Samsung MacBook Pro uchun OLED ekranlar ishlab chiqarishdagi asosiy muammoni hal qildi
Koreyaning The Elec nashri xabariga ko‘ra, Samsung MacBook Pro uchun ekranlar ishlab chiqarishdagi eng katta to‘siqni bartaraf etdi — sifatli OLED-panellar ulushi 90% dan oshdi.
Hisobotlarga qaraganda, 14 va 16 dyuymli modellar uchun ekran yetkazib berish iyun oyidayoq boshlanishi mumkin. Bu yilgi umumiy yetkazib berish hajmi esa taxminan 2 million donani tashkil etadi.
Apple ushbu displeylar uchun eng murakkab texnologiyalardan foydalanadi — yorqin ikki qatlamli tandem OLED, energiya tejamkor plata va namlikdan ishonchli himoya. Bundan tashqari, MacBook Pro tarixida ilk bor sensorli ekran paydo bo‘lishi mumkin.
Bloomberg jurnalisti Mark Gurman prognoziga ko‘ra, MacBook Pro relizi 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, chiplar taqchilligi sababli ikkinchi variant ehtimoli yuqoriroq deb baholanmoqda.
1 1.6K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram