avatar
Orif Tolib
@oriftolib
11.05.2026 16:05
Men ham qogʻozga deyarli yozmay qoʻyganman. Lekin…

Matn bilan koʻp ishlasam-da, tan olaman: hozir xomaki qaydlarni ham, katta matnlarni ham noutbuk yoki stol kompyuterida teraman. Nasrda kompyuterga oʻtganimga oʻn besh yildan oshdi. Faqat sheʼrlar va sheʼriy tarjimalardagina qogʻozga yozaman.

Ammo qogʻoz-qalam miyani charxlashda beqiyos vosita ekanini bilaman. Qoʻlda yozish miya va ruhiyat uchun foydali ekanining uchta isboti:

1️⃣ Aql qayrogʻi

Qoʻlda yozish – miya uchun jiddiy mashq. Qalam bilan yozganda xotira va diqqat markazlari faollashib, yangi neyron aloqalari shakllanadi. Klaviaturada terganda esa miya bu qadar “ter toʻkmaydi”.

2️⃣ Ruhiyatga malham

Qogʻoz bilan yolgʻiz qolish – oʻziga xos terapiya. Inson oʻz kechinmalarini qogʻozga tushirganida miyadagi ortiqcha yuk kamayib, stress darajasi keskin pasayadi.

3️⃣ Chuqur anglash

Qogʻozga yozganda inson maʼlumotni chuqurroq tushunadi va uzoqroq eslab qoladi. Chunki bu jarayon miyani fikrni elakdan oʻtkazishga majbur qiladi. Ekranda esa tezlik hisobiga eʼtibor susayadi.

👇 Siz qaysi birini koʻproq ishlatasiz?

✍️ – Qogʻoz va qalam

⚡️ – Kompyuter / telefon

@oriftolib | Sahifalarimiz
191
125
🔥 24
50 10.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Orif Tolib

17.3K
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Открыть в Telegram