15
Woman Card bilan yangi imkoniyatlar
Endi Woman Card kartalari orqali har bir xaridingizdan 0,5% keshbekni pul ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartangizga olasiz. Kartalarni Ipak Yuli Bank bo‘limlarida yoki Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin.
Sinab koʻrish
#reklama 16+
ru.ipakyulibank.uz

1.6K
iPhone 18 Pro avvalgi mish-mishlarga zid ravishda balandroq va torroq korpusga ega bo‘lishi mumkin
Insayder Majin Bu tomonidan e’lon qilingan suratlarga ko‘ra, iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari o‘lchamlari sezilarli darajada o‘zgaradi. Yana bir insayder Abhishek Yadav ma’lum qilishicha, yangi smartfonlar balandroq va torroq bo‘ladi, ekran diagonali esa mos ravishda 6,4 dyuym va 7 dyuymgacha yetadi.
Bu ma’lumot aprel oyida Max Tech tomonidan taqdim etilgan maketlar tahliliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zid keladi. O‘shanda Apple iPhone 17 seriyasining o‘lchamlarini deyarli o‘zgartirmasligi ta’kidlangan edi.
Seriyaning eng muhim texnik yangiligi A20 Pro protsessori bo‘lishi kutilmoqda. U TSMC kompaniyasining 2 nanometrli texnologik jarayoni asosida ishlab chiqarilgan Apple kompaniyasining ilk chipi bo‘ladi.
Bundan tashqari, yangi smartfonlarda unumdorlikning sezilarli oshishi, kameralar tizimining yangilanishi hamda alyuminiy korpus uchun yangi rang variantlari taqdim etilishi kutilmoqda.

1.8K
SalomUy'dan tayyor novostroykalar to'plami!
⚡ Havola orqali o'ting va tayyor takliflar to'plami bilan tanishing
Katalog bilan tanishish
#reklama 16+
salomuy.uz

2.3K
iPhone o‘g‘irlikka urinish aniqlansa, avtomatik ravishda bloklanishi mumkin
9to5Mac ma’lumotlariga ko‘ra, Apple kompaniyasi iPhone’ni ko‘cha o‘g‘irliklaridan himoya qilish uchun yangi xavfsizlik funksiyasi ustida faol ishlamoqda.
Tizim smartfon egasining qo‘lidan tortib olinganini aniqlasa, qurilmani tezkor ravishda bloklaydi.
Funksiya giroskop, akselerometr va boshqa sensorlardan olingan ma’lumotlardan foydalanadi. Kuzatuv aniqligini oshirish uchun ulangan Apple Watch soatlarigacha bo‘lgan masofa ham hisobga olinishi mumkin.
Bundan tashqari, smartfon o‘ziga tanish bo‘lgan Wi-Fi tarmog‘iga ulangan yoki yo‘qligini hamda qurilma odatiy joylashuvda turganini tekshiradi.
Ta’kidlash joizki, shunga o‘xshash o‘g‘irlikdan himoya qilish funksiyasi Android smartfonlarida allaqachon mavjud.

1.4K
Mish-mishlarga ko‘ra, yangi MacBook Pro modellari Privacy Display nomli “antishpion” funksiyasiga ega bo‘ladi
Ekranni begona nigohlardan himoya qiluvchi va ko‘rish burchaklarini cheklovchi Privacy Display funksiyasi ilk bor Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonida paydo bo‘lgandi va foydalanuvchilar orasida turlicha fikrlarni keltirib chiqargan.
Ko‘plab foydalanuvchilar ushbu texnologiya o‘chirilgan holatda ham displey sifati yomonlashganidan shikoyat qilgan.
Schrödinger Intel portaliga ko‘ra, Apple bo’lajak M6 Pro va M6 Max chiplariga ega MacBook Pro modellarida Privacy Display funksiyasining yangi versiyasini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Samsung Electronics ushbu texnologiyani sezilarli darajada yaxshilagan va asosiy muammolarning aksariyatini bartaraf etgan.
Shuningdek, noutbuk klaviaturasida maxfiylik rejimini yoqish va o‘chirish uchun alohida tugma ham paydo bo‘lishi aytilmoqda.

1 2.9K
iOS 27’da AirPods sozlamalari qayta ishlanadi va boshqa funksiyalar qo‘shiladi
Apple kompaniyasi iOS 27’ni sentabrdagi rasmiy relizdan oldin kelasi oy taqdim etishga tayyorlanmoqda.
Asosiy yangiliklar qatoriga Siri uchun alohida ilova, kengaytirilgan Apple Intelligence funksiyalari, klaviaturadagi yangilangan avtotuzatish tizimi hamda Apple Maps’da sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlash kiradi.
Mark Gurman yana bir nechta tafsilotlarni oshkor qildi: tizimda AirPods sozlamalari o‘zgartiriladi, Genmoji va Image Playground generatsiyasi yaxshilanadi, shuningdek Siri uchun yangi qorong‘i interfeys qo‘shiladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar — ehtimol faqat Yevropa Ittifoqida — Google Cast kabi AirPlay muqobillarini standart tizim sifatida o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

2.4K
iOS 26.6 Beta versiyasi chiqdi
2.1K
Bloomberg: macOS 27’da Apple Liquid Glass dizaynini takomillashtiradi
Bloomberg jurnalisti Mark Gurman Apple macOS 27’da Liquid Glass dizaynini qayta ishlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Yangi dizayndagi shaffoflik effektlari va soyalar bilan bog‘liq ayrim xususiyatlar matn o‘qilishida sezilarli muammolarni keltirib chiqargan — ayniqsa boshqaruv markazi, Finder va yon panelli ilovalarda.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, Apple ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun macOS’da “kichik redizayn” o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Liquid Glass konsepsiyasi saqlab qolinadi — kompaniya faqat dizaynga ayrim nuqtaviy o‘zgartirishlar kiritadi. Aytilishicha, yangi dizayn versiyasi Apple dastlab macOS uchun yaratmoqchi bo‘lgan ko‘rinishga yaqin bo‘ladi, chunki Tahoe’da dizaynerlar ayrim jihatlarni “oxirigacha yetkazmagan”.
Liquid Glass tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishdan tashqari, Apple xatolarni tuzatish, avtonom ishlash vaqtini oshirish va unumdorlikni yaxshilashga ham e’tibor qaratadi. Barcha yangiliklar 8-iyun kuni WWDC konferensiyasida namoyish etiladi.

Agar siz iPhone 18 lineykasini kutayotgan bo‘lsangiz, unda faqat yangi ranglar paydo bo‘ladi.
Internetda yangi iPhone modellari uchun g‘iloflar surati paydo bo’ldi. Ko’rinishidan, bu yilgi modellarda hech qanday jiddiy o‘zgarish kutilmayapti.

1 1.4K
Samsung MacBook Pro uchun OLED ekranlar ishlab chiqarishdagi asosiy muammoni hal qildi
Koreyaning The Elec nashri xabariga ko‘ra, Samsung MacBook Pro uchun ekranlar ishlab chiqarishdagi eng katta to‘siqni bartaraf etdi — sifatli OLED-panellar ulushi 90% dan oshdi.
Hisobotlarga qaraganda, 14 va 16 dyuymli modellar uchun ekran yetkazib berish iyun oyidayoq boshlanishi mumkin. Bu yilgi umumiy yetkazib berish hajmi esa taxminan 2 million donani tashkil etadi.
Apple ushbu displeylar uchun eng murakkab texnologiyalardan foydalanadi — yorqin ikki qatlamli tandem OLED, energiya tejamkor plata va namlikdan ishonchli himoya. Bundan tashqari, MacBook Pro tarixida ilk bor sensorli ekran paydo bo‘lishi mumkin.
Bloomberg jurnalisti Mark Gurman prognoziga ko‘ra, MacBook Pro relizi 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, chiplar taqchilligi sababli ikkinchi variant ehtimoli yuqoriroq deb baholanmoqda.

1 1.6K
Apple bo’lajak iPhone modellarilarda alyuminiy korpuslardan voz kechadi
Insayder Instant Digital ma’lumotlariga ko‘ra, Apple hozirda takomillashtirilgan titan qotishmasini yaratish ustida faol ishlamoqda. iPhone 17 Pro modelida alyuminiydan foydalanish esa vaqtinchalik yechim hisoblanadi.
Kompaniya Pro-modellarda titandan issiqlik tarqalishini yaxshilash, vaznni kamaytirish va yanada yupqaroq dizaynga erishish uchun voz kechgan. Biroq alyuminiy korpuslar tirnalishlarga ko‘proq moyil va chidamliligi pastroq bo‘lib chiqdi.
Insayder ta’kidlashicha, kompaniya allaqachon yangilangan titan texnologiyasi ustida ishlamoqda, shuningdek suyuq metall qo‘llash imkoniyatini ham o‘rganmoqda. Aytgancha, aynan shu materialdan ko‘p yillardan beri har bir iPhone qutisida bo‘ladigan SIM-karta chiqarish skrepkalari tayyorlanadi.
Hozirda titan faqat iPhone Air modelida qo‘llanilmoqda — bu ultra yupqa model korpusining deformatsiyasini oldini olish uchun kerak. Shu sababli buklanadigan iPhone Ultra ham titan korpusga ega bo‘lishi mumkin.

2.2K
iOS 27’dagi Siri endi ChatGPT kabi o‘zining alohida ilovasiga ega bo‘ladi — unda chat va suhbatlar tarixi saqlanadi.
Asosiy yangiliklardan biri — kuchli maxfiylik tizimi. Sozlamalarda foydalanuvchi yozishmalar qancha muddat saqlanishini mustaqil tanlay oladi: 30 kun, 1 yil yoki cheksiz muddat.
Yangi aqlli Siri ham, Apple Intelligence kabi, dastlab Beta statusida taqdim etiladi.
Shuningdek, Genmoji yangi “Tavsiya etilgan Genmoji” rejimiga ega bo‘ladi. Tizim foydalanuvchining suratlari va tez-tez yoziladigan iboralari asosida avtomatik tarzda emoji tavsiya qiladi.
Ehtimol, yangilanishlarning asosiy qismi biz uchun mavjud bo‘lmaydi — agar o’zbek tili qo‘llab-quvvatlanmasa.

1 2.3K
Apple Watch Ultra 4 katta dizayn o‘zgarishi va muhim yangilanishlarga ega bo‘ladi
Kechagina yangi avlod oddiy Apple Watch modellari sezilarli o‘zgarishlarsiz chiqishi haqida yozgandik.
Ammo insayderlarning tobora ko‘proq qismi bu yil aynan Watch Ultra 4 katta yangilanish olishini ta’kidlamoqda.
Tayvanning DigiTimes nashri ma’lumotiga ko‘ra, premium lineykaning yangi modelida yuqori qon bosimini nazorat qilish funksiyasi paydo bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, qurilma dizayni sezilarli darajada yangilanadi, biroq hozircha aniq tafsilotlar oshkor qilinmagan. Ma’lum bo‘lishicha, sakkizta sensor orqa panelda halqa shaklida joylashtiriladi.
Bundan tashqari, qurilmaning energiya samaradorligi ham yaxshilanadi, bu esa avtonom ishlash vaqtining oshishiga olib keladi.
Tahlilchilarning fikricha, ushbu o‘zgarishlar soat sotuvlarini o‘tgan yilga nisbatan 20–30% ga oshirishga yordam beradi.

Yangi avlod Apple Watch sezilarli o‘zgarishlarsiz chiqadi
O‘tgan yili internetda Apple kompaniyasining Apple Watch Series 12 modeli dizaynda katta o‘zgarishlarga ega bo‘lishi haqida taxminlar paydo bo‘lgandi.
Endi esa Bloomberg xabariga ko‘ra, yangi avlod Apple Watch modellaridan sezilarli redizayn yoki jiddiy texnik yangilanishlarni kutmaslik kerak.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, model kamida bitta yangi siferblat turiga hamda unumdorlik bo‘yicha kichik yaxshilanishga ega bo‘ladi.
Shuningdek, soatlarda Apple Intelligence funksiyalarining to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi bo‘lmaydi, biroq boshqa qurilmalarda olingan natijalarni ko‘rsata oladi.
Yangi “shisha” uslubidagi dizayn esa faqat 2028-yilda paydo bo‘lishi kutilmoqda.

2.5K
Apple kompaniyasining bo‘lajak rahbari John Ternus bugun 51 yoshga to‘ldi
1 2.5K
Apple kompaniyasi Apple Watch soatlarida ikki sababga ko‘ra Touch ID texnologiyasidan voz kechgan
Apple ilgari Touch ID funksiyasini Digital Crown g‘ildiragi ichiga o‘rnatishni rejalashtirgan va buni patentlar va hatto paydo bo’lgan kodlar ham tasdiqlagan.
Masalan, yaqinda 2026-yilgi soat modellari uchun AppleMesa texnologiyasini qo‘llab-quvvatlash haqidagi ma’lumotlar aniqlangan edi — bu nom ostida Touch ID yashiringan.
Lekin endi ma’lum bo‘lishicha, Apple ushbu loyihadan voz kechgan.
Insayder Instant Digital ta’kidlashicha, bunga ikkita sabab bor: sensorning qimmatligi va akkumulyator uchun joy yetishmasligi.
Hozirda Apple uchun sog‘liq bilan bog‘liq funksiyalarni rivojlantirish va batareya ishlash vaqtini oshirish muhimroq. Shuningdek, iPhone orqali qulfdan ochish imkoniyati mavjud bo‘lgani uchun Touch ID qo‘shish ortiqcha deb hisoblangan.

Apple Liquid Glass uchun bir nechta nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi
Apple kompaniyasi dizaynerlari tanqid qilinayotgan bir paytda, Apple ADC Annual Awards tanlovida birdaniga to‘rtta dizayn mukofotiga sazovor bo‘ldi:
• UX/UI yo‘nalishida — oltin;
• “Taassurot va o‘zaro aloqa” kategoriyasida — kumush;
• Foydalanuvchi tajribasi uchun — bronza;
• Innovatsiyalar uchun — bronza.
ADC Annual Awards mukofoti 1920-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, har yili dizayn sohasidagi eng estetik va mahorat bilan yaratilgan ishlanmalarni taqdirlaydi.

Bloomberg: Apple kamerali AirPods’ni deyarli tayyorlab bo‘ldi
Insayder Mark Gurman yangi AirPods modeli haqida ma’lumot berdi. Jurnalist manbalariga ko‘ra, quloqchinlar ishlab chiqishning so‘nggi bosqichlaridan biriga kirgan — qurilma prototiplari dizayn va funksiyalar jihatidan yakuniy mahsulotga juda yaqin.
Gurman aytishicha, yangi AirPods’larning asosiy yangiligi — har bir quloqchinga o‘rnatilgan kameralar bo‘ladi. Ular rasm yoki video olish uchun emas, balki Siri uchun qo‘shimcha ma’lumot manbai sifatida xizmat qiladi.
Foydalanuvchi atrofini tahlil qilgan holda, SI-assistent yanada dolzarb va foydali tavsiyalar bera oladi. Masalan, Siri foydalanuvchi qo‘lida ushlab turgan mahsulotlarga qarab retsept tavsiya qilishi mumkin.
Insayderning ta’kidlashicha, Apple qurilmani dastlab 2026-yilning birinchi yarmida chiqarishni rejalashtirgan, biroq Siri ishlashidagi muammolar sabab reliz bir necha bor kechiktirilgan.
Vaziyat sentyabrdagi yirik yangilanishdan so‘ng o‘zgarishi mumkin — o‘shanda SI-yordamchi Gemini modeli asosida ishlay boshlaydi.

Mish-mish: iOS 27’da tizim funksiyalarida uchinchi tomon sun’iy intellekt assistentlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi
Tahlilchi Mark Gurman ma’lumotlariga ko‘ra, iOS 27 tizimida foydalanuvchilar ChatGPT, Gemini, Claude va boshqa sun’iy intellekt modellarini Apple Intelligence funksiyalarida tanlash imkoniga ega bo‘lishadi.
“Rasm”, “Eslatmalar” va Siri kabi ko‘plab tizim ilovalari turli SI-assistentlar uchun platformaga aylanishi mumkin.
Buni Safari brauzerining turli qidiruv tizimlari bilan ishlashiga o‘xshatish mumkin.
Shuningdek, turli til modellari uchun Siri’ning alohida ovoz variantlari paydo bo‘lishi ham aytilmoqda.