Soʻzning kuchi: oʻzimizni oʻzimiz kasal qilyapmizmi?
Bugun bir
maqola oʻqib, shunday xulosaga keldim: shunchaki hissiyotimizni ifodalayapmiz deb kasallik chaqirish uchun tanamizga “buyruq” berib qoʻyar ekanmiz.
Muharrir sifatida maʼlumotlarni kichik faktchekingdan oʻtkazdim: “suv xotirasi” kabi daʼvolar ilmiy tasdigʻini topmagan ekan. Ammo asosiy tibbiy haqiqat aniq:
salbiy ibora ishlatilganda miya buni xavf deb qabul qilib, stress gormonlarini ajratadi. Oqibatda qon tomirlari torayib, aʼzolar zarar koʻra boshlaydi.
Kundalik iboralarimizning jismoniy asoratlari:
▪️
“Hamma narsa zimmamda” – umurtqa zoʻriqishi (osteoxondroz, churra).
▪️
“Yuragimga qattiq oldim” – tomirlar spazmi (infarkt xavfi).
▪️
“Buni hazm qilolmayapman” – oshqozonda kislota ortishi (gastrit, yara).
▪️
“Bosh ogʻrigʻi boʻldi” – qon tomirlari siqilishi (migren, surunkali bosh ogʻrigʻi).
▪️
“Sabr kosam toʻldi” – ichki bosimning keskin ortishi (gipertoniya).
▪️
“Asabimni buzma” – asab tolalari charchashi (vahima va nevroz).
Yaxshiyamki, qonuniyat teskarisiga ham ishlaydi. “Oʻlgudek charchadim” oʻrniga
“Biroz dam olishim kerak”, “Jonimga tegdi” oʻrniga
“Buni ham yengib oʻtaman” deyishga odatlanaylik. Soʻzlarimiz dard emas, shifo boʻlsin.
Nutqingizda shu iboralar boʻlsa, 🤔 bosing. Yaqinlarga ham ulashing!
@oriftolib |
Sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram