avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
09.08.2026 15:05
O'zbekistonda elektromobillarni ommalashtirish, uni sotib olayotganlarga yengillik bo'lsin degan yaxshi niyat bo'lsa avvalambor uni kreditga sotib olayotganlarga foiz xarajatlarini byudjetdan qoplab berish emas, balki shu elektromobillarga bo'lgan barcha import boj va yig'imlarni olib tashlash to'g'ri va foydaliroq bo'ladi. Byudjetga ham, iste'molchiga ham, bozorga ham.

@uzbekonomics
💯 164
👍 37
🔥 13
7
34 8K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
03.08.2026 18:54
Jamiyatimizda va o'zbek tilidagi axborot makonida kirill yozuvining qamrovi haligacha juda keng ekan. U nafaqat 30 yil o'tib saqlanib qolgan, balki faol ishlatilmoqda ham ekan. Menimcha, alifbo masalasidagi asosiy muammolardan biri aynan shu edi. Alifbo va til islohoti deyilganda men, avvalo, kirilldan batamom voz kechib, jamiyatni amaldagi lotin yozuviga to‘liq o‘tkazish haqida gap ketadi, deb o‘ylagandim. U o'tish uchun Sh bilan Ch halaqit qilmayotgan edi masalan, jiddiy bo'laylik.

Kirill qamrovini sezish uchun O'zbekistonda kundalik hayotda axborot-kommunikatsiyaning mutlaq yetakchisi bo'lgan manbaga ya'ni Telegramga qarashning o'zi yetarli. Shu yerda pauza olib, o'zingiz o'qiydigan kanallarga bir qarang, ayniqsa kattaroq avlod a’zolari.

Barmoq bilan ishora qilish yoki ayblash uchun emas, shunchaki misol tariqasida olaylik. O'zbek tilida yozadigan, obunachisi va o'qishlar bo'yicha birinchi o'rinda turuvchi va 1 milliondan ko'p obunchasi bor Kun.uzning asosiy telegram kanali ham, millionga yaqin obunachisi bor bloglar ham, 400 minglab obunchasi bor bo'lgan eng katta futbol blogerlari/sharhlovchilar ham, Milliy axborot agentligi ham, va telegramdagi boshqa 100-200 minglab obunchasi bor bo'lgan bloger va yangilik kanallari shu kungacha kirillda yozib kelishar ekan.

Tabiiy savol tug'iladi: nega? Men ular amaldagi lotinga faqat ataylab yoki qasddan o'tmagan, demoqchi emasman. Aksincha, demak, kirilldagi kontentga talab bor. Millionlab odam bu kanallarni bekorga o'qimaydi. Ehtimol, kontent yaratuvchilarning o'zi lotinda yozishga qiynalar. Balki ularning auditoriyasi lotinda o'qishga qiynalar. Har qanday holatda ham aholining axborotni eng faol yaratadigan va iste'mol qiladigan qatlamida kirill hali ham keng tarqalgan va unga ehtiyoj mavjud.

Buning ta'siri faqat sovet davrida maktabga borgan avlod bilan cheklanib qolmaydi. Ya'ni kirillda yozadigan yirik kanallar faqat kirillda savod chiqargan tengdoshlariga murojaat qilmayapti. Masalaning boshqa muhim tomoni ham bor - ular kirillda yanada ko'proq yozilishiga va ishlatilishiga yangi talabni ham uyg'otishmoqda. Mustaqillikdan keyin tug'ilgan, maktabda lotin yozuvida savod chiqargan yoshlar ham eng yaxshi futbol blogini, eng tezkor yangilik kanalini, parlament xabarlarini yoki davlat idorasining rasmiy sahifasini kuzatmoqchi bo'lsa, ko'pincha kirillda o‘qishga majbur bo'ladi. Ya'ni maktab bolaga lotinda savod beradi, jamiyat esa uni baribir kirillni o'rganishga va undan foydalanishga majbur qiladi. 1991-yildan keyin tug'ilganlarning ham kirillda blog yuritishi, yozishi, va o'qishi bunga dalil.

Shunday ekan, asosiy muammo amaldagi lotin alifbosida Sh yoki Ch borligidami? Yoki 30 yil davomida lotinni jamiyatning haqiqiy, yagona va ustun yozuviga aylantira olmaganimizdami?

Hozirgi lotinga 30 yil davomida o'tmagan odam yangi lotinga ertaga nimaga o'tishi kerak? Uni shu paytgacha kirillda ushlab turgan sabab Sh va Ch bo'lganiga qanday dalil bor? Hech qanday. Hech kim kafolat bermaydi, yuqorida tilga olinganlar va mutlaqo hamma ertadan kirilldan lotinga o'tadi deb. Baribir kirillda yozaverishadi, ayniqsa buni oqlayotganlar ko'pchilikni dumli Sh va Chga ro'para qilib o'zlari kirillda davom etaverishadi. O'tishga majburlangan taqdirda ham qiynaladi, yozuvchi ham o'quvchi ham. Aksincha, baribir kirill qulay ekan deb battar ommalashishi mumkin.

Hozir amalda ikki yozuv - kirill va lotin yonma-yon yashayotgan bo'lsa, ertaga uchta yozuv paydo bo'ladi.

Avval mavjud va juda katta muammoni - kirill va lotinning 30 yildan beri parallel yashayotganini hal qilmay turib, lotinning o'zini yana ikkiga bo'lish va parallel yashaydigan uch yozuvni yaratish qanchalik oqilona degan savol o'rinli.

@uzbekonomics
💯 131
👍 33
16
🔥 13
39 15.3K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
01.08.2026 06:48
"Vahima qilyapsiz, bor-yo'g'i 2-4 ta harf o‘zgaryaptiku", "masalani chuqur o‘rganmay, yuzaki fikrlayapsiz", ham deyishadi.

Albatta, aynan yuzaki! Men avval eng yuzada ko'rinadigan (lekin baribir muhim bo'lgan), hayolimga kelgan muammolarni sanadim, misol keltirdim: email, aviachipta, pasportdagi MRZ, ism-familiyaning turli bazalarda turlicha yozilishi, uzilgan avlodlar vhkz. Chunki bularni sodda misolda tushuntirish mumkin.

Lekin o'sha aytilganidek chuqurroq kiradigan bo‘lsak, inobatga olinmagan va yanada jiddiy masalalari ham bor. Son-sanoqsiz.

Bir misol keltiraman. Qo'rqmasdan "bu o'zgarishning hech qanday xarajati bo'lmaydi" deyilgan shiorlarni ko'rdim. Xarajat degani faqat yangi kitob chiqarishga, bannerni almashtirishga ketgan buxgalterlik chiqim tushinilmaydi. Asosiy xarajatlar ko'zga ko'rinmaydigan, o'lchab bo'lmaydigan va o'sha o'g'ziga urilayotgan iqtisodchilarning tilida aytiladigan opportunity cost orqali bo'ladi.

Deylik yangi alifboga o'tildi. Kimlar birinchi frontda turibdi, kimlar o'tishga majbur bo'ladi? Byudjetdan oylik oladiganlar. O'zi o'qituvchi bilan shifokorni paxta dalasidan zo'rg'a chiqarib olgandik. Ularning mehnat unumdorligiga qayta tiklanmas darajada ziyon keltirilgandi. Endi ularning vaqtini yana asosiy ishidan olib, foydasi hali aniq o'lchanmagan, balki o'ylanmagan yangi ma'muriy kampaniyaga sarflamoqchimiz. Ular o'zi nima deb o'ylaydi, masalan?

O'qituvchilar yangi qoidani avval o'zi o'rganadi, darslik va materiallarini moslashtiradi, bolalarga o'rgatadi, yillar davomida eski va yangi lotindagi yozuvlarni tekshiradi. Shifokor, bank xodimi yoki davlat xizmatchisi esa ism-familiya va hujjatlardagi turli yozuvlarni solishtirishga, xatolarni tuzatishga va bazalarni moslashtirishga vaqt sarflaydi. Bir odam uchun bu bir necha daqiqadek ko'rinadi. Lekin bir necha daqiqa millionlab odamga, yuz minglab xodimga va minglab tashkilotga yuklansa, bu mehnat unumdorligiga yaxshigina soliq bo‘ladi.

Bu shunchaki ikki harfni yodlab olish emas. Bu - maktablar, shifoxonalar, banklar, universitetlar, davlat idoralari va xususiy bizneslarga yana bir o'tish davrini, mehnat unumdorligi solig'ini yuklashdir.

Dasturchilar yangi mahsulot yaratish o'rniga eski va yangi yozuvlarni bog‘laydigan tizimlar, translitlar yozib o'tiradi. Tashkilotlar bir xil ma'lumotni uch xil yozuvda, databaseda saqlaydi. Fuqarolar esa xato chiqsa, o'zi bir odam ekanini idorama-idora yurib isbotlaydi.

Shuning uchun "bor-yo'g‘i to'rtta harf" degan gapning o'zi yuzaki fikr.

Harf to'rtta bo'lishi mumkin. Ammo u tegadigan hujjat, tizim, ish jarayoni va insonlar soni millionlab.

Men vahima qilmayapman. Men chin dildan, oddiy savol beryapman:

Bu o'zgarishdan olinadigan aniq va o'lchangan foyda, jamiyat zimmasiga tushadigan vaqt, xato, muvofiqlashtirish va unumdorlik xarajatidan, mehnat unumdoriligiga bo'lgan soliqdan kattami?

Hozircha bunga jiddiy javob ko‘rmadim. Chunki u yo'q. Bo'lsa ham ha katta deb ko'rsatishsa gap bo'lishi mumkin emas edi.

@uzbekonomics
💯 178
35
👍 29
🤔 3
69 21.2K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
01.08.2026 03:02
Alifbo islohoti haqida savol bersam, gapirsam, yozsam darrov meni "o'zgarishga qarshi", "eski alifboni, eski xatoni himoya qilyapti" yoki "tilshunos emassiz, jim turing" degan toifaga chiqarayotganlar ham bor. Avvalo, men hozirgi alifboni ideal, tarixan to'g'ri yoki juda qulay deb himoya qilmayapman. Unda muammolar bordir, ba'zi texnik asoslar yo'q emasdir.

Mening asosiy gapim boshqa: uzluksizlik, avlodlar orasidagi yozuv uzilishi va pichoqqa ilinadigan foydasi ko'rsatilmagan o'zgarishning xarajatlari haqida. Gap buxgalterlik xarajatida emas faqat.

Men maktabga hozirgi lotin alifbosida borgan avlodman. Biz shu alifboda savod chiqardik, kitob o'qidik, imtihon topshirdik, hujjatlar oldik. Ism-familiyalarimiz pasport, diplom, hujjat, bank, universitet va barcha bazalarga Sh va Ch bilan kirdi. Hozirgi lotin alifbosida savod chiqargan va ta'lim olganlar soni 20 milliondan ortiq bo'lishi mumkin.

Endi esa bizga "alifbo bugungi avlod uchun, sizlarga emas, keyingi asr uchun" deyishmoqda.

To'g'ri, alifbo bir avlod uchun emas. Lekin bu bugungi avlodni hisobdan chiqarib qurbon qilib yuborish mumkin degani ham emas. Kelajakni qurish har safar oldingi avlodning savodini sindirib, hammasini yangidan boshlash degani emas. Eng qizig'i, Ch ni o'rniga dumli C yozaylik deb faol himoya qilayotganlarning aksariyati shu kungacha, shu daqiqagacha asosan kirillda yozadi va o'qiydi-da "yangi alifbo uzil-kesil tasdiqlansa, o'shanda lotinga o'tamiz" deydi.

Bu qanday mantiq? Sizlar 30 yildan beri amaldagi lotinga to'liq o'tmadingiz. Endi o'tmaganingizning aybini Sh va Ch dan ko'ryapsizmi?

Davlat yangi alifboni qonun bilan tasdiqlashi mumkin. Maktablar, davlat idoralari va rasmiy hujjatlarda uni majburiy standart qilishi ham mumkin. Lekin qonun qabul qilinishi bilan millionlab odamlar ertasi kuni yozuv odatini o'zgartirib qolmaydi. Til odati buyruq bilan o'zgarmaydi. Agar o'zgarganda ham o'sha hozirgacha kirilda yozadigan va yaqinda kirilgan o'tganlar amaldagi qonunga itoat qilib lotinga allaqachon o'tgan bo'lishar edi. Davlat ertaga Sh ni o'rniga dumli S yoz desa hamma birdaniga o'tmaydi, 30 yilda ham o'tmaydi. O'tmasa hech kim kelib qamab qo'ymaydi, bu sud hukmi emaski ertadan hamma bo'ysinadigan. Bojxona tartibi o'zgarsa boj to'laysiz, sud sizga jarima to'la desa to'laysiz, boj qo'yilsa to'laysiz, hammani itoat qildiradigan kuchi bor. Til unday ishlamaydiku. Til standartini e'lon qilish oson. Jamiyatning uni amalda qabul qilishi boshqa masala.

Masalan, bugun barcha hujjatlarida: Sherzod Choriyev deb yozilgan odam yangi imloda: Şerzod Çoriyev bo‘ladi. Pasportning mashina o'qiydigan MRZ qismida, tagida esa: SERZOD CORIYEV bo'ladi, u yerda diaktrik harflar bo'lmaydi. Natijada:

Sherzod Choriyev - eski pasport, diplom, viza va bank bazalarida.
Şerzod Çoriyev - yangi o'zbek imlosida.
SERZOD CORIYEV - yangi pasportning mashina o'qiydigan qismida.

Turk Havo yo'llari ham yo'lovchilarga maxsus belgisi bor ismlarni belgisiz yozishni so'raydi, Şerzod deb yozmaysiz, Serzod deb yozasiz bilet olayotganda. Aeroport ham Serzodni o'qiydi. Odam uchun bularning barchasi bir shaxs. Kompyuter uchun esa ular turli odamlar bo‘lishi mumkin. Bankdagi KYC, kredit tarixi, ilmiy maqolalar, mulk va kompaniya registrlari bu variantlarni avtomatik ravishda bir shaxs deb taniydimi? Eski hujjatlar amal qilaveradi - bunga javob emas. Hujjatning qonuniy kuchda qolishi boshqa, mamlakat va tashkilotlardagi axborot tizimlarining uni to'g'ri tanishi boshqa.

Texnologiya o'z-o'zidan moslashmaydiku. Uni odamlar moslashtiradi. Dasturchi algoritm yozadi, bank bazasini yangilaydi. Davlat eski va yangi ma'lumotlarni bog'lash bilan band bo'ladi. Xato chiqsa, fuqaro idorama-idora yurib, o'zi bir odam ekanini isbotlaydi, qog'ozlarini ko'tarib yuradi. Bularning barchasi xarajat. Buxgalterlik xarajat haqida gapirmadim hali.

Email adresda, domainda Şni yoza olmaysiz. Ismingiz Şerzod Çoriyev bo'lsa ham email adresni faqat yoki sherzod.choriyev@gmail.com deb yozasiz yoki serzod.coriyev@gmail.com. Veb sahifa domenida ham faqat A-Z bo'ladi, ya'ni ŞerzodÇoriyev.com bo'lmaydi.
Газета.uz
“Alifbo — bir avlod uchun emas” — O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov o‘zbek alifbosi bugungi avlod uchun emas, kamida keyingi asr uchun yaratiladigan davlat standarti ekanini ta’kidladi. Professor lotin alifbosini takomillashtirish zarurati va bu boradagi asosiy e’tirozlarga munosabat bildirdi.
👍 84
💯 51
🔥 19
👏 7
102 23.3K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
30.07.2026 18:11
Biznes xarajatlarini ayirib tashlash konseptini tushuntirish uchun:) Schitt’s Creekdan tashqari Seinfelddagi epizod ham o'rinli.

@iqtisodchi_kundaligi4317
😁 45
🔥 10
👍 3
💯 3
27 7.3K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
30.07.2026 15:29
Bank omonatlaridan olinadigan daromadga 5 foiz soliq joriy qilish taklif qilinmoqda ekan. Menimcha, bu g'oya nazariy jihatdan tushunarli bo'lsa-da, hozirgi O'zbekiston sharoitida juda ehtiyotkorlik bilan yondashilishi kerak.

1) Bu soliq real daromadga emas, nominal daromadga solinishi taklif qilinmoqda, to'g'ri tushungan bo'lsam. Bank to’laydigan foizning katta qismi aslida odamni boyitmaydi - u faqat inflyatsiya sabab yo'qotilgan xarid qobiliyatini qoplaydi. Masalan, deylik omonat foizi 16 va inflyatsiya 6–7 foiz bo'lsa, odamning real daromadi 16 foiz emas taxminan 9 foiz atrofida bo'ladi. Davlat esa 5 foizlik soliqni shu 9 foizlik real daromaddan emas, to'liq 16 foiz nominal daromaddan oladi. Inflyatsiya ko'tarilgan sari bu muammo yanada kuchayadi. Agar inflyatsiya deylik 15 foizga yaqinlashsa, 16 foizlik omonat amalda deyarli real daromad keltirmaydi. Shunga qaramay, omonatchi baribir soliq to‘laydi.

2) Odatda Markaziy bank inflyatsiyani pasaytirish uchun yuqori foiz stavkalarini saqlaydi va yuqori depozit stavkalari odamlarni bugun ko'proq iste'mol qilish o'rniga pulini bankda saqlashga undaydi. Lekin bir tomondan Markaziy bank omonatni jozibador qilishga harakat qilsa, ikkinchi tomondan davlat uning daromadini soliqqa tortsa, bu ikki siyosat bir-biriga qarshi ishlaydi. Odamga avvalgi 16 foizlik sof daromadni berish uchun bank endi taxminan 16.8 foiz stavka taklif qilishi kerak bo‘ladi. Bu esa banklarning resurs xarajatini oshiradi. Bank resursi qimmatlashsa, kredit ham qimmatlashadi. Natijada bu soliqni faqat omonatchi emas, balki kredit olayotgan tadbirkor, ipoteka olayotgan oila yoki oddiy iste'molchi ham bilvosita to'lashi mumkin.

3) Bu soliqning psixologik zarari uning real miqdoridan kattaroq bo‘lishi mumkin. Iqtisodchi, bankir, soliqchi hisob-kitob qilib 16 foiz 15.2 foizga tushdi, bu katta muammo emas deb fikrlar.
Oddiy omonatchi esa bu yangilikni boshqacha qabul qilib “davlat bankdagi pulimizga soliq solishni boshladi” deydi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda bu “omonatlardan 5 foiz olib qo'yiladi” degan noto'g'ri shaklda tarqalishi ehtimoli juda yuqori. Odamlar bugungi 5 foizni emas, ertaga nima bo'lishini ham o‘ylaydi-da: “Bugun 5 foiz bo'lsa, ertaga 10 foiz qilinmaydimi?” yoki “ikki yildan keyin omonatning o'ziga ham soliq solinmaydimi?” deydi.

Moliyaviy tizimda ishonch juda sekin quriladi, lekin bitta qaror bilan tez yo'qolishi mumkin.

4) 1.4 trillion so'mlik kutilayotgan soliq tushum juda sodda hisob-kitobga asoslangan menimcha.
Mantiq taxminan shunday bo'lyapti: jami omonatlar × o'rtacha foiz stavkasi × 5 foizlik soliq.
Lekin bu statik hisob-da, odamlar va banklarning javob reaksiyasi yo'q. Soliq joriy qilingach yangi omonatlar o'sishi sekinlashishi, ayrim omonatlar muddati tugagach yangilanmasligi, pul xorijiy valyutaga yoki boshqa aktivlarga o'tishi, banklar depozit stavkalarini ko'tarishi, kreditlar qimmatlashishi mumkin. Demak, 1.4 trillion so'm real sof daromad emas, balki hamma narsa o'zgarmaydi degan faraz ostidagi buxgalterlik hisob. Iqtisodiy siyosatda esa hamma narsa: odamlar ham, banklar ham xatti-harakatini o'zgartiradi.

5) So'mdagi omonat stavkasi yuqori bo'lishining sababi bor. Odam so'mda pul saqlab, inflyatsiya va valyuta kursi xavfini o'z zimmasiga oladi, yuqori foiz ana shu xavf uchun kompensatsiya. Agar davlat shu kompensatsiyaning bir qismini ham soliqqa olsa, so'mda saqlashning jozibadorligi pasayadi. Odamlar birdaniga bankdan barcha pulini yechib ketmasligi mumkin. Lekin yangi jamg'armalarini dollarga, oltinga, naqd pulga, yoki boshqa norasmiy aktivlarga yo'naltira boshlashi mumkin. Hatto kichik foiz farqi ham valyuta kursi bo'yicha xavotir kuchli bo'lgan davrda odamlarning qaroriga sezilarli ta'sir qiladi.

Xullas, asosiy masala 5 foizning katta yoki kichikligida emas, balki davlat hali odamlarni pulini bankka olib kirishga va so'mga ishonishga undayotgan paytda, aynan shu ishonchni soliqqa tortib qo'yishi mumkin.

@uzbekonomics
Kun.uz
Bank omonatlari daromadidan 5 foiz soliq undirish taklif qilinyapti
Omonatlar bo‘yicha foiz daromadlarini dividendlar bilan tenglashtirib, ular uchun ham 5 foizlik soliq stavkasini belgilash g‘oyasi ilgari surilyapti. Tashabbuskor tashkilot – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 5 foizlik soliqning joriy etilishi davlat byudjyetiga qariyb 1,4 trln so‘m qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin.
👍 69
19
🤯 7
🤔 3
108 14.3K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
28.07.2026 14:54
​​AI ish o'rinlarini yo'q qiladi, odamlarni ishsiz qoldiradi degan narrativ hozir hamma joyda. Hatto nufuzli iqtisodchilar ham (Acemoglu misol), Kremniy vodiysidagi tech hamjamiyat, senatorlar ham shu gapni takrorlaydi. AI ni to'xtataylik, ishchilarni AIdan himoya qilaylik deb ochiq xatlar yozishadi, hukumatga ham, ommaga ham.

Lekin AIning mehnat bozoriga ta'siri haqidagi bu qo'rquvlar ishonarli emas, hozircha.

WSJda biroz tanaffusdan so'ng ko'p tech, transport va mudofaa kompaniyalari AI bilan birga ishlaydigan odam ko'proq kerak deb yana ishga olishni boshlashgani haqida maqola chiqibdi.

Ha, AI code agentlar ayrim vazifalarning o'rnini bosayotgani rostdir. Lekin xodimlarni yoppasiga bo'shatayotgan kompaniyalar ko'proq bozor kon'yunkturasiga qarab ish tutmoqda desa bo'ladi: COVID va nol foiz stavka davrida ortiqcha yollangan odamlar qisqartirilyapti, urush ta'sirida ba'zi sanoatlarda faollik qisqaryapti vhkz.

AIni bahona qilib ko'proq odamni bo'shatish osonroq, kamroq odam norozi bo'ladi. Vaholanki, mehnat bozorida shundoq ham har kuni o'n minglab kishi ish yo'qotadi va yangi ish topadi.

Xullas, WSJdagi bu maqola narrative violationga misol ekan.

@uzbekonomics
39
🔥 15
💯 4
😢 3
40 4.9K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
27.07.2026 18:41
Podkastimizning yangi epizodi chiqdi:

67 - Alifbo o’zgartirilmasin

Youtubeda video: https://youtu.be/hYLi2gGXDhU
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.

Epizod hamkori: "Juru".
"Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir.

https://juru.org/about-us

@uzbekonomics
YouTube
67 - Alifbo o’zgartirilmasin
Podkast epizodi hamkori: "Juru". "Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir. https://juru.org/about-us
23
🔥 4
👏 4
💯 4
31 9.4K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
26.07.2026 16:55
Bekor tegishibdi, "sportovar"dagi shtangistga. 100 yil turdi shekilli, hamma narsaga orientir edi.
Shaharni bir ramzi desa ham bo'lar edi.

@muhrim20228792

Aytgancha, Navoiy ko'chadagi Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi ham hech qayerga ko'chmasligi kerak edi. Qanday bahona bo'lishidan qat'iy nazar.

Shaharda yana nima ko'chyapti, nima g'oyib bo'lyapti?

@uzbekonomics
Telegram
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
"Spo'rtavar" (Chilonzor)dagi shtangachini olib tashlashibdi. Bekor qilishibdi (#)
🤯 31
15
💯 10
🔥 5
11 6.5K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
25.07.2026 16:21
​​Yer sharidagi uy-joy narxi qimmatligi bo'yicha balki ikkinchi o'rinda turadigan shahar San Fransiskoda kuni kecha bir yangi turar-joy kompleksini qurish-qurmaslik masalasi bo'yicha yig'ilish bo'libdi. Loyihada 18-22 qavatli binolar ekan, ijaraga topshiriladigan bu binolarda shartli yoshroq oilalar, ishchilar yashashi ko'zda tutilgan. Shartli bir startap yasayman, yoki yasalayotgan startapda ishlayman degan odamlar yashashi uchun.

Xullas, shu loyihaga qarshi bo'lgan, va shu Marina qismidagi mahallada yashaydiganlar yig'ilishibdi. Rasmda ular.

Ahamiyat bersak aksariyati oq-tanli va yoshi kattalar. Men albatta ageism qilmayapman. Bular taxminan 1970 yillarda sotib olgan victorian uyiga hali ham o'ta past mulk solig'ini to'lab keladigan, tumanlarida baland va yangi binolar qurilishiga muntazam qarshi bo'lib keladiganlardir. Nimaga qarshi - bizni mahalladaga birrovga ijarada yashaydiganlar kerak emas, "bardak" bo'lib ketadi, bizning uylarning bozordagi qiymati tushib ketadi deyishadi. Bular mutlaqo notog'ri o'ylayapti demoqchimasman, albatta o'z mol-mulki qiymatini saqlagisi kelib aytishmoqda. Lekin, shahar o'sishi kerak, mulk solig'ini to'laydiganlar bazasi ortishi kerak. Qizig'i, bu loyihaga ha deb ovoz beruvchilar bunday townhall uchrashuvlarga kela olishmaydi odatda. Shartli payshanba kuni soat 16:00 da ular ishda bo'ladi, kimning vaqti bor bunga, masalan.

San Fransiskodek dunyoga ko'p narsa beradigan shahar AQShning bir provinsial kichik shahridan ham kichikroq shahardek bo'lib qolgan. Potensialiga yarasha o'smaydi, o'sa olmaydi, juda kam odam yashaydi. O'ta qimmat. Yashash qimmat chunki uy-joy qimmat. Uy joy qimmat chunki cheksiz talab uchun taklif o'ta chegaralangan, qurishga qarshi tartiblar va qoidalar ko'p.

Startapchilarga, yoshlarga katta orzu qilish uchun San Fransiskoga ko'ching deyishadi. Shu gapni oxirida kichik asterisk bor. Ko'chayotganda bir qop pul bilan ko'ching, yoki u yerdan do'st topib bir yotoqxonaning yarimini bo'lishib 10kv metrda yashang degan.

@uzbekonomics
46
👍 21
😁 6
🤔 3
27 10.6K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
21.07.2026 15:42
Erkin bozor AQSh texnologik sektori yetakchilari uchun ularning hukmronligiga tahdid solmaguncha juda yaxshi. Solsa davlatdan bozorni cheklashni so'rashga, qo'rqitishga o'tishadi.

AQShdagi mashina ishlab chiqaruvchilar kabi.

Open-source innovatsiyani "AI kommunizmi" deb atashmoqda, qo'rqitishmoqda.

Albatta, AQSh korxonalarning bu harakatlarini tushunsa bo'ladi. AI uchun juda katta miqdordagi kapital xarajatlarni tikib yuborishdi, hisoblash infratuzilmasi uchun inglizchada aytgandek "all-in" kirishdi.

@uzbekonomics
😁 63
10
👍 5
👏 2
22 11.8K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
19.07.2026 22:47
​​Hayot qiziq. Hamma narsani joy-joyiga qo'yib qo'yadi.

Bir necha hafta oldin ispaniyaliklarni umidsiz, yomon odamlar deb ular bilan hech qanday aloqada bo'lishni istamasligini aytib Ispaniya bilan barcha savdo-sotiqni to'xtatishga, ular bilan gaplashmaslikka chaqirgandi.

Mana, bugun butun dunyoning oldida Ispaniyani Jahon chempionligi kubogi bilan taqdirlamoqda. Juda majoziy bo’ldi.

@uzbekonomics
👍 161
😁 87
28
🔥 16
106 19.8K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
19.07.2026 16:01
Rasmda o’zbek alifbosi islohoti haqida.

Avvalambor chiroqning o’zi yo’q bo’lsa, chiroq so’zidagi ch ga dum qo’yishning nima ahamiyati bor, masalan?

@uzbekonomics
💯 293
👍 51
👏 28
20
77 12.8K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
19.07.2026 15:28
Menda bunga teskari argument bor.

Toshkent kanallarida cho'milayotgan odamlar va bunga qo'yilgan taqiqlar haqida yaxshi maqola ekan. Undagi asosiy fikr haqli: "odamlarda ehtiyoj bor, pullik basseynlar qimmat, shunday ekan, taqiqlash va reyd otkazish o'rniga xavfsiz sharoit va zinalar qurib, cho'milishni qonuniylashtirish kerak, magazin qo'yib kanal bo'yida ovqat sotish, biznes qilish kerak".

Bu birinchi qarashda juda mantiqiy va insonparvar taklifdek tuyuladi. Ammo masalaning juda xavfli ikkinchi tomoni bor, menimcha.

Hozir Anhor yoki Bo'rijarda kimlar cho'milyapti? Materialda ham aytilganidek shundoq ham tavakkalchilikka moyil bo'lgan, o'ziga ishongan yoshi katta erkaklar va tajribali suzuvchilar. Panjaralar va "chomilish taqiqlanadi" degan belgilar ko'pchilik uchun to'siq va "bu yer xavfli" degan signal vazifasini o'taydi. Shu sababli yosh bolalar, oilalar yoki suzishni bilmaydiganlar u yerga yaqinlashmaydi odatda.

Endi tasavvur qiling: shahar hokimiyati kanal boyiga ikkita qutqaruvchi qoyib, zinapoya o'rnatdi va bu yerni rasmiy ommaviy cho'milish zonasi deb e'lon qildi. Bu jamiyatga qanday signal beradi? Hamma buni "shahar ruxsat berdi, demak, bu yer endi xavfsiz" deb qabul qiladi. Natijada kanallarga suzishni umuman bilmaydigan bolalar, o'smirlar va oilalar kela boshlaydi. Bu esa taklif qilingan "yechim"ning mutlaqo teskari natija berishiga - fojialar va cho'kishlar sonining keskin ortishiga olib kelishi mumkin. Shunga hozir kanalda cho'milish mumkin emas degan yozuv bu "bu yerda cho'milish xavfli va cho'ksangiz javobgarlik o'zingizda" degan ma'noni anglatadi.

Chunki, Anhor yoki boshqa kanallar ta'rifi bo'yicha cho'milish maskani emas, shunday tuyilsa ham, shunday bo'lib qolgan bo'lsa ham. Ular gidrotexnik inshootlardir. Ularning ichidagi xavfni yuzaki choralar bilan hal qilib bolmaydi. Anhorda suv juda tez oqadi, ko'zga yaxshi ko'rinmasa ham, tog'dan keladigan suv yozda ham juda sovuq bo'ladi, suzishni yaxshi bilmaydigan odamda mushak tortishishi mumkin.

Har yili, mamlakatdagi jamiyki kanallar bo'lsa barchasida bolalar va kattalar cho'kib ketayotganini ko'ramiz, o'qiymiz. Yoshligimda o'zim ham cho'milganman, ko'rganman, cho'kib ketganlarni eshitganman. Shunga kanalda cho'milishni qonuniylashtirish muammoni hal qilish emas, balki kattaroq fojiaga taklifnoma yozishdek bo'lib qolishini xohlamayman.

Yuqoridagi maqoladagi xorij tajribasi misoli esa o'rinli emas. Boston shahridagi Boston Common bog'ida cho'milish suv havzasi juda sayoz bo'lgan fontan joy. U yerda cho'milish bilan Bostondagi oqadigan daryo Charles River orasida yer bilan osmondek farq bor. Charles River Toshkentdagi Anhordek tez oqmasligi mumkin, lekin u yerda ham shahar ma'muriyati, masullar cho'milishni ta'qiqlaydi. Sanitariya tomondan ham, xavfsizlik tomondan ham hayotga xavfli deyishadi. Shunga qaramay kimdir cho'miladimi? Ha, o'zi tavakkal qilganlar, o'ziga ishonganlar juda kam sonli odamlar.

Xullas, yechim xavfli kanallarni ommaviy plyajga aylantirishda emas deb o'ylayman. Yechim shahar ichidagi istirohat boglarida xavfsiz, oqimi bolmagan, suvi nazorat qilinadigan suniy ko'llar va bepul jamoat basseynlarini qayta tiklashda va ularni ko'paytirishda. Men Gazetada bir necha yil oldin kolonka yozgan edim, aynan shu haqida. Shaharda jamoat bog'lari va jamoat cho'miladigan ko'llar, basseynlar kerak deb. Baxt ko'li bor edi masalan bir payt, boshqa bir qancha cho'miladigan joylar bor edi.

@uzbekonomics
Telegram
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Bu materialni o'qinglar: https://www.gazeta.uz/uz/2026/07/19/swimming/
47
👍 19
💯 12
27 10.2K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
18.07.2026 23:01
Uyg’oqmisizlar?
(to’g’rirog’i, svet bormi?)

Tarixdagi eng zo'r o'yin?
🔥 216
😁 131
35
👍 7
18 8.8K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
17.07.2026 13:24
​​Kecha Xitoyning Moonshot AI kompaniyasi Kimi K3 modelini taqdim etibdi. Bu shunchaki navbatdagi chatbot emas, ishlatib ko'rdim. Kimi K3 - open weight model. Ya'ni modelning "miyasi" (vaznlari) ochiq. Uni yuklab olish, o'zgartirish, moslashtirish va local infratuzilmada ishga tushirish mumkin. Shu sababli u nafaqat foydalanuvchilar, balki minglab startaplar va kompaniyalar uchun ham juda muhim yangilik, menimcha. Qizig'i, ayrim dasturlash va agentik vazifalarda OpenAI hamda Anthropic'ning yopiq modellaridan ham yaxshiroq natija ko'rsatmoqda ekan. Bu esa ochiq modellar va yopiq modellar o'rtasidagi tafovut tobora qisqarayotganini anglatadi.

Lekin meni modelning o'zidan ko'ra, uni yaratgan insonning hikoyasi ko'proq qiziqtirdi.

Kimi asoschisi Yang Zhilin bakalavrni Xitoydagi Tsinghua'da, PhD'ni esa AQShdagi Carnegie Mellon University'da qilgan. U yerda dunyoning eng kuchli AI olimlaridan biri, o'zbekistonlik Ruslan Salakhutdinov rahbarligida ishlagan ekan. Ruslan aka uchun xursandman, talabalari shunday yutuqlarga erishishini ko'rish olim-professorlar uchun katta baxt.

Yang PhDdam keyin AQShda qolishi ham mumkin edi. Ammo Xitoyga qaytib, Moonshot AI'ga ta'sis qilibdi. Bugun esa uning kompaniyasi OpenAI, Google va Anthropic bilan bir qatorda tilga olinmoqda, kamida.

Bu voqea bir narsani eslatadi. Texnologik ustunlik faqat dunyoning eng yaxshi universitetlariga ega bo'lish bilan chegaralanib qolmaydi. Muhimi o'sha universitetlar tayyorlagan iste'dodlarni mamlakatda ushlab qola olish. Hozirgi AQSh administratsiyasi immigratsiya masalasini kunora qiyinlashtirar ekan, shunday talantlar AQShga kelib, o'qib, innovatsiya qilsa ham qola olmayotgani bu AQShga teskari ishlaydi. Va, Yang Zhilin katta misol.

AQShning texnologik yetakchiligi o'nlab yillar davomida butun dunyodan eng kuchli talabalarni jalb qilish hisobiga shakllangan. Agar ertangi OpenAI yoki Moonshot AI asoschilari o'qishni AQShda tugatib, kompaniyalarni boshqa davlatlarda qura boshlasa, bu faqat immigratsiya emas, bu 21 asrdagi texnologik raqobat masalasidir.

Bu hikoyada O'zbekistonning ham kichik, ammo chiroyli izi borligi, mamlakatimizda tug'ilgan Ruslan Salakhutdinov kabi olimlar avvalambor o'zlari dunyoning eng yaxshi AI olimlaridan biriga aylanishi va bugungi AI inqilobining eng muhim kadrlarini tayyorlashda rol o'ynayotgani odamni xursand qiladi.

@uzbekonomics
👍 76
32
🔥 9
120 10.9K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
17.07.2026 03:15
Nyu York bugun.

Kanada o'rmonlaridagi yong'in asorati.

Nyu Yorkda hozirgi kunda dunyodagi eng iflos havo sifati ekan. 10 ta sigaretni chekishga teng darajadagi havo sifati ekan.

Ikki kundan keyin final. Usti ochiq stadionda bo'ladi. Yong'in ungacha to'xtamasa o'yinni bunday sharoitda o'tkaza olishmasa kerak.

@uzbekonomics
😱 76
😢 15
5
🔥 3
136 17K
avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
16.07.2026 15:25
22
👍 13
27 10K
Открыть в Telegram