avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
05.08.2026 04:23
Portugaliyaning davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi

Portugaliyaga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi davlat boshqaruvini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandi.

Xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari Portugaliyaning Texnologik islohotlar agentligi, Gimaraynsh shahri munitsipaliteti, Raqamlashtirish bo‘yicha davlat kotibi hamda Loja do Cidadao yagona davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, delegatsiya BMT Universitetining Elektron boshqaruv instituti (UNU-EGOV)da tashkil etilgan o‘quv dasturi va treninglarda ishtirok etib, raqamli boshqaruv, sun’iy intellekt, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, davlat sektorida innovatsiyalarni joriy etish hamda zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar tajribasini o‘rgandi.


Uchrashuv va treninglar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

davlat boshqaruvida raqamli transformatsiyani jadallashtirish;
davlat xizmatlarini aholiga qulay va samarali tashkil etish;
sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruviga tatbiq etish;
davlat xizmatchilarining zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvini kengaytirish.

Mazkur xizmat safari Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Xizmat safari davomida olingan bilim va ilg‘or tajribalar mamlakatimizda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|Aloqa
13 5.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Boshqaruv samaradorligi agentligi

69.5K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi

Facebook*: https://www.facebook*.com/BSA.pressa/

Instagram*: https://www.instagram*.com/bsa.uz/

Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram