AI ish o'rinlarini yo'q qiladi, odamlarni ishsiz qoldiradi degan narrativ hozir hamma joyda. Hatto nufuzli iqtisodchilar ham (Acemoglu misol), Kremniy vodiysidagi tech hamjamiyat, senatorlar ham shu gapni takrorlaydi. AI ni to'xtataylik, ishchilarni AIdan himoya qilaylik deb ochiq xatlar yozishadi, hukumatga ham, ommaga ham.
Lekin AIning mehnat bozoriga ta'siri haqidagi bu qo'rquvlar ishonarli emas, hozircha.
WSJda biroz tanaffusdan so'ng ko'p tech, transport va mudofaa kompaniyalari AI bilan birga ishlaydigan odam ko'proq kerak deb yana ishga olishni boshlashgani haqida maqola chiqibdi.
Ha, AI code agentlar ayrim vazifalarning o'rnini bosayotgani rostdir. Lekin xodimlarni yoppasiga bo'shatayotgan kompaniyalar ko'proq bozor kon'yunkturasiga qarab ish tutmoqda desa bo'ladi: COVID va nol foiz stavka davrida ortiqcha yollangan odamlar qisqartirilyapti, urush ta'sirida ba'zi sanoatlarda faollik qisqaryapti vhkz.
AIni bahona qilib ko'proq odamni bo'shatish osonroq, kamroq odam norozi bo'ladi. Vaholanki, mehnat bozorida shundoq ham har kuni o'n minglab kishi ish yo'qotadi va yangi ish topadi.
Xullas, WSJdagi bu maqola narrative violationga misol ekan.
@uzbekonomics
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram