01.06.2026 11:15
iPhone o‘g‘irlikka urinish aniqlansa, avtomatik ravishda bloklanishi mumkin

9to5Mac ma’lumotlariga ko‘ra, Apple kompaniyasi iPhone’ni ko‘cha o‘g‘irliklaridan himoya qilish uchun yangi xavfsizlik funksiyasi ustida faol ishlamoqda.

Tizim smartfon egasining qo‘lidan tortib olinganini aniqlasa, qurilmani tezkor ravishda bloklaydi.

Funksiya giroskop, akselerometr va boshqa sensorlardan olingan ma’lumotlardan foydalanadi. Kuzatuv aniqligini oshirish uchun ulangan Apple Watch soatlarigacha bo‘lgan masofa ham hisobga olinishi mumkin.

Bundan tashqari, smartfon o‘ziga tanish bo‘lgan Wi-Fi tarmog‘iga ulangan yoki yo‘qligini hamda qurilma odatiy joylashuvda turganini tekshiradi.

Ta’kidlash joizki, shunga o‘xshash o‘g‘irlikdan himoya qilish funksiyasi Android smartfonlarida allaqachon mavjud.
1.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram