“Hifzi himoya”mi yoki “hifz-u himoya”?
Oʻzbek tilining izohli lugʻatida bu birikma
hifzi himoyat shaklida berilgan va uning eskirgani taʼkidlangan. Bugun faol ishlatilayotgan
hifzi himoya shakli esa lugʻatga kiritilmagan. Xoʻsh, bu oʻzi forsiy
izofami yoki juft soʻz?
Keling, mantiqan tahlil qilamiz. Arab tilida
hifz ham,
himoya ham bir-biriga yaqin –
saqlash, asrash, qorovullik qilish kabi maʼnolarni anglatadi. Demak, ular oʻzaro sinonim.
Agar bu birikmani izofa qoidasiga koʻra
hifzi himoya (himoyaning hifzi) deb oʻqisak,
himoyani saqlash degan mantiqsiz maʼno kelib chiqadi.
Aslida, bu soʻzlar
-u bogʻlovchisi orqali birikkan. Uning toʻgʻri va mantiqli shakli –
hifz-u himoya.
Jonli tilda
-u bogʻlovchisini
-i tarzida aytish holatlari
koʻp uchraydi. Masalan:
qaddi qomat (toʻgʻrisi ✅
qadd-u qomat),
qavmi qarindosh (toʻgʻrisi ✅
qavm-u qarindosh). Talaffuzidan qatʼi nazar, bu singari soʻzlar lugʻatlarga bogʻlovchili shaklda kiritilgan.
Taklifim: izohli lugʻatning keyingi nashrlariga
hifz-u himoya variantini kiritish zarur.
Qisqa xulosa:
❌ hifzi himoya
✅ hifz-u himoya
Menga yangilik boʻldi – 🔥
@oriftolib |
Sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram