avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
вчера, 09:21
#Ekspert_sharhi

Elektron tizim ishlamay qolgani sababli hisobotni kechiktirdim. Buning huquqiy oqibati qanday?

Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov javob beradi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
4 2.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
вчера, 06:23
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlisda dastlab “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu qonun loyihasida qonunchilik hujjatlarida foydalanilgan ayrim atamalarni yagona shaklda qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, “avans” so‘zini “bo‘nak”, “markirovka”ni “tamg‘alash”, “marshrut”ni “yo‘nalishli”, “svetofor”ni “yo‘lchiroq”, “parol”ni “o‘ron”, “progressiv” so‘zini esa “ilg‘or” deb o‘zgartirish nazarda tutilyapti.


Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi qonun hujjatlaridagi tushuncha va yuridik atamalarni birxillashtirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
6 4.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
вчера, 04:10
“Mening tanlovim” — davlat xizmatini tanlaganlar hikoyasi

Davlat xizmatining zamonaviy qiyofasi, meritokratiya tamoyillari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va davlat xizmatchilarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni — barchasi “Mening tanlovim”da aks etgan.

Bu — o‘z kasbini tanlagan, Vatan ravnaqiga daxldorlik hissi bilan faoliyat yuritayotgan insonlar haqida hayotiy hikoya.

Videorolikni tomosha qiling

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
19 6.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
10.08.2026 10:11
Davlat fuqarolik xizmatchilari bilim va tafakkurini “Zakovat”da sinovdan o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Toshkent shahar filiali, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbir Mustaqillikning 35 yilligini munosib nishonlash, davlat fuqarolik xizmatchilarining bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratildi.

Bellashuvda Toshkent shahridagi davlat tashkilotlarining xodimlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot bosqichlari, davlat ramzlari, Konstitutsiya, milliy qadriyatlar, adabiyot, ma’naviyat hamda umumiy bilimlarga oid savollar asosida o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

-o‘rin —“Modern” jamoasi — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi;
-o‘rin —“Ziyo” jamoasi — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi;
-o‘rin —“G‘aznachi” jamoasi — Toshkent shahar G‘aznachilik xizmati boshqarmasi.

Tadbir davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning intellektual salohiyatini namoyon etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

#Mustaqillik_35_yil

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
4 5.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
10.08.2026 06:52
Surxondaryoda davlat boshqaruvi samaradorligi: yangi imkoniyatlar va natijalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filiali faoliyati haqida maxsus reportaj.

Boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat xizmatini takomillashtirish va inson resurslarini rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar reportajda yoritilgan.


Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
13 7.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
10.08.2026 05:05
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezidentimiz aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Chorvachilik va parrandachilikka qo‘shimcha resurslar yo‘naltiriladi. Davlatimiz rahbari iqtisodiyot va ijtimoiy sohada sun’iy intellekt asosidagi loyihalarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
1 6.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
10.08.2026 04:07
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining haftalik dayjesti


Davlat xizmatidagi imkoniyatlardan foydalaning!

Davlat boshqaruvida Big Data va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha xalqaro seminar-trening boshlandi.

Davlat xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Portugaliyaning davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi.

Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi – kasbiy rivojlanish uchun zamonaviy ta'lim muhiti

Jizzaxda “Salohiyatli kadrlar zaxirasi”ga saralash boshlandi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtirish muddatining buzilishi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish va ishga tiklash uchun asos bo‘la oladimi?

Davlat boshqaruvi va biznes o‘rtasidagi hamkorlikning yangi mexanizmlari muhokama qilindi.

Chustda hunarmandchilikni yangi iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirish masalalari o‘rganildi.

Davlat organlari HR rahbarlari uchun amaliy o‘quv-seminar boshlandi

Pop tumanida yangi imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar o‘rganildi.

Namanganda gulchilik sohasida mavjud salohiyatni yangi daromad manbaiga aylantirish imkoniyatlari o‘rganildi.


Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
6 6.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
09.08.2026 05:04
Qurilish sohasida boshqaruvning yangi modeli joriy etilmoqda

Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda davlat xizmatlarini soddalashtirishga qaratilgan yangi islohotlar tarmoq rivojida muhim bosqichni boshlab berdi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
3 6.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
09.08.2026 03:18
🏗 O‘zbekiston Respublikasi Qurilish sohasi xodimlari kuni!

Bugun mamlakatimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy shahar va qishloqlar barpo etish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishda fidokorona mehnat qilayotgan qurilish sohasi xodimlari, muhandislar, loyihachilar, arxitektorlar, mutaxassis va ishchi-xizmatchilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Bugungi kunda qurilish sohasi nafaqat yangi bino va inshootlar barpo etiladigan, balki zamonaviy boshqaruv, innovatsion texnologiyalar, raqamlashtirish va samaradorlik tamoyillari jadal joriy etilayotgan strategik yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.

So‘nggi yillarda sohada byurokratik yondashuvlarni qisqartirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, loyiha va qurilish ishlarining sifatini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda aholi va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–104-son Farmoni bilan belgilangan yangi vazifalar qurilish sohasida ham boshqaruv samaradorligini oshirish, natijadorlikka yo‘naltirilgan yondashuvlarni kuchaytirish, zamonaviy boshqaruv modelini amaliyotga keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Zamonaviy boshqaruv modeli asosida qarorlar qabul qilishda aniq ma’lumotlar va tahlilga tayanish, natijalarni baholashning samarali mexanizmlarini joriy etish, mas’uliyat va hisobdorlikni kuchaytirish hamda ilg‘or tajribalarni keng qo‘llash qurilish tarmog‘ining yangi bosqichdagi rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Fursatdan foydalanib, sohaning barcha fidoyi xodimlariga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyat va mas’uliyatli hamda sharafli faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaymiz. Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy va farovon hayot uchun munosib infratuzilma yaratish yo‘lidagi mehnatingiz bardavom bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
22 6.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
08.08.2026 05:05
Namanganda gulchilik sohasida mavjud salohiyatni yangi daromad manbaiga aylantirish imkoniyatlari o‘rganildi

Namangan viloyatida Ishchi guruhi tomonidan hududning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish hamda mahalliy tajribani kengaytirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.


O‘rganishlar davomida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan korxonalarning manzarali gullar yetishtirish, ko‘chat tayyorlash va gulchilikni sanoat asosida tashkil etish borasidagi tajribasi tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Namanganda gulchilikni shunchaki xo‘jalik faoliyati emas, balki aholi bandligi, oilaviy tadbirkorlik va hudud iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha o‘sish nuqtasiga aylantirish imkoniyati mavjud. Ishchi guruh tomonidan mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, gulchilikni rivojlantirishning yangi mexanizmlari yuzasidan takliflar ishlab chiqilmiqda.

Xususan,

▫️ issiqxonalarda manzarali gullar yetishtirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish;

▫️ xonadonlarni gulchilikka jalb etish orqali oilalarning qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish;

▫️ aholining zamonaviy agrotexnologiyalar va gul yetishtirish bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish;

▫️ yetishtirilgan mahsulotni yagona tizim asosida sotish, bozorga chiqarish va qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirish;

▫️ mavjud ilg‘or tajribani boshqa hududlarga bosqichma-bosqich keng yoyish masalalariga e’tibor qaratildi.


Muhimi, gulchilik orqali faqat mahsulot yetishtirish bilan cheklanilmaydi. Issiqxona — ish o‘rni, xonadon — daromad manbai, mahalliy iqtisodiy faollik drayveriga aylanishi mumkin.

Bu esa hududda mavjud salohiyatni aniqlashdan uni real daromad, bandlik va yangi iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirishgacha bo‘lgan boshqaruv yondashuvini amaliyotga tatbiq etishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
3 5.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Boshqaruv samaradorligi agentligi

69.5K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi

Facebook*: https://www.facebook*.com/BSA.pressa/

Instagram*: https://www.instagram*.com/bsa.uz/

Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram