avatar
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali
Переслано от OPER UZ | Расмий канал
08.08.2026 15:31
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ!

Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг!

Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг!

@OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!
3
😁 1
4 678
avatar
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali
@BZokirovnomidagiMESI
08.08.2026 11:13
#Dolzarb90Kun 🎹

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining “Fortepiano ijrochiligi” kafedrasi dotsenti (v.b.) Ilyosova Dono Doniyevna tomonidan Shayxontohur tumanidagi 192-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Abdullayeva Madina uchun fortepiano cholg‘usi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

🎼 Mashg‘ulot davomida o‘quvchiga fortepiano cholg‘usining tuzilishi, imkoniyatlari, ijrochilik madaniyati hamda ushbu cholg‘uda asarlarni badiiy talqin etishning muhim jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.

@BZokirovnomidagiMESI
11
😁 1
2 895
avatar
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali
@BZokirovnomidagiMESI
08.08.2026 08:15
#Dolzarb90kun

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining “Estrada xonandaligi” kafedrasi dotsent v.b. J. Abduxalilov tomonidan Mirobod tumanidagi Madaniyat markazida estrada xonandaligi bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

🎶 Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga vokal ijrochiligi, to‘g‘ri nafas olish, ovoz bilan ishlash texnikasi, sahna madaniyati hamda musiqiy asarlarni badiiy talqin etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

@BZokirovnomidagiMESI
3
3 924
avatar
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali
Переслано от Rasmiy axborot
07.08.2026 16:21
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Donald Trampni AQSH mustaqilligining 250 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilayotgani, Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda hududlararo aloqalar kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Muloqotda global va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.

@Rasmiy_axborot_official17433
849
avatar
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali
@BZokirovnomidagiMESI
07.08.2026 14:10
#Dolzarb90Kun

🎼 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “Musiqiy ovoz rejissyorligi” kafedrasi o‘qituvchisi X. Yunusova tomonidan Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi uchun amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi.

@BZokirovnomidagiMESI
2
1 874
avatar
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali
@BZokirovnomidagiMESI
07.08.2026 13:34
#Dolzarb90Kun 🎼

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining “Musiqiy-nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi G.T. Bekmuratova tomonidan garmoniya fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

🎵 Mashg‘ulot davomida garmoniya fanining nazariy asoslari, akkordlar tuzilishi, ularning bog‘lanish qonuniyatlari hamda musiqiy asarlarni tahlil qilish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.

@BZokirovnomidagiMESI
1
5 894
avatar
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali
Переслано от Yoshlar.edu.uz
06.08.2026 14:12


“Payshanba – yoshlar kuni”da “Dolzarb 90 kun” doirasidagi tadbirlar faol davom etmoqda

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ijodiy, sport va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida turli yo‘nalishdagi tadbirlar izchil tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlar yoshlarning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Andijon davlat chet tillari instituti

Qarshi davlat texnika universiteti

Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Toshkent davlat transport universiteti

Buxoro davlat tibbiyot instituti

Guliston davlat pedagogika instituti

Urganch innovatsion universiteti

Urganch davlat tibbiyot instituti

Milliy estrada san’ati instituti

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Andijon davlat chet tillari instituti

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Guliston davlat universiteti


Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishi, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni kuzating:

emojiInstagram* | YouTube | emojiTelegram
2
1 860
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali

2.5K
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutining rasmiy telegram sahifasi.
Rasmiy sayt: https://estrada-art.uz
Открыть в Telegram