avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
10.08.2026 10:11
Davlat fuqarolik xizmatchilari bilim va tafakkurini “Zakovat”da sinovdan o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Toshkent shahar filiali, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbir Mustaqillikning 35 yilligini munosib nishonlash, davlat fuqarolik xizmatchilarining bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratildi.

Bellashuvda Toshkent shahridagi davlat tashkilotlarining xodimlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot bosqichlari, davlat ramzlari, Konstitutsiya, milliy qadriyatlar, adabiyot, ma’naviyat hamda umumiy bilimlarga oid savollar asosida o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

-o‘rin —“Modern” jamoasi — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi;
-o‘rin —“Ziyo” jamoasi — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi;
-o‘rin —“G‘aznachi” jamoasi — Toshkent shahar G‘aznachilik xizmati boshqarmasi.

Tadbir davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning intellektual salohiyatini namoyon etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

#Mustaqillik_35_yil

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
4 6.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Boshqaruv samaradorligi agentligi

69.5K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi

Facebook*: https://www.facebook*.com/BSA.pressa/

Instagram*: https://www.instagram*.com/bsa.uz/

Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram