avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
07.08.2026 10:46
Pop tumanida yangi imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar o‘rganildi

Namangan viloyatida Islohotlar shtabi tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar Pop tumanida olib borilib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari hamda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud resurslar tahlil qilindi.

Xususan, tumanda amalga oshirilayotgan loyihalarning holati, ularni ishga tushirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, tumanda iqtisodiy va tadbirkorlik yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni tezlashtirish, mavjud resurs va imkoniyatlarni loyihalarga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

O‘rganishlar davomida:

▫️hududning mavjud iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, yangi loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari;

▫️ishga tushirilishi yoki kengaytirilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalarni jadallashtirish masalalari;

▫️aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar;

▫️ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishlari mavjud salohiyatidan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.


Aniqlangan masalalar yuzasidan istiqbolli loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va hudud iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
12 4.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Boshqaruv samaradorligi agentligi

69.5K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi

Facebook*: https://www.facebook*.com/BSA.pressa/

Instagram*: https://www.instagram*.com/bsa.uz/

Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram