiradi.
–
Toʻxta, ey, toʻxta deyman!
P. Tursun, “Oʻqituvchi”.
2️⃣ Achinish, eʼtiroz, qoʻshilmaslik maʼnolarini ifodalaydi.
Ey, hammasi bahona…
Oybek, “Tanlangan asarlar”.
👉
Toʻliq oʻqish
@oriftolib |
Sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram