22.05.2026 14:05
Apple Watch Ultra 4 katta dizayn o‘zgarishi va muhim yangilanishlarga ega bo‘ladi

Kechagina yangi avlod oddiy Apple Watch modellari sezilarli o‘zgarishlarsiz chiqishi haqida yozgandik.

Ammo insayderlarning tobora ko‘proq qismi bu yil aynan Watch Ultra 4 katta yangilanish olishini ta’kidlamoqda.

Tayvanning DigiTimes nashri ma’lumotiga ko‘ra, premium lineykaning yangi modelida yuqori qon bosimini nazorat qilish funksiyasi paydo bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, qurilma dizayni sezilarli darajada yangilanadi, biroq hozircha aniq tafsilotlar oshkor qilinmagan. Ma’lum bo‘lishicha, sakkizta sensor orqa panelda halqa shaklida joylashtiriladi.

Bundan tashqari, qurilmaning energiya samaradorligi ham yaxshilanadi, bu esa avtonom ishlash vaqtining oshishiga olib keladi.

Tahlilchilarning fikricha, ushbu o‘zgarishlar soat sotuvlarini o‘tgan yilga nisbatan 20–30% ga oshirishga yordam beradi.
2.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram