Chustda hunarmandchilikni yangi iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirish masalalari o‘rganildi
Namangan viloyatida Islohotlar shtabi tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini to‘liq ishga solish, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.
Xususan, ishchi guruhi Chust tumanida barpo etilayotgan hunarmandlar markazi bilan tanishib, hunarmandchilikni rivojlantirish, mahalliy ustalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu yo‘nalishning hudud iqtisodiyotidagi o‘rnini yanada kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida hunarmandchilikni faqat an’anaviy kasb sifatida emas, balki
barqaror daromad manbai, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududning turizm salohiyatini oshiruvchi muhim iqtisodiy yo‘nalish sifatida rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hunarmandlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish, zamonaviy dizayn va texnologiyalarni an’anaviy hunarmandchilik bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.
Tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish, ularning
brend qiymatini oshirish, elektron savdo platformalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuvlarni kengaytirish, hunarmandchilik mahsulotlarini hududning turistik brendi bilan integratsiya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar davomida yoshlar va xotin-qizlarni hunarmandchilikka keng jalb etish, ularni amaliy kasbga o‘qitish, tajribali ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish orqali yangi bandlik imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha ham takliflar shakllantirilmoqda.
Ishchi guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni
infratuzilma, ishlab chiqarish, kadrlar tayyorlash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, marketing va realizatsiya zanjiri bilan o‘zaro bog‘liq holda hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Ishchi guruhning hududdagi o‘rganishlari davom etmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|
Telegram|
Facebook*|
Instagram*|
You Tube|
X|
in|
Aloqa
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram