avatar
Uzbekonomics
@uzbekonomics
17.07.2026 13:24
​​Kecha Xitoyning Moonshot AI kompaniyasi Kimi K3 modelini taqdim etibdi. Bu shunchaki navbatdagi chatbot emas, ishlatib ko'rdim. Kimi K3 - open weight model. Ya'ni modelning "miyasi" (vaznlari) ochiq. Uni yuklab olish, o'zgartirish, moslashtirish va local infratuzilmada ishga tushirish mumkin. Shu sababli u nafaqat foydalanuvchilar, balki minglab startaplar va kompaniyalar uchun ham juda muhim yangilik, menimcha. Qizig'i, ayrim dasturlash va agentik vazifalarda OpenAI hamda Anthropic'ning yopiq modellaridan ham yaxshiroq natija ko'rsatmoqda ekan. Bu esa ochiq modellar va yopiq modellar o'rtasidagi tafovut tobora qisqarayotganini anglatadi.

Lekin meni modelning o'zidan ko'ra, uni yaratgan insonning hikoyasi ko'proq qiziqtirdi.

Kimi asoschisi Yang Zhilin bakalavrni Xitoydagi Tsinghua'da, PhD'ni esa AQShdagi Carnegie Mellon University'da qilgan. U yerda dunyoning eng kuchli AI olimlaridan biri, o'zbekistonlik Ruslan Salakhutdinov rahbarligida ishlagan ekan. Ruslan aka uchun xursandman, talabalari shunday yutuqlarga erishishini ko'rish olim-professorlar uchun katta baxt.

Yang PhDdam keyin AQShda qolishi ham mumkin edi. Ammo Xitoyga qaytib, Moonshot AI'ga ta'sis qilibdi. Bugun esa uning kompaniyasi OpenAI, Google va Anthropic bilan bir qatorda tilga olinmoqda, kamida.

Bu voqea bir narsani eslatadi. Texnologik ustunlik faqat dunyoning eng yaxshi universitetlariga ega bo'lish bilan chegaralanib qolmaydi. Muhimi o'sha universitetlar tayyorlagan iste'dodlarni mamlakatda ushlab qola olish. Hozirgi AQSh administratsiyasi immigratsiya masalasini kunora qiyinlashtirar ekan, shunday talantlar AQShga kelib, o'qib, innovatsiya qilsa ham qola olmayotgani bu AQShga teskari ishlaydi. Va, Yang Zhilin katta misol.

AQShning texnologik yetakchiligi o'nlab yillar davomida butun dunyodan eng kuchli talabalarni jalb qilish hisobiga shakllangan. Agar ertangi OpenAI yoki Moonshot AI asoschilari o'qishni AQShda tugatib, kompaniyalarni boshqa davlatlarda qura boshlasa, bu faqat immigratsiya emas, bu 21 asrdagi texnologik raqobat masalasidir.

Bu hikoyada O'zbekistonning ham kichik, ammo chiroyli izi borligi, mamlakatimizda tug'ilgan Ruslan Salakhutdinov kabi olimlar avvalambor o'zlari dunyoning eng yaxshi AI olimlaridan biriga aylanishi va bugungi AI inqilobining eng muhim kadrlarini tayyorlashda rol o'ynayotgani odamni xursand qiladi.

@uzbekonomics
👍 76
32
🔥 9
120 10.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram