Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi – kasbiy rivojlanish uchun zamonaviy ta'lim muhiti
Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, uzluksiz ta'limni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Platforma statistikasi:
9 ta o‘quv kursi;
186 803 nafar foydalanuvchi;
624 459 ta elektron sertifikat.
Platformada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar mavjud:
• Ma'muriy tartib-taomillar islohoti;
• Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun kiberxavfsizlik asoslari;
• Energiya tejamkorligi;
• Davlat xizmatchisiga zarur kompetensiyalar;
• Yashil energetika;
• Davlat fuqarolik xizmatchisining etikasi;
• Iqtisodiy bilim asoslari;
• Davlat xizmatiga kirish;
• Har bir davlat xizmatchisi – ma'naviyat targ‘ibotchisi.
Platformaning afzalliklari:
video darslar, o‘quv materiallari va test sinovlari;
kurslarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati;
kurs yakunida elektron sertifikat olish;
mobil qurilmalarda qulay foydalanish;
"Mustaqil ta'lim" bo‘limida ekspertlarning dolzarb mavzulardagi videomateriallari bilan tanishish imkoniyati.
Platformadan
davlat fuqarolik xizmatchilari, rahbar kadrlar va davlat tashkilotlari xodimlari foydalanishi mumkin. Ayrim kurslar
davlat xizmatiga kirishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun ham ochiq.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|
Telegram|
Facebook*|
Instagram*|
You Tube|
X|
Aloqa
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram