29.05.2026 10:05
Mish-mishlarga ko‘ra, yangi MacBook Pro modellari Privacy Display nomli “antishpion” funksiyasiga ega bo‘ladi

Ekranni begona nigohlardan himoya qiluvchi va ko‘rish burchaklarini cheklovchi Privacy Display funksiyasi ilk bor Samsung Galaxy S26 Ultra smartfonida paydo bo‘lgandi va foydalanuvchilar orasida turlicha fikrlarni keltirib chiqargan.

Ko‘plab foydalanuvchilar ushbu texnologiya o‘chirilgan holatda ham displey sifati yomonlashganidan shikoyat qilgan.

Schrödinger Intel portaliga ko‘ra, Apple bo’lajak M6 Pro va M6 Max chiplariga ega MacBook Pro modellarida Privacy Display funksiyasining yangi versiyasini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Samsung Electronics ushbu texnologiyani sezilarli darajada yaxshilagan va asosiy muammolarning aksariyatini bartaraf etgan.

Shuningdek, noutbuk klaviaturasida maxfiylik rejimini yoqish va o‘chirish uchun alohida tugma ham paydo bo‘lishi aytilmoqda.
1 2.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram