Kambagʻal ham yeya oladigan “oltin olma”
Oddiy soʻzlar tagida baʼzan butun bir tarix yotadi. Bunga kundalik dasturxonimizdagi pomidor misol boʻla oladi.
Asl vatani
Janubiy Amerika boʻlgan bu oʻsimlik Yevropaga ilk bor keltirilganda qizil emas,
sargʻish-olovrang edi. Shuning uchun italiyaliklar uni
pomo dʼoro, yaʼni
oltin olma deb atashgan (
pomo – olma,
oro – oltin).
Vaqt oʻtib bu nom rus tiliga, u orqali esa oʻzbek tiliga
oʻzlashdi.
Bugun pomidorlarimiz qip-qizil boʻlsa-da, etimologik jihatdan hamon
oltin olma yeymiz.
🔥
– Menga yangilik boʻldi.
😎
– Buni bilar edim.
@oriftolib |
Sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram