Bloomberg: macOS 27’da Apple Liquid Glass dizaynini takomillashtiradi
Bloomberg jurnalisti Mark Gurman Apple macOS 27’da Liquid Glass dizaynini qayta ishlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Yangi dizayndagi shaffoflik effektlari va soyalar bilan bog‘liq ayrim xususiyatlar matn o‘qilishida sezilarli muammolarni keltirib chiqargan — ayniqsa boshqaruv markazi, Finder va yon panelli ilovalarda.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, Apple ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun macOS’da “kichik redizayn” o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Liquid Glass konsepsiyasi saqlab qolinadi — kompaniya faqat dizaynga ayrim nuqtaviy o‘zgartirishlar kiritadi. Aytilishicha, yangi dizayn versiyasi Apple dastlab macOS uchun yaratmoqchi bo‘lgan ko‘rinishga yaqin bo‘ladi, chunki Tahoe’da dizaynerlar ayrim jihatlarni “oxirigacha yetkazmagan”.
Liquid Glass tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishdan tashqari, Apple xatolarni tuzatish, avtonom ishlash vaqtini oshirish va unumdorlikni yaxshilashga ham e’tibor qaratadi. Barcha yangiliklar 8-iyun kuni WWDC konferensiyasida namoyish etiladi.
1.4K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram