avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
06.08.2026 05:35
Davlat boshqaruvi va biznes o‘rtasidagi hamkorlikning yangi mexanizmlari muhokama qilindi

Boshqaruv samaradorligi agentligi mas’ullari hamda O‘zbekiston metallurglar uyushmasi rahbariyati uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvida samaradorlikni yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida “Davlat boshqaruvi va tarmoqlar muloqoti” platformasi imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi hamda hamkorlikning amalga oshirilishi tadbirkorlik subyektlari, sohaviy uyushmalar va davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqishi ta’kidlandi.

Platformaning funksional imkoniyatlarini kengaytirish orqali:

▫️tadbirkorlar murojaatlarini tezkor va manzilli ko‘rib chiqish;

▫️sohada mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish;

▫️davlat organlari va biznes hamjamiyati o‘rtasida ochiq muloqot hamda samarali hamkorlikni kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.

Uchrashuv yakunida mazkur tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va platformaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
6 6.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Boshqaruv samaradorligi agentligi

69.5K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi

Facebook*: https://www.facebook*.com/BSA.pressa/

Instagram*: https://www.instagram*.com/bsa.uz/

Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram