20.05.2026 16:15
Yangi avlod Apple Watch sezilarli o‘zgarishlarsiz chiqadi

O‘tgan yili internetda Apple kompaniyasining Apple Watch Series 12 modeli dizaynda katta o‘zgarishlarga ega bo‘lishi haqida taxminlar paydo bo‘lgandi.

Endi esa Bloomberg xabariga ko‘ra, yangi avlod Apple Watch modellaridan sezilarli redizayn yoki jiddiy texnik yangilanishlarni kutmaslik kerak.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, model kamida bitta yangi siferblat turiga hamda unumdorlik bo‘yicha kichik yaxshilanishga ega bo‘ladi.

Shuningdek, soatlarda Apple Intelligence funksiyalarining to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi bo‘lmaydi, biroq boshqa qurilmalarda olingan natijalarni ko‘rsata oladi.

Yangi “shisha” uslubidagi dizayn esa faqat 2028-yilda paydo bo‘lishi kutilmoqda.
2.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram