18.05.2026 10:15
Apple kompaniyasi Apple Watch soatlarida ikki sababga ko‘ra Touch ID texnologiyasidan voz kechgan

Apple ilgari Touch ID funksiyasini Digital Crown g‘ildiragi ichiga o‘rnatishni rejalashtirgan va buni patentlar va hatto paydo bo’lgan kodlar ham tasdiqlagan.

Masalan, yaqinda 2026-yilgi soat modellari uchun AppleMesa texnologiyasini qo‘llab-quvvatlash haqidagi ma’lumotlar aniqlangan edi — bu nom ostida Touch ID yashiringan.

Lekin endi ma’lum bo‘lishicha, Apple ushbu loyihadan voz kechgan.

Insayder Instant Digital ta’kidlashicha, bunga ikkita sabab bor: sensorning qimmatligi va akkumulyator uchun joy yetishmasligi.

Hozirda Apple uchun sog‘liq bilan bog‘liq funksiyalarni rivojlantirish va batareya ishlash vaqtini oshirish muhimroq. Shuningdek, iPhone orqali qulfdan ochish imkoniyati mavjud bo‘lgani uchun Touch ID qo‘shish ortiqcha deb hisoblangan.
2.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram