Namanganda gulchilik sohasida mavjud salohiyatni yangi daromad manbaiga aylantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Namangan viloyatida Ishchi guruhi tomonidan hududning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish hamda mahalliy tajribani kengaytirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar davomida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan korxonalarning
manzarali gullar yetishtirish, ko‘chat tayyorlash va gulchilikni sanoat asosida tashkil etish borasidagi tajribasi tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Namanganda gulchilikni shunchaki xo‘jalik faoliyati emas, balki
aholi bandligi, oilaviy tadbirkorlik va hudud iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha o‘sish nuqtasiga aylantirish imkoniyati mavjud. Ishchi guruh tomonidan mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, gulchilikni rivojlantirishning yangi mexanizmlari yuzasidan takliflar ishlab chiqilmiqda.
Xususan,
▫️ issiqxonalarda manzarali gullar yetishtirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish;
▫️ xonadonlarni gulchilikka jalb etish orqali oilalarning qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish;
▫️ aholining zamonaviy agrotexnologiyalar va gul yetishtirish bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
▫️ yetishtirilgan mahsulotni yagona tizim asosida sotish, bozorga chiqarish va qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirish;
▫️ mavjud ilg‘or tajribani boshqa hududlarga bosqichma-bosqich keng yoyish masalalariga e’tibor qaratildi.
Muhimi, gulchilik orqali faqat mahsulot yetishtirish bilan cheklanilmaydi.
Issiqxona — ish o‘rni, xonadon — daromad manbai, mahalliy iqtisodiy faollik drayveriga aylanishi mumkin.
Bu esa hududda mavjud salohiyatni aniqlashdan uni
real daromad, bandlik va yangi iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirishgacha bo‘lgan boshqaruv yondashuvini amaliyotga tatbiq etishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|
Telegram|
Facebook*|
Instagram*|
You Tube|
X|
in|
Aloqa
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram