23.05.2026 17:15
Apple bo’lajak iPhone modellarilarda alyuminiy korpuslardan voz kechadi

Insayder Instant Digital ma’lumotlariga ko‘ra, Apple hozirda takomillashtirilgan titan qotishmasini yaratish ustida faol ishlamoqda. iPhone 17 Pro modelida alyuminiydan foydalanish esa vaqtinchalik yechim hisoblanadi.

Kompaniya Pro-modellarda titandan issiqlik tarqalishini yaxshilash, vaznni kamaytirish va yanada yupqaroq dizaynga erishish uchun voz kechgan. Biroq alyuminiy korpuslar tirnalishlarga ko‘proq moyil va chidamliligi pastroq bo‘lib chiqdi.

Insayder ta’kidlashicha, kompaniya allaqachon yangilangan titan texnologiyasi ustida ishlamoqda, shuningdek suyuq metall qo‘llash imkoniyatini ham o‘rganmoqda. Aytgancha, aynan shu materialdan ko‘p yillardan beri har bir iPhone qutisida bo‘ladigan SIM-karta chiqarish skrepkalari tayyorlanadi.

Hozirda titan faqat iPhone Air modelida qo‘llanilmoqda — bu ultra yupqa model korpusining deformatsiyasini oldini olish uchun kerak. Shu sababli buklanadigan iPhone Ultra ham titan korpusga ega bo‘lishi mumkin.
2.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram