Davlat organlari HR rahbarlari uchun amaliy o‘quv-seminar boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan
davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari rahbarlari uchun amaliy o‘quv-seminar o‘z ishini boshladi.
Seminarda respublika bo‘yicha
davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari, Agentlikning mas’ul xodimlari hamda soha ekspertlari ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi
davlat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, HR yo‘nalishida uchrayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini amaliyotga keng joriy etishdan iborat.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, mavjud muammolar bo‘yicha fikr yuritish va ularning yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|
Telegram|
Facebook*|
Instagram*|
You Tube|
X|
in|
Aloqa
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram