avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
09.08.2026 03:18
🏗 O‘zbekiston Respublikasi Qurilish sohasi xodimlari kuni!

Bugun mamlakatimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy shahar va qishloqlar barpo etish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishda fidokorona mehnat qilayotgan qurilish sohasi xodimlari, muhandislar, loyihachilar, arxitektorlar, mutaxassis va ishchi-xizmatchilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Bugungi kunda qurilish sohasi nafaqat yangi bino va inshootlar barpo etiladigan, balki zamonaviy boshqaruv, innovatsion texnologiyalar, raqamlashtirish va samaradorlik tamoyillari jadal joriy etilayotgan strategik yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.

So‘nggi yillarda sohada byurokratik yondashuvlarni qisqartirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, loyiha va qurilish ishlarining sifatini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda aholi va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–104-son Farmoni bilan belgilangan yangi vazifalar qurilish sohasida ham boshqaruv samaradorligini oshirish, natijadorlikka yo‘naltirilgan yondashuvlarni kuchaytirish, zamonaviy boshqaruv modelini amaliyotga keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Zamonaviy boshqaruv modeli asosida qarorlar qabul qilishda aniq ma’lumotlar va tahlilga tayanish, natijalarni baholashning samarali mexanizmlarini joriy etish, mas’uliyat va hisobdorlikni kuchaytirish hamda ilg‘or tajribalarni keng qo‘llash qurilish tarmog‘ining yangi bosqichdagi rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Fursatdan foydalanib, sohaning barcha fidoyi xodimlariga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyat va mas’uliyatli hamda sharafli faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaymiz. Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy va farovon hayot uchun munosib infratuzilma yaratish yo‘lidagi mehnatingiz bardavom bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
22 7.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Boshqaruv samaradorligi agentligi

69.5K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi

Facebook*: https://www.facebook*.com/BSA.pressa/

Instagram*: https://www.instagram*.com/bsa.uz/

Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram