Bloomberg: Apple kamerali AirPods’ni deyarli tayyorlab bo‘ldi
Insayder Mark Gurman yangi AirPods modeli haqida ma’lumot berdi. Jurnalist manbalariga ko‘ra, quloqchinlar ishlab chiqishning so‘nggi bosqichlaridan biriga kirgan — qurilma prototiplari dizayn va funksiyalar jihatidan yakuniy mahsulotga juda yaqin.
Gurman aytishicha, yangi AirPods’larning asosiy yangiligi — har bir quloqchinga o‘rnatilgan kameralar bo‘ladi. Ular rasm yoki video olish uchun emas, balki Siri uchun qo‘shimcha ma’lumot manbai sifatida xizmat qiladi.
Foydalanuvchi atrofini tahlil qilgan holda, SI-assistent yanada dolzarb va foydali tavsiyalar bera oladi. Masalan, Siri foydalanuvchi qo‘lida ushlab turgan mahsulotlarga qarab retsept tavsiya qilishi mumkin.
Insayderning ta’kidlashicha, Apple qurilmani dastlab 2026-yilning birinchi yarmida chiqarishni rejalashtirgan, biroq Siri ishlashidagi muammolar sabab reliz bir necha bor kechiktirilgan.
Vaziyat sentyabrdagi yirik yangilanishdan so‘ng o‘zgarishi mumkin — o‘shanda SI-yordamchi Gemini modeli asosida ishlay boshlaydi.
1.8K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram