Yer sharidagi uy-joy narxi qimmatligi bo'yicha balki ikkinchi o'rinda turadigan shahar San Fransiskoda kuni kecha bir yangi turar-joy kompleksini qurish-qurmaslik masalasi bo'yicha yig'ilish bo'libdi. Loyihada 18-22 qavatli binolar ekan, ijaraga topshiriladigan bu binolarda shartli yoshroq oilalar, ishchilar yashashi ko'zda tutilgan. Shartli bir startap yasayman, yoki yasalayotgan startapda ishlayman degan odamlar yashashi uchun.
Xullas, shu loyihaga qarshi bo'lgan, va shu Marina qismidagi mahallada yashaydiganlar yig'ilishibdi. Rasmda ular.
Ahamiyat bersak aksariyati oq-tanli va yoshi kattalar. Men albatta
ageism qilmayapman. Bular taxminan 1970 yillarda sotib olgan victorian uyiga hali ham o'ta past mulk solig'ini to'lab keladigan, tumanlarida baland va yangi binolar qurilishiga muntazam qarshi bo'lib keladiganlardir. Nimaga qarshi - bizni mahalladaga birrovga ijarada yashaydiganlar kerak emas, "bardak" bo'lib ketadi, bizning uylarning bozordagi qiymati tushib ketadi deyishadi. Bular mutlaqo notog'ri o'ylayapti demoqchimasman, albatta o'z mol-mulki qiymatini saqlagisi kelib aytishmoqda. Lekin, shahar o'sishi kerak, mulk solig'ini to'laydiganlar bazasi ortishi kerak. Qizig'i, bu loyihaga ha deb ovoz beruvchilar bunday townhall uchrashuvlarga kela olishmaydi odatda. Shartli payshanba kuni soat 16:00 da ular ishda bo'ladi, kimning vaqti bor bunga, masalan.
San Fransiskodek dunyoga ko'p narsa beradigan shahar AQShning bir provinsial kichik shahridan ham kichikroq shahardek bo'lib qolgan. Potensialiga yarasha o'smaydi, o'sa olmaydi, juda kam odam yashaydi. O'ta qimmat. Yashash qimmat chunki uy-joy qimmat. Uy joy qimmat chunki cheksiz talab uchun taklif o'ta chegaralangan, qurishga qarshi tartiblar va qoidalar ko'p.
Startapchilarga, yoshlarga katta orzu qilish uchun San Fransiskoga ko'ching deyishadi. Shu gapni oxirida kichik asterisk bor. Ko'chayotganda bir qop pul bilan ko'ching, yoki u yerdan do'st topib bir yotoqxonaning yarimini bo'lishib 10kv metrda yashang degan.
@uzbekonomics
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram